️Secretius
9.63K subscribers
707 photos
428 videos
150 files
1.94K links
🔐Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.

🌐IT sohasidagi yangiliklar, dasturlash, xavfsizlik haqidagi kerakli media.

Obuna boʻling va bilimingizni oshirib boring
😉👉 bio.link/Secretius

📞 @SecretiusBot
Download Telegram
Ot necha ot kuchiga ega?

Avtomobil ishqibozlari bilishadi bu iborani, lekin hamma ham nimani anglatishini bilmaydi.

75 kg yukni 1 sekundda 1 metr balandlikka ko‘taruvchi kuch 1 ot kuchi sifatida qabul qilingan.

170 kgli poni oti 0,3 ot kuchiga,
500 kgli ot 1 ot kuchiga,
1500 kgli yirik ot 3 ot kuchiga ega.

#nima #qanday

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
VPN nima?

Sodda qilib tushuntirsam, VPN bu sizning yuzingizdagi niqob, yuzingiz esa sizning haqiqiy holatingiz. VPN sizning "holatingizni"(masalan, sizning qaysi veb-saytga kirganingizni) provayderingizdan(aloqa operatori) va boshqa uchinchi tomonlardan(Qidiruv tizimlari) yashiradi. Joylashuvingizni oʻzgartirishi asosiy xususiyati.

VPNdan nima uchun foydalanish kerak?
Baʼzi xizmatlar yurtimizda ishlamasligi(bizda taʼqiqlangan) yoki faqatgina baʼzi davlat/davlatlarda ishlashi mumkin.
Yana bir qancha sabablar bor, lekin ular hammaga ham qiziq emas. Chunki qolgan hammasi shaxsiy maʼlumotlar xavfsizligini taʼminlash haqida😂.

Qanday VPN ilovasini tanlash kerak?

Eng ishonchli ilova 1.1.1.1 ilovasi deb hisoblayman. Odatiy holatlarda shu ilovadan foydalanaman.

Android uchun

iPhone/iPad uchun

Windows tizimizga qanday oʻrnatish yoʻriqnomasi


Rasmiy sayti: 1.1.1.1
#vpn #nima #qanday

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Monitor va televizor displey turlari

Ekran va monitorlar piksellar soniga ko'ra farqlanadi, ya'ni tasvirni bir qancha nuqta(piksel) hosil qiladi.
Piksellar birlashib to'liq tasvir, video, matn yoki kompyuter ekranidagi ko'rinadigan narsalarni hosil qiladi.
Piksel qancha ko'p bo'lsa, displey sifati shunchalik yaxshi bo'ladi.

HD: 1280 x 720 piksel;
Full HD: 1920 x 1080 piksel
2K: 2048 x 1080 piksel
4K yoki Ultra HD: 3840 x 2160 piksel
8K: 7680 x 4320 piksel
10K: 10240 x 4320 piksel

#qanday

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Simtoʻr qanday tayyorlanadi?

#qanday

@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Donat, qoʻllab-quvvatlash (donate) nima?

Sizga biror narsa yoqib qolsa uni olishga shoshilasiz. Bu hoh moddiy hoh nomoddiy mahsulot boʻlsin uning sizda boʻlishini hohlaysiz.

Biz raqamli asrda yashayapmiz. Raqamli mahsulot/kontent uchun ham agar u sizga yoqsa, uning uchun toʻlashingiz mumkin.
Lekin unutmang, bu majburiy emas va hech qanday "tilanchilik" ham emas.

Shunchaki sizga uning kontenti(videolari, postlari, maqolalari), mahsuloti(yasab koʻrsatgan biror qoʻl mehnati, chizgan/ishlab chiqilgan grafik art yoki video) yoqadi va shu yoqqani uchun, kontentmeyker(kontentmaker) uchun ragʻbat sifatida berish mumkin boʻlgan sovgʻa/hadya. Bundan ikki tomon ham xursand boʻladi va kontentmeykerning xarajatlari oz boʻlsa ham kamayib yanada yaxshi "mahsulot" chiqara oladi.

Bizda bunga gʻalati qarashadi. Youtubeda donat (qoʻllab-quvvatlash) soʻragan blogerni kommentida "oʻzi ikta vido chiqazdin, wunga biza pul beriwimiza keremi" deganlarni koʻrganman. Lekin oʻzi kecha Pubg'ga UC yoki Telegram Premium obuna sotib olgan.

💬Siz donatga qanday fikrdasiz?
Agar biz tashkillashtirsak, donat qilgan boʻlar edingizmi?

#nima #qanday #savol

@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.