ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
39 files
9.72K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
​#Trening

Intellektual mulk sohasi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni oshirishga qaratilgan treninglar haftaligiga start berildi

Joriy yilning 7—25-noyabr kunlari davomida AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda “Mutaxassislar uchun Fulbrayt dasturi” doirasida Janubiy Karolinaning Klemson universiteti mutaxassisi Shontavia Jonson tomonidan intellektual mulk sohasida faoliyat yurituvchi davlat organlari va sudyalarning soha bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan treninglar haftaligiga start berildi.

Ushbu treninglar haftaligi davomida Adliya vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi va sudyalar uchun intellektual mulk sohasi, intellektual faoliyat natijalari va individuallashtirish vositalariga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish bo‘yicha manzilli treninglar o‘tkaziladi.

Treninglarni olib boruvchi Janubiy Karolinaning Klemson universiteti mutaxassisi, professor hamda amaldagi patent vakili Sh.Jonson intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza va himoya qilish sohasida 10 yildan ortiq tajribaga ega ekspert hisoblanadi.

Joriy haftada Adliya vazirligining Intellektual mulk departamenti va hududiy adliya organlarining Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘limlari xodimlari uchun treninglar o‘tkazilmoqda.

Ushbu treninglar haftaligini kelgusi haftalarda o‘tkaziluvchi intellektual mulk huquqlarini himoya qiluvchi davlat organlari va sudyalar uchun treninglar davom ettiradi.

👉Ma’lumot uchun

@adliyangiliklari