Video chaqiruvlar va Telegramning yetti yilligi

Asl eʼlonni ingliz tilida oʻqish
Video chaqiruvlar va Telegramning yetti yilligi

Bugun Telegram yetti yilligini nishonlamoqda. 2013-yilda biz xavfsiz muloqotga diqqat qaratgan kichik ilova sifatida ish boshlagan edik va shundan buyon 400 milliondan ortiq foydalanuvchisiga ega platforma sifatida oʻsdik. Telegram endi eng yaxshi 10 ta eng koʻp yuklab olingan ilovalardan biri, uning yordamida esa nafaqat doʻstlar va hamkasblar bilan muloqot qilish mumkin, balki oʻqish, yangiliklarni almashish, hamfikrlarni topish mumkin.

Biz bu marraga faqat oʻzimiz erishmadik – Telegram hech qachon reklama qilinmagan va har bir foydalanuvchi ilovaga ular ishonadigan kimdir orqali kelgan. Kuchli tamoyillar va sifatli funksiyalar oʻzlari gapirishadi hamda millionlab foydalanuvchilarni eshitdik. Biz sizni ham eshitdik hamda Telegramni shunchaki ilovadan ancha yaxshiroq qiluvchi funksiyalarni ishlab chiqishda davom etamiz. Bugun siz soʻrayotgan funksiyalardan birini qoʻshmoqdamiz – tezkor va xavfsiz video chaqiruvlar.

Video chaqiruvlar

2020-yil yuzma-yuz muloqot uchun talabni yuzaga chiqardi va bizning alfa versiyadagi video chaqiruvlar funksiyamiz endi Android va iOS uchun ishlaydi. Video chaqiruvni kontaktingizning profil sahifasidan boshlashingiz mumkin va video chaqiruvlar davomida istalgan vaqtda videoni yoqish yoki oʻchirishingiz mumkin. Telegramdagi boshqa video kontentlar kabi video chaqiruvlar tasvir ustida tasvir rejimini qoʻllab-quvvatlaydi. Bu sizga koʻz kontaktini saqlagan holda chatlar boʻylab aylantirish va boshqa vazifalarni bajarish imkonini beradi.

Barcha video chaqiruvlar boshidan oxirigacha shifrlash bilan himoyalanadi. Ulanishingizni tasdiqlash uchun siz va chatdagi suhbatdoshingizga koʻrsatiladigan toʻrtta emojini taqqoslang – agar ular mos kelsa, chaqiruvingiz Telegramning maxfiy chatlari va ovozli chaqiruvlarida foydalaniladigan vaqt sinovidan oʻtgan shifrlash tomonidan 100% himoyalanadi. Tafsilotlar bilan ushbu sahifada tanishishingiz mumkin.

Bizning Android va iOS uchun ilovalarimizda qayta ishlab chiqish mumkin boʻlgan yigʻmalar mavjud, shunday ekan, har kim shifrlashni tasdiqlashi va biz har bir yangilanish bilan birga nashr qiladigan aniq bir xil ochiq manba kodidan foydalanishini tasdiqlashi mumkin.

Video chaqiruvlar kelgusida yanada koʻproq funksiya va yaxshilanishlarni oladi. Kelayotgan oylarda guruh video chaqiruvlarini ishga tushirish ustida ishlamoqdamiz. Lekin, ushbu yarim yillik marra uchun siz endi yaqinlaringiz bilan ular qoʻshni xonada yoki boshqa qitʼada boʻlishlaridan qatʼi nazar hozircha birma-bir suhbatlardan zavq olishingiz mumkin.

Koʻproq animatsiyali emojilar

Nishonlashga yordam berish uchun biz animatsiyali emojilarning yana bir qismini qoʻshdik. Chatda ulardan birini👇 olish uchun shunchaki bitta emojili xabar yuboring.

Yangilanishlarni kuzatib boring!


2020-yil, 14-avgust
Telegram jamoasi

Boshqa yangiliklar

Гасцявыя AI-боты, чаты паміж ботамі, аўтаматызацыя чатаў, 100 мільёнаў эмодзі, пошук стыкераў, карыстальніцкія AI-стылі, статыстыка галасаванняў, бязгучныя запланаваныя паведамленні, выдаленне рэакцый

Telegram дадае больш за 10 новых функцый, уключаючы…
7-may, 2026

AI-рэдактар, магутныя галасаванні, жывыя фота, боты кіруюць ботамі і шмат чаго яшчэ

У сённяшнім абнаўленні мы прадстаўляем AI-рэдактар, які можа перакладаць, змяняць або выпраўляць…
31-mar, 2026

Тэгі ўдзельнікаў, уваход праз Telegram, адключэнне абагульвання ў чатах, рэдагаванне анімацый, фарматаванне дат, адзнакі часу ў галасаваннях

У сённяшнім абнаўленні мы дадаем тэгі, каб удзельнікі…
1-mar, 2026

Новы дызайн, перадача суполак, стварэнне падарункаў і каляровыя кнопкі для ботаў

Гэтае абнаўленне прыносіць самыя маштабныя змены інтэрфейсу у гісторыі Telegram для Android, сістэму стварэння для атрымання эксклюзіўных…
9-fev, 2026