Jonli hikoyalar, takrorlanuvchi xabarlar, hadyalar uchun auksionlar va boshqalar

Asl eʼlonni ingliz tilida oʻqish
Jonli hikoyalar, takrorlanuvchi xabarlar, hadyalar uchun auksionlar va boshqalar

Bugungi yangilanishda Telegram hikoyangizda jonli chat bilan jonli efirni boshlashingiz mumkin. Shuningdek, takrorlanuvchi rejalashtirilgan xabarlar, yangi hadyalar uchun adolatli taqsimotni taʼminlaydigan auksion tizimi va boshqa funksiyalar qoʻshildi.

Jonli hikoyalar

Endi har bir Telegram foydalanuvchisi Telegram hikoyalarida jonli chat bilan real vaqt rejimida taassurotlarni ulashish uchun jonli efirlar oʻtkazishi mumkin.

Jonli efirni tomosha qilayotgan har bir kishi guruh chaqiruvlari va video chatlardagidek fikr bildirishi mumkin. Kontent ijodkorlarini qoʻllab-quvvatlash va fikringizga urgʻu berish uchun xabaringizni Telegram Yulduzlar yordamida ajratib koʻrsating va qadang — buning uchun xabar pufagi belgisini bosing.

Jonli efirning pastki burchagidagi Yulduzcha belgisi hozirgacha qancha Yulduz toʻplanganini koʻrsatadi, tomoshabinlar esa belgini bosib, qoʻshimcha Yulduzlar hadya qilishi mumkin.

Jonli hikoyalar foydalanuvchi hisoblaridan, shuningdek, hikoya joylash imkonini ochgan guruhlar va kanallardan ham ishga tushirilishi mumkin. Jonli hikoyalar oddiy hikoyalar kabi bir xil maxfiylik sozlamalariga ega: Hamma, Kontaktlarim, Yaqin doʻstlar va Tanlangan foydalanuvchilar.

Hikoyalarda jonli efir qiluvchilar uchun imkoniyatlar

Hikoyalardagi jonli efirlar tashqi ilovalardan, masalan, OBS va XSplit'dan RTMP kalitlarini qoʻllab-quvvatlaydi — bu esa kontent ijodkorlariga oʻzlarining mavjud sozlamalari bilan Telegramda osonlik bilan jonli efir qilish imkonini beradi.

Fikrlarni boshqarish yoki har bir fikr uchun narx belgilash uchun jonli efir paytida yuqori burchakni bosib, “Jonli efir sozlamalari” bandini tanlang. Foydalanuvchini chat admini qilish uchun unga guruh yoki kanalingizda “Video chatlar / Jonli efirlarni boshqarish” admin ruxsatini bering.

Takrorlanuvchi xabarlar

Rejalashtirilgan xabarlar va eslatmalar endi har kuni yoki oyiga ikki marta kabi maʼlum oraliqlarda takrorlanadigan qilib sozlanishi mumkin — bu ishdagi vazifalarni avtomatlashtirish yoki sogʻlom odatlarni shakllantirish uchun qulay.

Xabar yuborishni rejalashtirish uchun istalgan chatda “Yuborish” strelkasini bosib turing. Uni takrorlanadigan qilish uchun “Takrorlash” tugmasini bosing va oʻzingizga qulay oraliqni tanlang.

Yangi hadyalar uchun auksionlar

Telegram Hadyalar — statusingizda taqishingiz, kolleksiyalarga guruhlashingiz, blokcheyn hamyoningizga oʻtkazishingiz yoki Marketpleysda savdo qilishingiz mumkin boʻlgan unikal kolleksiya buyumlaridir. Cheklangan nashrdagi hadyalar baʼzida atigi bir necha soniyada sotilib ketadi.

Adolatli taqsimotni kafolatlash uchun yangi hadyalar relizlari auksionlarga asoslanadi — bu foydalanuvchilarga bir necha raund davomida yangi hadyalar uchun Yulduzlar bilan takliflar kiritish imkonini beradi.

Auksiondagi oʻrningiz hadyangizning unikal raqamini belgilaydi — shuning uchun 1-raundda eng koʻp taklif qilgan ishtirokchi #1 hadyani, 2-o‘rin egasi #2 hadyani oladi va hokazo.

Har bir raund oxirida eng yuqori narx taklif qilgan ishtirokchilarning har biri hadya oladi, past narx taklif qilgan ishtirokchilar esa keyingi raundga avtomatik ravishda oʻtadi. Barcha hadyalar berilgach, qolgan takliflar puli avtomatik ravishda qaytariladi.

Bir nechta hadya olish uchun bir martadan koʻproq ishtirok etishingiz va istalgan vaqtda taklifni oshirish orqali imkoniyatingizni oshirishingiz mumkin. Taklif interfeysi o‘sha raundda hadya yutish uchun nechta Yulduz taklif qilishingiz kerakligini koʻrsatadi.

Sotuvdagi hadyalar bilan tanishish uchun Sozlamalar > Hadya yuborish rukniga kiring.

Hadya auksionlari “Auksion” banneri va maxsus t.me/auction havolalarini koʻrsatadi. Tez orada navbatdagi auksion boʻlib oʻtadi, kuzatib boring!

Yangi interfeys dizaynlari

iOS uchun Telegram endi zamonaviy va energiya tejamkor animatsiyalar bilan dizayni yangilangan profillar, yangilangan Sozlamalar menyusi va yangi biriktirma menyusi kabi yanada koʻproq Liquid Glass interfeyslariga ega.

Xuddi shuningdek, Android uchun Telegramda yangi kiritish maydoni mavjud boʻlib, u minimalistik dizayn va varaqlaganda yoqimli xiralashtirish effektlariga ega.


2025-yil 19-noyabr
Telegram jamoasi

Boshqa yangiliklar

Прамы эфір ў гісторыях, паўторныя паведамленні, аўкцыёны падарункаў і шмат чаго яшчэ

З сённяшнім абнаўленнем вы зможаце запусціць прамы эфір з жывым чатам у сваёй гісторыі Telegram.…
19-noy, 2025

Каментарыі ў групавых выкліках, стужкі для чат-ботаў і шмат чаго яшчэ

У сённяшнім абнаўленні мы запускаем жывыя каментарыі і рэакцыі у групавых выкліках і відэачатах, тэматычныя стужкі і паступовыя адказы…
10-okt, 2025

Музыка ў профілі, новыя профілі, тэмы падарункаў і шмат чаго яшчэ

У сённяшнім абнаўленні вы можаце дадаваць музыку ў свой профіль, выбіраць асноўную ўкладку профілю, задаваць унікальныя тэмы чатаў у залежнасці…
31-avg, 2025

Пошук публічных допісаў, альбомы гісторый, калекцыі падарункаў і шмат чаго яшчэ

Сённяшняе абнаўленне ўводзіць глабальны пошук па публічных допісах у Telegram, упарадкаванне гісторый у альбомы, і падарункаў — у калекцыі…
31-iyl, 2025