️Secretius
10.1K subscribers
697 photos
426 videos
150 files
1.94K links
🔐Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.

🌐IT sohasidagi yangiliklar, dasturlash, xavfsizlik haqidagi kerakli media.

Obuna boʻling va bilimingizni oshirib boring
😉👉 bio.link/Secretius

📞 @SecretiusBot
Download Telegram
Baʼzida kichik ilovalar katta muammolarizni hali qiladi. Quyida shunday 5ta ilovani tanishtiraman.

APK Export - androiddagi ilovalaringizni fayl koʻrinishida xotiraga saqlab berish uchun oddiy va sodda ilova.

Darker - ekranning koʻzni charchatuvchi koʻk nuridan himoya uchun, kechasi bilan telefon "kovlaydiganlar"ga😂.

Clipboard Managar - baʼzida biz nusxlagan matnlar/telefon raqamlari/havolalar juda ham kerakli boʻlib qoladi. Lekin xotirada uzoq saqlanmaydi ular. Bu ilova sizga bunda yordam beradi 🌝.

Skip by Volume - bizga yoqmaydigan qoʻshiqni eshitmaslik uchun choʻntagimizdan telefonni olib, ekranni yoqib, boshqaga oʻtkazish qanday azobligini bilsangiz kerak.
Ilovaga kiring, musiqa ilovasini tanlang, funksiyani faollashtiring.
Va siz ovozni boshqaruvchi tugmalar orqali oldingi/keyingi musiqaga oʻtishingiz yoki musiqani oʻchirishingiz mumkin.

SAI - @apkdl_bot'dan yoki biror saytdan yuklab olgan ilovalarimiz .APK formatda emas .apks formatda boʻladi. Bunday ilovalarni mana shu dasturcha orqali oʻrnatib olishingiz mumkin.

P.s Agar kanalimiz hozir boʻlmasa ham oldin yoqqan boʻlsa, bizni qoʻllab-quvvatlash uchun tekinga reklama qilib yuboravering😁
#ilovalar #apk #useful

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.