ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.78K videos
39 files
9.58K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_onlayn

⚡️"Sud ekspertiza sohasidagi yangiliklar" mavzusida onlayn muloqot boshlandi.

Mavzu yuzasi bo‘yicha savollarni @adliyaga_savolbot manzili orqali yuborishingiz mumkin.

Savollarga X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi mas'ul xodimlari javob beradi.

📹 Jonli efirni mazkur havola orqali kuzatib borishingiz mumkin 👉https://www.youtube.com/embed/Rs5Qk9OaLgQ

@adliyangiliklari
#Adliya_tashabbus

Konstitutsiyaning Brayl alifbosidagi shakli tayyorlandi

Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning Brayl alifbosidagi shakli tayyorlandi va nashr qilindi.

Ushbu nashrlar O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati va boshqa tashkilotlar orqali nogironligi bo‘lgan shaxslarga maqsadli yetkaziladi.

Bundan tashqari, barcha aholining Konstitutsiya normalari bilan qulay shaklda tanishishi uchun Konstitutsiya normalarining audio formati ham  tayyorlandi.

Konstitutsiya normalarini audio shaklda bu yerda tinglashingiz mumkin.

@adliyangiliklari
#Muhim

📣📣 Adliya e'tirof etadi

Jurnalist va blogerlar, faol jamoatchilik vakillari diqqatiga!

Adliya vazirligi tomonidan "Konstitutsiyada belgilangan huquqlarni tushuntiradigan eng yaxshi material" tayyorlagan ijodkorlar e'tirof etiladi.

Bunda Konstitutsiyada belgilangan huquqlarni targ‘ib qiluvchi eng yaxshi ijodiy ishlar jamoatchilik faollari va ekspertlardan iborat komissiya tomonidan saralab olinadi.

Tanlovda nomzodlar hujjat topshirmaydi, g‘oliblar komissiya tomonidan bosma, elektron OAVda, tele- va radioefirlarda, shaxsiy bloglarda 2023-yilning 1-maydan 1-dekabriga qadar e'lon qilingan materiallar orasidan tanlab olinadi.

Saralab olingan ishlar mualliflari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Bizni kuzatib boring! G‘oliblarni tez kunlarda ma'lum qilamiz!

@adliyangiliklari
#Konstitutsiyaning_30_ta_asosiy_qoidasi

Ota-onalar va ularning o'rnini bosuvchi shaxslar o'z farzandlarini voyaga yetguniga qadar boqishi, ularning tarbiyasi, ta'lim olishi, sog'lom, to'laqonli va har tomonlama kamol topishi xususida g'amxo'rlik qilishga majburdirlar.

Davlat va jamiyat yetim bolalarni hamda ota-onasining vasiyligidan mahrum bo'lgan bolalarni boqishni, tarbiyalashni, ularning ta'lim olishini, sog'lom, to'laqonli va har tomonlama kamol topishini ta'minlaydi, shu maqsadda xayriya faoliyatini rag'batlantiradi.

77-modda.

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

❓Qanday hollarda avtomototransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomani elektron shaklda rasmiylashtirish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatilganda to‘langan davlat boji qaytarilmaydi?

— Quyidagi hollarda ishonchnoma elektron rasmiylashtirilganda, to‘langan davlat boji qaytarilmaydi:
▫️ariza beruvchining aybi bilan ishonchnoma noto‘g‘ri rasmiylashtirilganda yoki unga kiritilgan shaxs(lar) to‘g‘risida ma’lumotlarda xatolik mavjud bo‘lgan taqdirda;
▫️ ishonchnomani rasmiylashtirish rad etilishi nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda, ya’ni ariza beruvchi so‘rovnomada ko‘rsatilgan avtomototransport vositasining mulkdori bo‘lmasa, ariza beruvchi va ishonchnoma berilayotgan shaxs ayni bir shaxs bo‘lganda, so‘rovnomaga kiritilgan ma’lumotlar ularni taqdim etishga vakolatli organlarning axborot tizimlari orqali avtomatik ravishda tekshirilib, tasdiqlanmagan taqdirda.
___________

❓Qanday holatlarda avtomototransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnoma bekor qilingan hisoblanadi?

— Ishonchnoma quyidagi holatlarda bekor qilingan hisoblanadi:
- ishonchnomaning amal qilish muddati tugaganda;
- ishonchnomani bergan shaxs tomonidan bekor qilinganda;
- ishonchnoma rasmiylashtirilgan vaqtdan so‘ng ishonchnomani bergan shaxs muomalaga layoqatsiz, muomala layoqati cheklangan yoki bedarak yo‘qolgan deb topilganda yoxud u vafot etganda;
- ishonchnoma berilgan shaxs(lar) muomalaga layoqatsiz, muomalaga layoqati cheklangan yoki bedarak yo‘qolgan deb topilganda yoxud u vafot etganda;
- avtomototransport vositasining mulkdori o‘zgarganda.
Ishonchnoma uni bergan shaxs tomonidan istalgan vaqtda bekor qilinishi mumkin.
Ishonchnomani uni bergan shaxs tomonidan amal qilishi muddatidan oldin bekor qilinganda yoki takroriy ishonchnoma rasmiylashtirilganda to‘langan davlat boji qaytarilmaydi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 613-son qarori.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

“Adolat qanotlari” targ‘ibot guruhi Ishtixonda

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi bayrami munosabati bilan “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezonlari asosida Samarqand viloyatida foydalanishga topshirilayotgan ijtimoiy obyektlarda Samarqand viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Adolat qanotlari” guruhi targ‘ibot ishlarini olib borishmoqda.

Ishtixon tumani “Chag‘atoy” mahallasida tashkil etilgan ana shunday tadbirda fuqarolarga yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati, unga kiritilgan o‘zgartishlar va ularning ahamiyati yoritilgan targ‘ibot marterialari tarqatilib, aholi orasida tushuntirish ishlari hamda mavzu doirasida so‘rovnomalar o‘tkazilmoqda.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi mas'ul xodimlari va Toshkent davlat yuridik universitetining targ‘ibot guruhlari tomonidan Toshkent shahridagi umumiy o‘rta ta'lim maktablarida “Konstitutsiya darslari” o‘tkazilmoqda

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Infografika

X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Yong’in texnikaviy ekspertizasi laboratoriyasi faoliyati haqida umumiy ma'lumot infografikada

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari #Konstitutsiya_haftaligi

“Konstitutsiya ko‘chasi”ga marhamat!


❕O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayrami munosabati bilan Adliya vazirligi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Toshkent shahrining Sayilgoh ko‘chasi va barcha hududlarning markaziy ko‘chalarida “Konstitutsiya ko‘chasi” tashkil etiladi.

🔘 Tadbir doirasida:
➖ fuqarolarning huquqiy bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash maqsadida tegishli davlat tashkilotlari tomonidan “Konstitutsiya burchaklari” tashkil etiladi;
➖ taniqli san'atkorlar ishtirokida gala-konsert, ko‘ngilochar-madaniy va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi;
➖ sovrinli viktorinalar o‘tkaziladi;
➖ sayyor qabullar tashkil etiladi.

🗓 Toshkent shahridagi tadbir “Sayilgoh” ko‘chasida 2023-yilning 5-dekabr kuni soat 11:00 da boshlanadi.

Barcha yurtdoshlarimizni “Konstitutsiya ko‘chasi”da o‘tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!

@adliyangiliklari
#Konstitutsiyaning_30_ta_asosiy_qoidasi

Farzandlar ota-onasining nasl-nasabi va fuqarolik holatidan qat'i nazar, qonun oldida tengdirlar.

Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash hamda himoya qilish, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan to'laqonli rivojlanishi uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish davlatning majburiyatidir.

Onalik, otalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi.

Davlat va jamiyat bolalarda hamda yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni, mamlakatidan hamda xalqning boy madaniy merosidan faxrlanishni, vatanparvarlik va Vatanga bo'lgan mehr-muhabbat tuyg'ularini shakllantirish to'g'risida g'amxo'rlik qiladi.

78-modda.

@adliyangiliklari