️Secretius
10.1K subscribers
697 photos
426 videos
150 files
1.94K links
🔐Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.

🌐IT sohasidagi yangiliklar, dasturlash, xavfsizlik haqidagi kerakli media.

Obuna boʻling va bilimingizni oshirib boring
😉👉 bio.link/Secretius

📞 @SecretiusBot
Download Telegram
#fakt_Microsoft

✋️ Salom hammaga hayrli kech! 👤Hozir men silaga ajoyib kichkinagina sirni ochaman Bu judayam oddiy🤔 Shuningdek Windowsda " Con " nomli papka ochib bo'lmaydi chunki u Microsoft asoschisi hammamizga taniqli 👉 Bill Geytsni 👈 bolalikdagi laqabi bo'lgan😄
Ishonmasangiz amalda qo'llang👍👆
@Secretius
​​#hayrat
#fakt
Bugungi kunda amaliy psixologiyaga 500 dan ortiq fobiya turlari ma’lum. Ulardan eng ko’p uchraydiganlari avtofobiya (xonada yolg’iz qolishdan qo’rqish), akrofobiya (balandlikdan qo’rqish), antrofobiya (olomondan qo’rqish), achluofobiya (qorong’ulikdan qo’rqish), gamofobiya (turmush qurishdan qo’rqish), gidrofobiya (yoki akvafobiya – suvdan qo’rqish), ginofobiya (ayollardan qo’rqish), yatrofobiya (tibbiy xodimlardan qo’rqish), klaustrofobiya (tor joyga qamalib qolishdan qo’rqish), xemofobiya (qondan qo’rqish) va boshqalar.
🔐 @Secretius 🔐
​​#bilasizmi
#fakt
Inson tanasida 2 kilogramdan oshiq bakteriya va viruslar bor!!
Hayron qolmang bu hali hammasi emas ularni foydali desam nima deysiz ?!
Bu ham kam har shu 2kgni olib tashlasak (yaʼni bakteriya viruslarni ) odam oʻlishi mumkinligini bilasizmi?!
Dunyo gʻaroyibotlarga toʻla!!!
🔐 @Secretius 🔐
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#fakt O'zbekistonda xozirgidek to'ylar bo'lmaganda qanday o'zgarishlar bo'lar edi...👍🤣
#fakt
#kim_biladi
Guevedoslar yoki 12 yoshida o'g'il bolaga aylanuvchi qiz bolalar haqida.

Dominikan Respublikasida Salinas deb ataluvchi qishloq bor. U yerda juda g'alati ishlar bo'ladi. Tugʻilganida hamma qiz bola deb o'ylagan bolalar balogʻat yoshiga yeta boshlaganda birdan o'gil bolaga aylana boshlaydi. Ha chaqaloqlar tugʻilganida rostdan ham barcha belgilari boʻyicha ayol jinsiga taalluqli bo'ladi (faqat genetik jihatdan ular erkak jinsli bo'lishadi) va ularni ota-onalari barcha oddiy qizlardek tarbiya qilishadi. Ammo, qizlar taxminan 12 yoshlarga yetganlarida ularda erkak jinsiy aʼzolari o'sib chiqishni boshlaydi! Keyinchalik koʻpchilik bolalar yangi jinslarini osonlik bilan qabul qilishadi va qolganlardan hech farq qilmaydigan oddiy erkaklarga aylanishadi. Hatto, bemalol nasl qoldirish imkoniyatiga ham ega bo'ladilar.

Salinas qishlogʻida bunday bolalarni guevedose deb atashadi va bu u yerda deyarli normal holat. Qishloqda har 90 ta boladan 1 ta si guevedose bo'lib tug'iladi. Bu fenomen 70-yillarda endokrinolog olimlar tomonidan qizgʻin muhokama qilingan va bunday anomaliya bolalarning embrionlik davrida 5-alfa restriktaza gormonini yetishmasligi natijasida vujudga kelishi aniqlangan. Keyinchalik bu bilimlar turli boshqa gormonal kasalliklarga qarshi dorilarni ishlab chiqarilishiga turtki boʻlgan.

Aytish kerakki bunday holatlar dunyoning boshqa hududlarda kamroq bo'lsa ham uchrab turadi. Eng daxshatlisi qadimda hali ilm-fan rivojlanmagan davrlarda bu odamlar o'zlarini kim deb qabul qilishgan ekan? 😐

P.s. Suratdagi qizni bog'chadaligida Felisita deb chaqirishgan, keyin esa u Jonniga aylangan.
👉@Secretius👇
​​Kompyuter viruslari yer yuziga qanday kelib qolgan? Uni kim yaratgan? bunday savollar biror kishing xayoliga kelgan bo'lishi tabiiy.
Vengriyalik olim Djon fon Neyman 1951-yili o'zi ko'payuvchi dasturlar mexanizmi nazaryasini taklif qiladi.
Birinchi viruslar Apple II shaxsiy kompyuterlari uchun 1981-yilda yaratilgan Virus 1,2,3 va Elk cloner dasturlari hisoblanadi
Kompyuter viruslar o'zini-o'zi ko'paytirib, dasturlar va xotiraning tizimli sohalariga kira oluvchi buzg'unchi dasturlardir.
Viruslarning maqsadi kompyuter va telefonlarning bir maromda ishlash tizimiga zarar yetkazish, foydalanuvchilarni aloqa tarmoqlaridagi ma'lumotlarini ma'lum bir nuqtaga yetkazishdan iborat.
Kompyuter viruslarining turlari juda ko'p. Misol uchun, ILOVEYOU, MyDoom, Qizil kod va hokozalar. Bu mashxur kompyuter viruslarining keltirgan zararlarini esa tasavvur ham qilolmaysiz.
Masalan, ILOVEYOU virusi $15 mlrd zarar keltirgan. Lekin bu eng qimmati emas. Eng qimmat ya'ni eng katta zarar keltirgan virus bu MyDoom virusi. U 2004-yili tarqalgan va hozirgacha elektron pochtalarning 25 foizini zararlagan. Uning jami zarar qiymati $38 mlrd ni tashkil etmoqda.
Kompyuterning viruslar bilan zararlanganligi quyidagi belgilardan namoyon bo'ladi:
▫️ekranda kutilmagan xabar, tovush yoki tasvirlar hosil bo'ladi;
▫️kompyuterda nomalum dasturlarning ishga tushishi;
▫️kompyuter tez-tez "osilib" qolishi yoki sekin ishlashi;
▫️fayllar yo'qolib yoki kengaytmasining o'zgarib qolishi.
Kompyuterlar uchun eng xavfsiz va ishonchli antiviruslar:
🔹Kaspersky
🔹Norton
🔹Eset ENDEPOINT
🔹Doktor Web

#virus #fakt #antivirus
🔐 @Secretius
Forwarded from ️Secretius (Secretius)
#fakt
#kim_biladi
Guevedoslar yoki 12 yoshida o'g'il bolaga aylanuvchi qiz bolalar haqida.

Dominikan Respublikasida Salinas deb ataluvchi qishloq bor. U yerda juda g'alati ishlar bo'ladi. Tugʻilganida hamma qiz bola deb o'ylagan bolalar balogʻat yoshiga yeta boshlaganda birdan o'gil bolaga aylana boshlaydi. Ha chaqaloqlar tugʻilganida rostdan ham barcha belgilari boʻyicha ayol jinsiga taalluqli bo'ladi (faqat genetik jihatdan ular erkak jinsli bo'lishadi) va ularni ota-onalari barcha oddiy qizlardek tarbiya qilishadi. Ammo, qizlar taxminan 12 yoshlarga yetganlarida ularda erkak jinsiy aʼzolari o'sib chiqishni boshlaydi! Keyinchalik koʻpchilik bolalar yangi jinslarini osonlik bilan qabul qilishadi va qolganlardan hech farq qilmaydigan oddiy erkaklarga aylanishadi. Hatto, bemalol nasl qoldirish imkoniyatiga ham ega bo'ladilar.

Salinas qishlogʻida bunday bolalarni guevedose deb atashadi va bu u yerda deyarli normal holat. Qishloqda har 90 ta boladan 1 ta si guevedose bo'lib tug'iladi. Bu fenomen 70-yillarda endokrinolog olimlar tomonidan qizgʻin muhokama qilingan va bunday anomaliya bolalarning embrionlik davrida 5-alfa restriktaza gormonini yetishmasligi natijasida vujudga kelishi aniqlangan. Keyinchalik bu bilimlar turli boshqa gormonal kasalliklarga qarshi dorilarni ishlab chiqarilishiga turtki boʻlgan.

Aytish kerakki bunday holatlar dunyoning boshqa hududlarda kamroq bo'lsa ham uchrab turadi. Eng daxshatlisi qadimda hali ilm-fan rivojlanmagan davrlarda bu odamlar o'zlarini kim deb qabul qilishgan ekan? 😐

P.s. Suratdagi qizni bog'chadaligida Felisita deb chaqirishgan, keyin esa u Jonniga aylangan.
👉@Secretius👇
😎 Siz bilmagan qiziqarli Android sirlari

📱 Android dunyodagi eng mashhur mobil operatsion tizim. Aynan shu OS yordamida juda ko'p turli xil qurilmalar ishlab chiqariladi.

📖 Android haqida hamma ham bilmaydigan 12 ta qiziqarli faktni o'qing va bilib oling!

1️⃣ Androidni Google yaratmagan, ular uni 2005-yilda 50 million dollarga sotib olishgan.

2️⃣ Dastlab raqamli kameralar uchun operatsion tizim sifatida ishlab chiqilgan.

3️⃣ Dunyodagi smartfonlarning taxminan 75 foizi Android qurilmalaridir.

4️⃣ 2005-yilda Samsung Androidni sotib olishni istamaydi, chunki ular bu OTni juda oddiy deb hisoblashgan.

5️⃣ Smartfonlarning birinchi dizayni Blackberry’ga o‘xshardi.

6️⃣ OTning barcha versiyalarida shirinliklar nomlari mavjud va alifbo tartibida chiqarilgan.
(Mana bu maqola shu haqida)

7️⃣ Google xaritalarida tirbandliklarni hisoblash Android yordamida amalga oshiriladi.

8️⃣ OTdagi xatolarni hisoblaydigan tizim WTF - Qanday dahshatli muvaffaqiyatsizlik ("What a Terrible Failure") deb nomlanadi.

9️⃣ 2003-yilda Endi Rubin, Nik Sears va Kris Uayt Kaliforniyada Android Inc.ga asos solgan.

🔟 Google shtab-kvartirasi hududida OTning har bir versiyasiga tegishli Android haykallari mavjud.

1️⃣1️⃣ Android logotipi ishlab chiquvchisi rossiyalik dizayner Irina Blok boʻlib, u hojatxona qogʻozlaridagi yozuvlardan ilhomlangan.

1️⃣2️⃣ Android erkak robot degani, chunki ayol robot Gynoid deb ataladi.

1️⃣3️⃣ Androidning dunyodagi eng keng tarqalgan versiyasi: Android 10

💬Ana endi bilasiz, doʻstlarga tarqatish qoldi😉

#android #fakt

@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.