️Secretius
9.64K subscribers
717 photos
432 videos
150 files
1.95K links
🔐Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.

🌐IT sohasidagi yangiliklar, dasturlash, xavfsizlik haqidagi kerakli media.

Obuna boʻling va bilimingizni oshirib boring
😉👉 bio.link/Secretius

📞 @SecretiusBot
Download Telegram
Zamonaviy qurilmalarning batareyalarini demontaj qilish yoki yo‘q qilish mumkin emas. Batareyada litiy-ion moddasi mavjud va u juda beqaror!
#batareya #xavsizlik
👉@Secretius👇
⚡️Isroildagi StoreDot startapi elektromobillar uchun ishlab chiqarilgan batareyalarning birinchi partiyasini chiqardi, bu to'liq zaryad olish uchun atigi besh daqiqa vaqtni oladi.

StoreDot muhandislari aksariyat zamonaviy batareyalarda ishlatiladigan grafitni metalloid nanopartikullar bilan almashtirdilar.

Texnologiya bir vaqtning o'zida bir nechta muammolarni hal qiladi, xususan xavfsizlik, xizmat ko'rsatish muddati va batareyaning shishishi, ya'ni ularni tez zaryadlashning asosiy to'siqlari deb atashadi.

Bundan tashqari, bunday batareyalar standart ishlab chiqarish liniyalarida ishlab chiqariladi, yaʼni alohida jihoz shart emas odatiy batareya ishlab chiqaradigan zavodda qilsa ham boʻladi.
#startap #batareya #mashina
👉@Secretius👇
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xiaomi'dan 200W ultra tezkor quvvat oluvchi HyperCharge

Smartfonni 100% zaryad qilish uchun simlida 8 daqiqa, simsizda(150W) 15 daqiqa vaqt ketadi.

2022 yilgacha sotuvga chiqariladi.

P.s Kelajakka xush kelibsiz 😁
#batareya #quvvatlash

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Quvvati uzoq vaqtga yetuvchi smartfonlar 15taligi. (2021)

Koʻrib chiqilgan smartfonlar uzluksiz ravishda ishlatilgan(4G yoki 5G yoniq holatda), smartfon quvvati qancha vaqt davomida tugashi batareya texnologiyasi, qurilma parametrlari va albatta chipga ham bogʻliq.

Moto G Power(2020): 16:10*
Moto G Power (2021): 14:04
Nubia RedMagic 6: 13:20
Kyocera DuraForce Ultra 5G UW:
12:29
Asus ROG phone 5: 12:23
Samsung Galaxy A52 5G: 12:19
Moto G Fast: 12:17
iPhone 13 Pro Max: 12:16
Cat S62 Pro: 12:16
Moto G Stylus: 12:13
Motorola Edge: 12:12
Motorola One 5G Ace: 12:03
OnePlus Nord N10 5G: 11:48
iPhone 13 Pro: 11:42
Samsung Galaxy A32 5G: 11:39

*soat : daqiqa

#smartfon #batareya

@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
⁉️Hammani qiynaydigan savol: smartfonni qanday va qanchagacha quvvatlash kerak?

🔋Smartfon bataryeasi litiy ionli boʻlib boshqa batareyalardek eskiradi: quvvatlasa ham, quvvatlamasa ham va hatto hech narsa qilmasa ham.

♻️Biror narsaning aylanib kelib bosh holatga qaytishi bu sikl. Batareyani 0-100%gacha toʻldirish bir sikl boʻladi. Batareyalar 400-500dan 1000siklgacha ishlashi mumkin.

🔌Qanday quvvatlash kerak?
Quvvatlayotganda ishlatmaslik kerak, minimal ishlar(elektron kitob oʻqish, musiqa kabi) mumkin, lekin film/seriallar koʻrish, ogʻir grafikali oʻyinlar(umuman oʻyinlar) oʻynamaslik kerak.
Hozir koʻcha issiq, uyga kelib shu zahoti quvvatlashga qoʻyish mumkin, lekin smartfon "issigʻi" borligini tekshirish kerak. Sovutish kerak, muzlatgichda emas faqat.
Qish vaqtida(sovuqda) ham tekshirish, muzlab qolgan smartfonni xonada qizdirib keyin quvvatlash kerak.
Juda ham sovuqda yoki issiqda quvvatlamaslik kerak.

🔢Qancha quvvatlash kerak?
Bizda 3ta variant bor:
•0-100%gacha;
•20-80%gacha;
•50-70%gacha.

1-variantni faqat yangi smartfonning birinchi marta quvvatlashida qilish kerak.

2-variant toʻgʻri, lekin 3-variant undan ham toʻgʻriroq va foydaliroq.

Agar sizda vaqt va mehr boʻlsa, erinmaydigan boʻlsangiz 50 va 70% orasida, unday boʻlmasa eng qulay variant 20 va 80% orasida saqlang.

⚠️Ha aytganday, kechasi quvvatga ulab uxlash smartfonga/batareyaga jiddiy zarar qilmaydi, lekin bu koʻp qaytarilsa zarar.

💡Tegishli postlar:
🔋 Smartfon batareyasi qanday tekshirish mumkin

Smartfoningiz sekin quvvat olayotganining 6 sababi

Quvvat nega tez tugaydi

Smartfonlarda batareya quvvati tez tugab qolmasligi uchun nima qilish kerak?

Tezroq quvvatlash uchun

#batareya #smartfon

@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.