️Secretius
8.81K subscribers
751 photos
441 videos
150 files
1.96K links
🔐Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.

🌐IT sohasidagi yangiliklar, dasturlash, xavfsizlik haqidagi kerakli media.

Obuna boʻling va bilimingizni oshirib boring
😉👉 bio.link/Secretius

📞 @SecretiusBot
Download Telegram
ITning asosiy yo'nalishlarida qanday dasturlash tillari ko'proq qo'llaniladi:
1️⃣ Veb-dasturlash
• HTML*
• CSS*
• JavaScript
• PHP
• Python

2️⃣ Android dasturlash
• Java
• Kotlin
• JavaScript
• Flutter

3️⃣ iOS dasturlash
• Swift
• JavaScript
• Flutter

4️⃣ Kompyuter dasturlash
• C#
• C++

5️⃣ Oʻyin yaratish
• C++
• C#
• Java
• JavaScript

6️⃣ Sunʼiy intellekt
• Python
• Java
• C++

7️⃣ Kiberxavfsizlik
• C++
• Python
• JavaScript
• SQL
• PHP

P.s: Yuqorida yoʻnalishlar boʻyicha faqatgina shu tillar bilan dastur yaratish mumkin degani emas. Dasturlash tillari juda koʻp, shuningdek ularning qila oladigan funksiyalari ham. Keltirib oʻtilganlari esa nisbatan qulay va koʻp qoʻllaniladigan tillardir.

*HTML va CSS dasturlash tillari emas.

#dasturlash #til #HTML

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
👍1
Hammamiz bilamiz, yaqin vaqtlarda aholining sogʻligʻini tiklash, spirtli ichimliklar ichish va tamaki mahsulotlari isteʼmolini kamaytirish maqsadida 1hls loyihasi ishga tushirilgan edi.

Unda kuniga 10ming qadam yurib 3ming soʻm olish mumkin, 1hafta va 1oyda eng koʻp yurganlarga tegishli yutuqlar beriladi.

Biz esa har doimgidek uning "qingʻir" yoʻllarini topdik😂.
Hozir men buni oʻrgatmoqchi emasman, bu yoʻldan qaytarmoqchiman va bunga juda asosli sabablar bor.

Xoʻsh nega tizimni aldamaslik kerak?

1. Birinchidan mobodo sizning bu ishingiz oshkor boʻlsa yaxshigina jarima toʻlaysiz.

2. Koʻrdim, smartfonni ventilyatorga, velosipedga bogʻlab yoki shunga oʻxshash harakat qilib qadamlarni oson koʻpaytirayotganlarni. Bunda apparat keyinchalik toʻgʻri ishlamasligi, baʼzida jiddiy zarar yetishi mumkin. Sizni ham yarim soat aylantirishsin-chi nima boʻlar ekan?

3. Turli xil tagi nomaʼlum va shubhali ilovalarga hisobni ulab qadamlarni oson koʻpaytirish yoʻli ham juda xavfli. Hisobingiz 1hls ilovasiga ulangan, u esa OneID tizimga, OneIDda esa sizning pasport maʼlumotlaringiz bor.

P.s Nahotki oyiga hisoblaganda 90ming soʻm uchun kattagina pulingizni(jarima solishsa), qimmatbaho smartfoningizni(buzilishi aniq), shaxsiy malumotlaringizni almashsangiz!?

Undan koʻra biror kasbni oʻrganib shu pulni 1kunda 1soatda topganingiz yaxshi emasmi?

Tegishli maqola:
1hlsdagi muammolarni bir zumda hal qilish
#maslahat

@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Forwarded from MrSchizoid Blog🔺
Dasturlashda yoki IT sohasida biror yoʻnalishni tanlay olmayotganlar nima qilishi kerak?

1. Avval sabri va asablari mustahkamligiga ishonch hosil qilishlari kerak.

2. IT sohasidagi har bir yoʻnalish bilan tanishib chiqishi va koʻngliga yoqqanini tanlashi kerak.

3. Orqaga har doim yoʻl boʻladi, oʻqishni toʻxtatishing, yarimda tashlab ketishing mumkin. Lekin undan oldin keyin nima qilishni oʻylab qoʻyishing kerak, yaʼni "B" rejasi har doim boʻlishi kerak.

4. Har bir ishning oʻziga yarasha yomon tomoni boʻladi, bu sizni qoʻrqitishi yoki toʻxtashga undashi mumkin. Lekin agar rostdan ham qiziqishingiz/ishtiyoqingiz boʻlsa sizni hech narsa toʻxtata olmaydi.

P.s Post orqali nima demoqchiman?
Nima boʻlganda ham, qaysi kasbni tanlagan taqdirda ham vaqtida tashlab ketishni yoki dalshe davom etishni belgilab ol.

Hammasi shu holos...

#maslahat

Kel, koʻr, biror narsa ol doʻstim. Bilim hech qachon kam boʻlmagan, ayniqsa foydalisi😁.

MrSchizoid Blog🔺

Kel, koʻr, biror narsa ol doʻstim. Bilim hech qachon kam boʻlmagan, ayniqsa foydalisi😁.

MrSchizoid Blog🔺
VPN nima?

Sodda qilib tushuntirsam, VPN bu sizning yuzingizdagi niqob, yuzingiz esa sizning haqiqiy holatingiz. VPN sizning "holatingizni"(masalan, sizning qaysi veb-saytga kirganingizni) provayderingizdan(aloqa operatori) va boshqa uchinchi tomonlardan(Qidiruv tizimlari) yashiradi. Joylashuvingizni oʻzgartirishi asosiy xususiyati.

VPNdan nima uchun foydalanish kerak?
Baʼzi xizmatlar yurtimizda ishlamasligi(bizda taʼqiqlangan) yoki faqatgina baʼzi davlat/davlatlarda ishlashi mumkin.
Yana bir qancha sabablar bor, lekin ular hammaga ham qiziq emas. Chunki qolgan hammasi shaxsiy maʼlumotlar xavfsizligini taʼminlash haqida😂.

Qanday VPN ilovasini tanlash kerak?

Eng ishonchli ilova 1.1.1.1 ilovasi deb hisoblayman. Odatiy holatlarda shu ilovadan foydalanaman.

Android uchun

iPhone/iPad uchun

Windows tizimizga qanday oʻrnatish yoʻriqnomasi


Rasmiy sayti: 1.1.1.1
#vpn #nima #qanday

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
😱1🎉1
Taniqli insayder OnLeaks Samsung S22 renderlarini namoyish qildi.
Hozircha ikki xil versiya bor. Ikkinchisi rost boʻlishi aniqroq.
Texnik maʼlumotlar haqida hozircha aniqlik kiritilmagan.

#samsung

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xiaomi yangi smartfon liniyasini ertaga(27-sentyabr) chiqarishni rejalashtirgan: Civi

Nomidan ham, koʻrinishidan ham ajoyib boʻladiganga oʻxshaydi. Civi(Sivi)lar yoshlar uchun moslab chiqarilgan, buni uning nafis va bejirim ishlanganidan ham bilish mumkin.

#xiaomi

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Tesla logotipi gʻoyasi...

#tesla #kayfiyat

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
AeroInsta - Instagramga yetishmaydigan turli xil xususiyatlarga ega:
-Video va rasmlarni yuklab olish;
-Koʻrilgan hikoya va xabarlarni yashirish;
-Postlardagi tekstdan nusxa olish;

Yana koʻplab imkoniyatlari bor, ularni ishlatib koʻrib bilib olasiz)

Yuklab olish 📥

#instagram

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Bizda yangi bot!
@KitobYuklaBot da siz kitoblarni yuklashingiz yoki doʻstlaringizga inline rejimda ulashishingiz mumkin. Kitob izlash uchun botga kitob nomini yozib yuboring yoki "@KitobYuklaBot kitobnomi" koʻrinishida chatda kitoblarni izlab, ulashing!

Sinab koʻring 👉 @KitobYuklaBot
Shogird kerak:

🎓 Ustoz: Qalandar Axmedov
🌐 Yosh: 22
📚 Texnologiya: Php, Mysql, Telegram Bot, Git, Github, Gitlab, Docker, Linux
🇺🇿 Telegram: @QalandarAxmedov_shaxsiy
📞 Aloqa: 998 33 745 04 12
🌐 Hudud: Xorazm Viloyati Urganch Shahri
💰 Narxi: 20 000 so'm/oyiga
👨🏻‍💻 Kasbi: Talaba 3-kurs Grant
🕰 Murojaat qilish vaqti: 09:00-12:30
🔎 Maqsad: Telegram Bot (PHP+MYSQL) tuzish uchun sherik topilmagach, o'zim shogird tayyorlab ularni ish bilan ta'minlashni niyat qildim. Kurs 6 oy davom etadi. Kurs davomida 2 ta laboratoriya bo'ladi muvaffaqiyatli o'tganlar. Sheriklik asosida ish bilan ta'minlanadi.

#shogird #git #linux #mysql #php #telegramBot #Xorazm
Smartfonlarda batareya quvvati tez tugab qolmasligi uchun nima qilish kerak?

XXI asrda dolzarb muammoga aylanib ulgurgan yana bir masalardan biri, bu "Battareya charchashi" shunday emasmi?
Endigina yangi telefon olsangizu, uning quvvati ko'pga bormay o'chib qolaversa, bu holat kimga ham yoqar edi?!
Ushbu muammo bo'yicha bir qancha foydali maslahatlar berib o'tishni lozim topdik. Ular quyida ko'rsatilgan:
- Hech qachon telefoningiz batareyasini 0% ga tushurib keyin quvvatlagichga qo'ymang, bu eng katta xato.
- Telefoningiz quvvati 20% - 30% qolganda(eng kami 10%) uni quvvatlagichga ulang.
- Telefoningiz quvvatlagichda bo'lganda undan foydalanmang, o'yin o'ynash haqida gap bo'lishi mumkin emas.
- Qurilma 100% quvvatlanishi shart emas, 90% eng yaxshisi.
- Telefoningizni birinchi kun olganingizda, u 16 - 18 soat quvvatlanishi shart emas, 100% bo'lsa yetarli.

Qachonki yangi telefon olsangiz, sotuvchi sizga qurilma quvvati 0% gacha tugatilsin, keyin 16 - 18 soat quvvatlagichda tursin deydi, ammo bu shart emas.

Ma'lumot uchun:
- Batareya 20% dan kam qolgandan, mobil ineternetdan yoki Wi-Fi'dan foydalanayotgan bo'lsangiz, ammo quvvatlagichga ulash imkoni bo'lmasa, darhol ineterneti o'chiring, chunki batareya internet yoniq holda tezroq sarflanadi.

Yangi batareya sotib olganingizda, u eskisidak ishlamasligi mumkin, bu tabiiy hol, sababi telefon o'zi bilan kelmagan batareyani, uncha xushlamaydi, chunki ba'zi bir parametrlar to'g'ri kelmasligi mumkin.
#foydali #maslahat

@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Sizlarda ham shunaqa boʻladimi?

Telefoningiz yoki noutbukingizni quvvati tugayotganda bir nima qilib "zaryadnik"ni topib tokka tiqib ulagunizcha telefon/noutbuk uje oʻchib qoladi😂

#kayfiyat

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Android 12 versiyasini koʻpchilik kutayotgan boʻlishi kerak. Xoʻsh bizni nimalar kutmoqda va qaysi smartfonlar bu versiyaga yangilanish oladi?

1. Android 12 dizayni - Material You.

2. Android 12 o'yinlarni yuklab olayotgan vaqtda oʻynash imkoniyatiga ega boʻladi.


3. Android 12'da imo-ishoralar orqali boshqarish

4. Android 12'ga ega boʻluvchi devayslar (beta testida qatnashish mumkin)

5. Yana boshqa yangiliklar (Youtube video)

P.s Rasmda Android 12 albatta 😁
#android #update

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Kecha Ustoz va murabbiylar kuni edi. Shu munosabat bilan Googlega kattakon rahmat 😂.
Nega?
Telefonim Android➡️Google,
Yoqtirgan brauzerim Chrome➡️Google
Katta akam Youtube ➡️Google

P.s Davom ettiringlar 😁

#bayram

@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Biror ijtimoiy tarmoqda cheklovlarsiz video yoki rasm yuklab olmoqchimisiz?

Snaptube - dasturi men ishlatgan eng yaxshi shu turdagi dastur. Ayniqsa Youtube videolarni pleylisti bilan yuklab olish mumkin.

Yana koʻplab tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlaydi va sezilarli tez ishlaydi.

Yuklab olish 📥

P.s Kompyuterda yoki smartfonda dastur oʻrnatmasdan yuklab olish uchun ➡️ Savefrom.net

#site #apk #useful

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Quvvati uzoq vaqtga yetuvchi smartfonlar 15taligi. (2021)

Koʻrib chiqilgan smartfonlar uzluksiz ravishda ishlatilgan(4G yoki 5G yoniq holatda), smartfon quvvati qancha vaqt davomida tugashi batareya texnologiyasi, qurilma parametrlari va albatta chipga ham bogʻliq.

Moto G Power(2020): 16:10*
Moto G Power (2021): 14:04
Nubia RedMagic 6: 13:20
Kyocera DuraForce Ultra 5G UW:
12:29
Asus ROG phone 5: 12:23
Samsung Galaxy A52 5G: 12:19
Moto G Fast: 12:17
iPhone 13 Pro Max: 12:16
Cat S62 Pro: 12:16
Moto G Stylus: 12:13
Motorola Edge: 12:12
Motorola One 5G Ace: 12:03
OnePlus Nord N10 5G: 11:48
iPhone 13 Pro: 11:42
Samsung Galaxy A32 5G: 11:39

*soat : daqiqa

#smartfon #batareya

@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Forwarded from Secretius fayl ombori
@Secretius 3uTools.exe
100 MB
Bu dastur kompyuter uchun.
iPhone yoki iPad uchun dastur oʻrnatiladi. Akkaunt ochish balo battarlar kerak boʻlmaydi. Ustalar ishlatadi
T.me/SecretiusLite
Savollar va javoblar

1) Baʼzida Telegram, Instagram va hatto Google xizmatlari ishlamay qoladi? Bunga sabab nima? Bizda ularni "blok"lashganidanmi yoki shunga harakat qilishganidanmi?

Javob: Internet saytlari yoki ilovalari baʼzi vaqtlarda ishlamay qolishi yoki yaxshi ishlamasligi mumkin. Bunga:
1. Servisning serverlaridagi muammo yoki texnik tuzatish/toʻldirishlar;
2. Sayt yoki ilovaning dasturiy kodida xatolik;
3. Mahalliy tarmoqdagi internet uzilishlari boʻlishi ham mumkin;
4. Eng kam hollarda biror mintaqa yoki davlatda shu servisga tegishli domen va IP adressning bloklanishi.

2) Smartfonimga yangilanishlar kelaveradi, yangilaganim yaxshimi yoki yoʻq?

Javob:
Mana bu maqolaga qoʻshimcha sifatida "Android foydalanuvchilariga yangilanish kelsa nima qilish kerak?" aytib oʻtishim kerak boʻlgan yana bir jihat bor. Yangilanishning ham turlari bor. Beta va Barqaror (stabil).
Beta bu hali toʻliq ishlab chiqilmagan degani. Yangiliklardan birinchi bahramand boʻlmoqchilar uchun. Lekin ular xatoliklarga ham tayyor turishlari kerak. Undan keyin bu xatolar toʻgʻrilanib Barqaror versiya keyinroq chiqadi.

#savol #javob

UPD.: Servis faqat sizda ishlamayotganini downdetector.com sayti orqali bilib olishingiz mumkin.

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
⚠️ Instagram, Facebook, Messenger va WhatApp ishlashida jiddiy nosozliklar yuzaga kelmoqda.

👉🏻 #internet | Birinchi raqamli IT-Blog