️Secretius
9.73K subscribers
703 photos
428 videos
150 files
1.94K links
🔐Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.

🌐IT sohasidagi yangiliklar, dasturlash, xavfsizlik haqidagi kerakli media.

Obuna boʻling va bilimingizni oshirib boring
😉👉 bio.link/Secretius

📞 @SecretiusBot
Download Telegram
#bilasizmi
AQSH tarixida eng uzoq muddatli qamoq jazosiga mahkum etilgan haker Albert Gonsalesdir. U 200 million dollar qiymatidagi kredit va debit kartochkalarining raqamlarini o‘g‘irlagan. Jazo muddati 20 yil.
- AQSH (hakerlar tomonidan buzilgan) spam tarqatuvchi eng ko’p kompyuterlarga ega. Dunyo bo’yicha tarqatilgan spamlarning 13.1 % qismi AQSHdan tarqatiladi. Hindiston 7.3 % bilan 2-o’rinda. Braziliya esa 6.8 % bilan 3-o’rinda.
- Xitoyda virtual hakelik maktablari yiliga 40 milion dollar daromad ko’radi. Talabalar 100 dallar atrofida pul to’laydilar. Maktablar Google va AQSH hukumati saytlariga hujum qilganlikda aloqador deb kelinadi.
- Dunyo bo’yicha hakerlar 1 trillion dollar qiymatidagi intellectual mulkni o’zlashtirganliklari taxmin qilinadi. Har yili hakerlik AQSHga 4 milliard dollarlik zarar keltiradi. Xitoyga esa 1 milliard dollar zarar keltiradi.
- 2009 – yilda o’tkazilgan so’rovnoma natijasiga ko’ra kompaniyalarning 43 % qismi o’z sirlarini hakerlarga boy bergan.
- Kuniga har 3 ta kompaniyaning 1 tasi xakkerlik bilan yuzma – yuz keladi. Ushbu hakerlik hujumlarining 17 % qismi muvaffaqiyatli amalga oshiriladi. AT mutaxassislarning 81 % qismi o’z dasturlarini zaif deb biladilar.
- Har yili elektrostansiyalarga mimglab hakerlik hujumlari uyushtiriladi. Hakerlik terroristlik harakatlarini amalga oshirishga va pul o’g’irlashga urunadilar. Har yili millionlab mablag’lar o’g’irlanadi.
- Mudofaa departamenti AQSHning Kiber tahdidlardan himoya qilish uchun yiliga 250 ta hakerni yollaydilar.
- 2009 – yilda pentagon kompyuter xavfsizligi uchun 6 milliard dollar sarflanadi. Kelasi 5 yilda ushbu ko’rsatgich yiliga 15 - 20 milliard dollarni tashkil etishi kutilmoqda.
- Facebook ijtimoiy tarmog’i eng ko’p hakerlik hujumlari uyushtiriladigan saytlar ro’yxatiga kiradi. Hakerlar telefon raqamlari, parol va xat yozishmalari kabi shaxsiy ma’lumotlarni ko’zlaydilar.
#hacker #haker #qiziqarli
👉@Secretius👇
Xoʻoʻoʻoʻoʻoʻsh, Telegram "arbob" bilan oʻynashib qoʻygan ekan, har bob bilan uribdi keyin...

Код Дуров axborot portaliga Sudanlik hakerlar guruhi Anonymous Sudan aloqaga chiqib, "Telegramdagi nosozlikni biz qildik" debdi.

Sabab qilib esa guruhning Telegramdagi kanali(oʻsha oʻchirilgan eski @AnonymousSudan) hech qanday sababsiz oʻchirib tashlangani koʻrsatilgan (120mingdan oshiq aʼzosi boʻlgan).

Sudanlik hakerlar Telegram serveriga shunchaki DDoS hujum qilib ishlashni sekinlashtirgan, foydalanuvchi maʼlumotlariga zarar yetmagan. Yana shunday hujum qilishlari kutilyapti.

Bundan oldin ular Ilon Mask Starlink internet tarmogʻini Sudanda ishlatishga koʻndirish uchun X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmogʻiga hujum qilishgan.

💭Ha, yaxshigina oʻralashib qoldi Telegram. Haker guruhini kanalini(bu yangisi @xAnonymousSudan) qaytarib bera olsa balkim tinchib ketar.

Sizlar nima deysizlar, nima boʻladi?

#telegram #haker #AnonymousSudan

@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.