️Secretius
9.7K subscribers
704 photos
428 videos
150 files
1.94K links
🔐Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.

🌐IT sohasidagi yangiliklar, dasturlash, xavfsizlik haqidagi kerakli media.

Obuna boʻling va bilimingizni oshirib boring
😉👉 bio.link/Secretius

📞 @SecretiusBot
Download Telegram
​​#bilasizmi
#fakt
Inson tanasida 2 kilogramdan oshiq bakteriya va viruslar bor!!
Hayron qolmang bu hali hammasi emas ularni foydali desam nima deysiz ?!
Bu ham kam har shu 2kgni olib tashlasak (yaʼni bakteriya viruslarni ) odam oʻlishi mumkinligini bilasizmi?!
Dunyo gʻaroyibotlarga toʻla!!!
🔐 @Secretius 🔐
#Qiziqarli
#interesting
#bilasizmi?
Tillar haqida

👉 Butun tarix davomida eng kam o‘zgargan til – island tili. Bu tilda boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlar deyarli uchramaydi.

👉 Ingliz tili eng ko‘p sinonimlar zaxirasiga ega til hisoblanadi.

👉 Ingliz so‘z boyligi 600 ming so‘zdan iborat. Xitoy alifbosi esa 40 mingdan ko‘proq iyeroglifdan tashkil topgan (ularning hammasi ishlatilmaydi, albatta).

👉 Bugungi kunda o‘lik til hisoblanadigan lotin tili Vatikanda rasmiy til (italyan tili bilan birga) maqomiga ega.

👉 Ingliz tili eng ommalashgan til hisoblansa-da, eng ko‘p so‘zlashuvchiga ega til emas. Eng ko‘p so‘zlashuvchisi bo‘lgan tillar – xitoy, hind, ispan.

👉 Fransuz tili 6 asr davomida Buyuk Britaniyada rasmiy tillardan biri sanalgan.

👉 Ba’zi davlatlarda o‘ndan ziyod rasmiy til amal qiladi. Xususan, Hindistonda 17ta, Janubiy Afrika Respublikasida 11ta rasmiy til mavjud.

👉 Abxaz tilida atigi ikkita unli tovush bor. Undoshlar soni esa naq 60ta.

👉 Vyetnam hududida qo‘llaniladigan sedang tilida esa 50ta unli mavjud.

👉 Kambodjada qo‘llaniladigan kxmer alifbosi 76ta harfdan iborat.

👉 Chex tilida bitta undosh harfdan iborat so‘zlar ham mavjud.

M: Kaktus🌵
📡: @Secretius
Google Maps, Yandex Maps yoki Merkator proyeksiyasidan foydalanib chizilgan istalgan 2D haritaga nazar tashlasangiz, Afrika va Grenlandiyalar, maydoni jihatidan bir-biriga juda yaqin ekanligini ko‘rasiz.
Aslida esa, Afrika maydoni Grenlandiya maydonidan 14 marta katta (mos ravishda 30 370 000 km² va 2ʻ166ʻ086 km²).

Buning sababi, sharning sirtini tekislikka yoyganda tabiiy ravishda hosil bo‘ladigan noanqliklardir.

Quyidagi rasm Grenlandiya va Afrikaning Merkator proyeksiyalaridagi va asl maydonlari o‘rtasidagi tafovutning vizual ko‘rinishidir.
#bilasizmi #xato
👉@Secretius👇
#bilasizmi
AQSH tarixida eng uzoq muddatli qamoq jazosiga mahkum etilgan haker Albert Gonsalesdir. U 200 million dollar qiymatidagi kredit va debit kartochkalarining raqamlarini o‘g‘irlagan. Jazo muddati 20 yil.
- AQSH (hakerlar tomonidan buzilgan) spam tarqatuvchi eng ko’p kompyuterlarga ega. Dunyo bo’yicha tarqatilgan spamlarning 13.1 % qismi AQSHdan tarqatiladi. Hindiston 7.3 % bilan 2-o’rinda. Braziliya esa 6.8 % bilan 3-o’rinda.
- Xitoyda virtual hakelik maktablari yiliga 40 milion dollar daromad ko’radi. Talabalar 100 dallar atrofida pul to’laydilar. Maktablar Google va AQSH hukumati saytlariga hujum qilganlikda aloqador deb kelinadi.
- Dunyo bo’yicha hakerlar 1 trillion dollar qiymatidagi intellectual mulkni o’zlashtirganliklari taxmin qilinadi. Har yili hakerlik AQSHga 4 milliard dollarlik zarar keltiradi. Xitoyga esa 1 milliard dollar zarar keltiradi.
- 2009 – yilda o’tkazilgan so’rovnoma natijasiga ko’ra kompaniyalarning 43 % qismi o’z sirlarini hakerlarga boy bergan.
- Kuniga har 3 ta kompaniyaning 1 tasi xakkerlik bilan yuzma – yuz keladi. Ushbu hakerlik hujumlarining 17 % qismi muvaffaqiyatli amalga oshiriladi. AT mutaxassislarning 81 % qismi o’z dasturlarini zaif deb biladilar.
- Har yili elektrostansiyalarga mimglab hakerlik hujumlari uyushtiriladi. Hakerlik terroristlik harakatlarini amalga oshirishga va pul o’g’irlashga urunadilar. Har yili millionlab mablag’lar o’g’irlanadi.
- Mudofaa departamenti AQSHning Kiber tahdidlardan himoya qilish uchun yiliga 250 ta hakerni yollaydilar.
- 2009 – yilda pentagon kompyuter xavfsizligi uchun 6 milliard dollar sarflanadi. Kelasi 5 yilda ushbu ko’rsatgich yiliga 15 - 20 milliard dollarni tashkil etishi kutilmoqda.
- Facebook ijtimoiy tarmog’i eng ko’p hakerlik hujumlari uyushtiriladigan saytlar ro’yxatiga kiradi. Hakerlar telefon raqamlari, parol va xat yozishmalari kabi shaxsiy ma’lumotlarni ko’zlaydilar.
#hacker #haker #qiziqarli
👉@Secretius👇
Google Maps, Yandex Maps yoki Merkator proyeksiyasidan foydalanib chizilgan istalgan 2D haritaga nazar tashlasangiz, Afrika va Grenlandiyalar, maydoni jihatidan bir-biriga juda yaqin ekanligini ko‘rasiz.
Aslida esa, Afrika maydoni Grenlandiya maydonidan 14 marta katta (mos ravishda 30 370 000 km² va 2ʻ166ʻ086 km²).

Buning sababi, sharning sirtini tekislikka yoyganda tabiiy ravishda hosil bo‘ladigan noanqliklardir.

Quyidagi rasm Grenlandiya va Afrikaning Merkator proyeksiyalaridagi va asl maydonlari o‘rtasidagi tafovutning vizual ko‘rinishidir.
#bilasizmi #xato

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.