️Secretius
8.81K subscribers
751 photos
441 videos
150 files
1.96K links
🔐Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.

🌐IT sohasidagi yangiliklar, dasturlash, xavfsizlik haqidagi kerakli media.

Obuna boʻling va bilimingizni oshirib boring
😉👉 bio.link/Secretius

📞 @SecretiusBot
Download Telegram
Serverlar va biz...

#tushungan_tushundi

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Forwarded from ️Secretius
Noutbuk sotib olishda nimalarga eʼtibor qilish kerak (eng asosiylari):

-Doʻkondan sotib olayotgan boʻlsangiz sotuvchilarga yoki egasiga quloq solmang(tezkor bilish uchun)
- Intel va AMD protsessorlarining 2 ta turi bor: H va U.
Intel Core i5 yoki i7 yaxshi variant. i3, Celeron yoki Pentium boʻlsa olmang

H versiyasi - masalan, Intel Core i5 9300H. Juda kuchli, ammo batareyani yeb, qizib ketadi.
- U versiyasi - masalan, Intel Core i5 8250U. Kuchsizroq, lekin ular energiya tejaydigan va koʻp quvvat sarflamaydi

- AMD Ryzen 5 yoki Ryzen 7ni tavsiya qilaman, Ryzen 3 yoki AMD FX boʻlsa yoʻq.
- Intel singari, Ryzenning H (Ryzen 5 3550H kabi) va U (Ryzen 5 3500U kabi) versiyalari bor. Xususiyatlari ham bir xil.

-Grafik kartalar: Intel, AMD (Radeon), Nvidia Geforce
- Intel (masalan, Intel HD 620) - filmlar, brauzer, ofis uchun
- AMD (Radeon) (masalan, Vega 8) Inteldan biroz kuchliroq. "Ogʻir" oʻyin va dizaynerlar uchun - RX5500M
- Nvidia Geforce - MX150, MX250, 1050 (Photoshop va yengil o'yinlar uchun) asosiy versiyalaridan boshlab va 1070, 1080, 1660ti, 2070, 2080 (kuchli o'yinlar va video muharirriligi uchun). GeForce 870 va undan quyidagilarni olmang. Ultrabook uchun eng maqbul yechim MX250 yoki 1050. O'yinlar uchun bu 1660.

- RAM. Qancha katta bo'lsa, shuncha yaxshi bo'ladi, lekin 8Gb normal deb oʻylayman. Noutbuklarda RAMni kengaytirish mumkin, ammo koʻpchilik zamonaviy ultrabuklarda qilib boʻlmaydi.

- Ekran - 1920x1080 - bu sotib olish uchun minimal miqdor. Ekran piksellar sogʻ-omonligini tekshirish kerak(monteon.ru - onlayn tekshirish)
- Klaviaturani ham tekshirish kerak, biror harf yoki belgi bosilmay qolmasin😅(key-test.ru)

- Qattiq disk. 3turi bor: HDD, SSD, NvMe
- HDD sekin va arzon, uzoq vaqt ishlaydi
- SSD tezkor, shovqinsiz, energiyani tejaydigan, kamroq xizmat qiladi(😅) va qimmatroq
- NvMe undan ham tezroq, uzoqroq ishlaydi va albatta qimmatroq

- Tashqi ko'rinishi. Bunisi har kimning didiga bogʻliq. Metall va juda ingichka korpusni tavsiya qilmayman. Kamida 3 ta USB port, ulardan 2 tasi USB 3.0 boʻlishi shart.

P.s Sotib olayotganda moliyaviy tomondan maslahatlar:
Toʻlov qilish uchun imkoniyatingizni chamalang, kredit yoki boʻlib toʻlashga koʻzingiz yetsagina rozi boʻling.
Bu sohadan yaxshiroq xabardor doʻstingiz/tanishingizdan iltimos qiling, bunda pulingiz tejalishi mumkin.

P.s.s Quyida oʻzingiz ham hayotiy tajribangizni boʻlishing😁
#tavsiya #maslahat

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Live stream started
Live stream finished (1 hour)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Meet-up yaxshi oʻtdi. Tez kunlarda @mohirdev sahifalarida toʻliq videoni koʻrishingiz mumkin.

P.s Borganlar bormi?

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Kod yozishni boshlaganingdagi ishlaringni 1-2yil keyin koʻrib qolsang)

Bayram muborak😁

#bayram

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Forwarded from DeeCT.ru - News | Новости | Yangiliklar. (DeeCT.Ru - Поддержка - Support - Qoʻllab Quvvatlash.)
Assalomu alaykum!

Hurmatli dasturchilar, bugun qanday kun ekanligidan xabaringiz boʻlsa kerak bugun 13-Sentabr dasturchilar kuni bilan barcha dasturchi doʻstlarimizni tabriklaymiz🤩.

Bayram Muborak🥳.

Hurmat bilan DeeCT.ru - Jamoasi!
Xiaomi va Redmi smartfonlarining Android 12ga yangilanuvchi ro'yxati

M: @xiaomiui

#xiaomi #redmi #update

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
6000 ta til
2 mln tarjimalar
400 ming audio yozuvlar
1 mlndan ortiq ibora va jumlalar.

Bularning barchasi glosbe.com saytida😁

#tarjima #site

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Apple events
Apple taqdimoti
Kutilayotgan model Iphone 13 va 13 pro

Kuzatish uchun:
https://www.apple.com/apple-events/event-stream/

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Forwarded from DeeCT.ru - News | Новости | Yangiliklar. (DeeCT.Ru - Поддержка - Support - Qoʻllab Quvvatlash.)
Assalomu alaykum!
Siz endi bizning saytimizga CLICK orqali to'lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.

Batafsil ma'lumot
Hello! What is up?
Kanalda anchadan beri faollik susayganini "Secretius Fans" anchadan beri sezib yuribdi.
Ba'zi maummolar sabab u yoq bu yoqqa yugur-yugur ko'payib ketdi. Jonajon "o'rtag'im" uylanyapti, bizni safimizni erta tark etyapti😁.

Do'stlarim orasidagi birinchi to'y bo'lgani uchun uyini remonti, kam-ko'sti deganday. Vaʼda bermayman, lekin bundan keyin faollikni susaytirmaslikka harakat qilaman.

Qani bollar, fayzimizzi bersin, omin🤲😁

#qaytdik

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Bugun sizlarga siz anchadan beri izlayotgan telegram turi haqida aytib beraman.
Tushunganingizdek, foydali ilovalar haqida.

Odamlar anonim boʻlib qolishni, hamma ham bilmaydigan ustunliklarga ega boʻlishni xoxlashadi. Agar eslasangiz, Graph Messenger (Telegraph) norasmiy Telegram ilovasi ancha vaqt avval tarmoqdalingizni koʻrsatmaydigan(Ghost), shaxsiy chatlarda narigi tomondan oʻchirilgan xabarlarni saqlab qolish kabi funksiyalarini oʻchirib qoʻygan edi. Bu funksiya yana bir qancha Telegram mijozlaridan ham bor edi(BGram, Videogram va b.).

Ularni eski versiyasi bilan bu funksiyalardan foydalansa boʻladi. Lekin eski versiyada hozir shiddat bilan oʻsayotgan Telegram funksiyalari yoʻq.

Sizga Aka Messengerni tavsiya qilaman. Unda hozirgi Telegram funksiyalari bilan birga siz istagan Ghost va oʻchirilgan xabarlarni koʻrish ham bor.



Dastur sodda, reklamasiz!

Tegishli postlar:
->Ghost nima? Qanday faollashtiriladi?

->Dasturlarni telegram orqali yuklash uchun

->Telegraph eski versiya(yuqoridagi funksiyalarga ega)

P.s Maqola maʼqul kelgan va foydali boʻlgan boʻlsa, bizni qoʻllab quvvatlash uchun doʻstlaringizga yuboring😁

#ilova #foydali #apk

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
👍2
Rasmni tayyorlayotganda adashib ketishimga sal qoldi😂

#kayfiyat #iphone

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
👍2
Menga oʻxshab "googlash"ni yaxshi koʻradigan lekin xavfsizlikka eʼtibor beradiganlarning muammosi bu soxta pochta manzili.
Soxta pochta yana bitta saytdan koʻplab hisob ochish uchun ham kerak boʻladi.

Lekin baʼzi saytlarning xavfsizlik tizimi kuchli boʻlganligi uchun ular Google pochta kabi nufuzli servislardan manzil talab qiladi.

Smailpro.com esa Gmail, Outlook va yana 6 ta domendan soxta pochta beradigan xizmat.

Foydalaning va kayf qiling 😁

#mail #pochta
#site heshtegida shu kabi foydali saytlar berilgan

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Androeed.ru
Saytda Android OT uchun millionlab o'yin va dasturlarning MOD, Premium va pro versiyalarni yuklab olish mumkin.

#android #apk #site #useful

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Forwarded from MrSchizoid Blog🔺
AnimatedSticker.tgs
17.4 KB
​​Bugun "SMAYL"ning tug‘ilgan kuni😊

Har yili 19 sentyabr kuni g‘ayrioddiy bayram nishonlanadi - do‘stona elektron belgining tug‘ilgan kuni – “Smayl” tug‘ilgan kuni.

1982 yil 19 sentyabrda Karnegi Mellon universiteti professori Skott E. Falman birinchi navbatda ketma-ket uchta belgidan foydalanishni taklif qildi – ikki nuqta, defis va yopiladigan qavs ( :-) ) - kompyuterda terilgan matnda “jilmaygan yuz”ni ifodalash uchun. Bu elektron leksikonga katta qo‘shimcha bo‘ldi.

Falman mahalliy e’lonlar taxtasiga yuborgan maktub saqlanib qoldi, u bugungi forumlarning prototipi bo‘lgan va o‘sha paytda universitet xodimlari o‘rtasida asosiy aloqa vositasi bo‘lgan.


U quyidagi xabarni yuborgan edi:

«19-Sep-82 11:44 Scott E Fahlman :-) From: Scott E Fahlman I propose that the following character sequence for joke markers: :-) Read it sideways.
Actually, it is probably more economical to mark things that are NOT jokes, given current trends. For this, use :-(».

Ushbu tarixiy postdan oldin uzoq munozaralar bo‘lib o‘tdi, unda ishtirokchilar xabarning kulgili ekanligini ko‘rsatish uchun qanday belgilar ishlatilishi kerakligi haqidagi savolni muhokama qildilar. Aytish kerakki, "tabassum" birinchi marta ishlatilgan xabar faqat 2002 yilda, lentada saqlangan reklama taxtasi arxividan topilgan.

Faqatgina ushbu xabarni topish va shu bilan “tabassum” ning tug‘ilgan kunini aniqlash maqsadida tashkil etilgan “raqamli arxeologik qazishmalar” da bir nechta ixlosmandlar ishtirok etishdi :-).

O‘zining mavjud bo‘lgan 30 yildan ortiq vaqt mobaynida “tabassum” elektron aloqaning o‘zgarmas atributiga aylandi va ko‘pchilik endi ularsiz qanday qilib muloqot qila olishlarini tasavvur qila olmaydilar. Va, albatta, bu vaqt ichida turli xil semantik va emosional ranglarni aks ettiruvchi ko‘plab “smayliklar” paydo bo‘ldi.

"Smayl" suhbat yoki elektron pochta orqali muloqotda etishmayotgan narsani - ovozli intonasiya va yuz ifodalarini ak ettiradi. Va suhbatdoshni yaxshiroq tushunishga, uning yaxshi kayfiyatini ta’minlashga yordam beradi.

Yozma muloqotimizga o‘ziga xos iliq atmosfera berib turadigan smayliklar uchun Skott janoblariga rahmat!

#emoji

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Telegram bizni xursand qilishda davom etadi:

Chat mavzulari, jonli efir, guruh o'qish va interaktiv emojilar

Android va iOS va Unigram uchun Telegram mos ravishda 8.0.1 va 8.1 versiyalariga yangilandi.

Yangiliklar:
Suhbat mavzulari
- Shaxsiy suhbatlar uchun tavsiya etilgan sakkizta mavzudan birini tanlang;
- Mavzuni o'zgartirish uchun ilovadagi uchta nuqtani bosing ›" Ranglarni o'zgartirish "-ni tanlang;
- Ikkala suhbat ishtirokchisi ham o'sha suhbatda bitta mavzuni ko'rishadi - barcha qurilmalarida;
- Barcha mavzularning kunduzi va kechasi o'zgarishi bor va sizning umumiy qorong'i mavzu sozlamalariga amal qiling.

Jonli efir va video suhbatlarni yozib oling
- Guruhingiz yoki kanalingizdagi jonli efirlardan video va audio yozib oling;
- Administratorlar sozlamalar panelidan yozishni boshlashi mumkin;
- Portret va landshaft yozuvi orasidan birini tanlang;
- Barcha tugallangan yozuvlar Sevimli xabarlarga yuboriladi, bu do'stlar bilan bo'lishishni osonlashtiradi;
- Video chat yozilayotganligini uning sarlavhasi yonidagi qizil nuqtaga qarab bilib olishingiz mumkin.

Kichik guruhlarda xabarlarni kimlar oʻqiganligi
- Kim o'qiganini bilish uchun kichik guruhdagi chiquvchi xabarlaringizdan birini bosing;
- Maxfiylikni yaxshilash uchun o'qilgan kvitansiyalar xabar yuborilgan paytdan boshlab 7 kun davomida saqlanadi.

Interaktiv kulgichlar
- Ba'zi animatsion emojilar endi bosilganda to'liq ekran effektlariga ega, masalan, 🎆, 👍, 🎉, 💩, 🎈 va ❤️;
- Agar siz kulgichni bosganingizda, suhbatdoshingiz siz bilan bir vaqtda effektni ko'radi, agar u ham tarmoqda boʻlsa

Batafsil maqolada
(Videokoʻrsatmalar bilan):
telegram.org/blog/chat-themes-interactive-emoji-read-receipts/uz

#yangilash #Android #iOS #Unigram

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Baʼzida kichik ilovalar katta muammolarizni hali qiladi. Quyida shunday 5ta ilovani tanishtiraman.

APK Export - androiddagi ilovalaringizni fayl koʻrinishida xotiraga saqlab berish uchun oddiy va sodda ilova.

Darker - ekranning koʻzni charchatuvchi koʻk nuridan himoya uchun, kechasi bilan telefon "kovlaydiganlar"ga😂.

Clipboard Managar - baʼzida biz nusxlagan matnlar/telefon raqamlari/havolalar juda ham kerakli boʻlib qoladi. Lekin xotirada uzoq saqlanmaydi ular. Bu ilova sizga bunda yordam beradi 🌝.

Skip by Volume - bizga yoqmaydigan qoʻshiqni eshitmaslik uchun choʻntagimizdan telefonni olib, ekranni yoqib, boshqaga oʻtkazish qanday azobligini bilsangiz kerak.
Ilovaga kiring, musiqa ilovasini tanlang, funksiyani faollashtiring.
Va siz ovozni boshqaruvchi tugmalar orqali oldingi/keyingi musiqaga oʻtishingiz yoki musiqani oʻchirishingiz mumkin.

SAI - @apkdl_bot'dan yoki biror saytdan yuklab olgan ilovalarimiz .APK formatda emas .apks formatda boʻladi. Bunday ilovalarni mana shu dasturcha orqali oʻrnatib olishingiz mumkin.

P.s Agar kanalimiz hozir boʻlmasa ham oldin yoqqan boʻlsa, bizni qoʻllab-quvvatlash uchun tekinga reklama qilib yuboravering😁
#ilovalar #apk #useful

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
👍3