️Secretius
9.9K subscribers
699 photos
427 videos
150 files
1.94K links
🔐Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.

🌐IT sohasidagi yangiliklar, dasturlash, xavfsizlik haqidagi kerakli media.

Obuna boʻling va bilimingizni oshirib boring
😉👉 bio.link/Secretius

📞 @SecretiusBot
Download Telegram
Xoʻoʻoʻoʻoʻoʻsh, Telegram "arbob" bilan oʻynashib qoʻygan ekan, har bob bilan uribdi keyin...

Код Дуров axborot portaliga Sudanlik hakerlar guruhi Anonymous Sudan aloqaga chiqib, "Telegramdagi nosozlikni biz qildik" debdi.

Sabab qilib esa guruhning Telegramdagi kanali(oʻsha oʻchirilgan eski @AnonymousSudan) hech qanday sababsiz oʻchirib tashlangani koʻrsatilgan (120mingdan oshiq aʼzosi boʻlgan).

Sudanlik hakerlar Telegram serveriga shunchaki DDoS hujum qilib ishlashni sekinlashtirgan, foydalanuvchi maʼlumotlariga zarar yetmagan. Yana shunday hujum qilishlari kutilyapti.

Bundan oldin ular Ilon Mask Starlink internet tarmogʻini Sudanda ishlatishga koʻndirish uchun X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmogʻiga hujum qilishgan.

💭Ha, yaxshigina oʻralashib qoldi Telegram. Haker guruhini kanalini(bu yangisi @xAnonymousSudan) qaytarib bera olsa balkim tinchib ketar.

Sizlar nima deysizlar, nima boʻladi?

#telegram #haker #AnonymousSudan

@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.