ADLIYA YANGILIKLARI
16.4K subscribers
24.8K photos
2.74K videos
39 files
9.46K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Ochiq_adliya #Tanlov_online
📌 Айни дамда Адлия вазирлиги томонидан Самарқанд шаҳрида "Йилнинг энг яхши ходими" ва "Йилнинг энг яхши адлия бўлими" танлови ўтказилмоқда.

↪️ Ушбу ҳавола орқали кузатиб боришингиз мумкин:
https://www.facebook.com/groups/1845889768777670/permalink/3068319009868067/
________________________________________

#Open_Justice #Конкурс_онлайн
📌 В настоящее время Министерством юстиции в Самарканде проводится конкурс «Лучший сотрудник года» и «Лучший отдел юстиции года».

↪️ За ходом конкурса в онлайн-режиме можете наблюдать по ссылке:
https://www.facebook.com/groups/1845889768777670/permalink/3068319009868067/

@adliyangiliklari
#TANLOV

📣Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyda mavjud bo'sh (vakant) ish o'rinlariga tanlov e'lon qilinmoqda.

Adliya organlari va muassasalariga xodimlarni ishga qabul qilish Adliya organlari va muassasalarida HR-menejment tizimi to'g'risidagi nizomga muvofiq ochiq tanlov asosida amalga oshiriladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar quyidagi veb-sayt orqali 2022-yilning 16-martiga qadar qabul qilinadi.

👉 Quyidagi link orqali vakant lavozimlarga hujjat topshirish mumkin.
1-link
2-link

@adliyangiliklari
#Tanlov

“El-yurt umidi” jamg‘armasi ilg‘or xorijiy davlatlar nufuzli universitetlari va ilmiy markazlarida bakalavriat, magistratura va doktoranturada ta'lim olish uchun 2022-yilgi 2-stipendiya tanlovini e'lon qiladi!

“El-yurt umidi” jamg‘armasi O‘zbekiston Respublikasi uchun eng ustuvor sohalar, jumladan:
🔹 kosmik texnologiyalar, nanotexnologiyalar, IT va raqamlashtirish, sun'iy intellekt sohalari;
🔹atom va quyosh energetikasi hamda energiyaning tiklanadigan manbalaridan foydalanishning boshqa innovatsion yo‘nalishlari;
🔹 sog‘liqni saqlash, farmasevtika, telemedisina, virusologiya, mikrobiologiya, immunologiya sohalari;
🔹 elektroenergetika, neft-gaz, neft-kimyo, kimyo, metallurgiya sohasining ustuvor tarmoqlari;
🔹 mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, to‘qimachilik va mahsulotlarni standartlashtirish yo‘nalishlari;
🔹tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish, bog‘dorchilik, chorvachilik, parrandachilik kabi agrar sohaning muhim tarmoqlari va boshqa mutaxassisliklar uchun 306 o‘ringa mo‘ljallangan ochiq stipendiya tanlovlarini e'lon qiladi!

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Tanlov

📢Diqqat, e'lon!

"Eng yaxshi huquq o'qituvchisi" ko'rik-tanlovining hududiy bosqichlari yakunlandi. Ko'rik-tanlovning viloyat bosqichi ishtirokchilari va g'oliblari munosib taqdirlandi.

🏆“Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovining RESPUBLIKA bosqichi 2-3-may kunlari o'tkaziladi.

Ko'rik-tanlov shartlari quyidagicha:
📍1-shart blits savol-javoblar (maksimal 10 ball);
Bunda ishtirokchilar bittadan blits savollarga javob beradi. Eng yuqori natija qayd etgan 20 nafar ishtirokchilar tanlovning 2-shartida qatnashadi.
📍2-shart taqdimot (maksimal 30 ball);
Eng yuqori natija qayd etgan 3 nafar ishtirokchilar tanlovda g'oliblikni qo'lga kiritadilar.

📌ESLATIB O'TAMIZ
Ko'rik-tanlov g'oliblari:
🥇o‘rin uchun 30 million;
🥈o‘rin uchun 20-million;
🥉o‘rin uchun 10 million pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.


Kanalga ulanish:

👉@huquq_talimi
#tanlov

🏆 Yilning “Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” aniqlandi.

Joriy yilning 2–3-may kunlari Adliya vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.

Ilk marotaba oʻtkazilgan tanlovda respublika boʻyicha 10 mingga yaqin "Davlat va huquq asoslari" fani oʻqituvchilari qatnashdi.

Respublika bosqichida ishtirok etgan 42 nafar o‘qituvchidan 3 nafari koʻrik tanlov g'olibi, 6 nafari esa “Eng yaxshi notiq” va “Eng yaxshi taqdimot” nominatsiyalarini qo‘lga kiritdi.

Tanlov gʻoliblari quyidagicha diplom va pul mukofoti bilan taqdirlandi.

🥇1-oʻrin – Odilova Dilobar Xolmamatovna (Samarqand viloyati, Jomboy tumani 28-maktab oʻqituvchisi) — I darajali diplom va 30 mln soʻm pul mukofoti;
🥈2-oʻrin – Norova Mehriniso Sheraliyevna (Buxoro viloyati, Qorovulbozor tumani 1-maktab oʻqituvchisi) — II darajali diplom va 20 mln soʻm pul mukofoti;
🥉3-oʻrin – Baymuratov Azat Amangeldi uli (Qoraqalpog'iston Respublikasi, Shumanay tumani 16-maktab oʻqituvchisi) — III darajali diplom va 10 mln soʻm pul mukofoti.

Mazkur ko‘rik-tanlov Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-avgustdagi 532-son qarori asosida tashkil etildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot