ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.43K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Tabrik

Adliya vaziri A. Tashkulov davlat xizmatlari markazlari tashkil etilganligiga 5 yil toʻlishi munosabati bilan, ushbu tizimning har bir aʼzosini bugungi muhim sana bilan muborakbod etadi va soha rivojiga qoʻshayotgan hissalari uchun tashakkur bildiradi.

@adliyangiliklari
#tabrik

Adliya vazirligi xodimi dunyoning eng nufuzli oliy ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilindi.

Adliya vazirligi Xalqaro huquqiy hamkorlik va xalqaro reytinglar boshqarmasi katta maslahatchisi O‘tki̇rbek Rivojiddinov AQShning Garvard, Kolumbiya va Nyu-York universitetlari, shuningdek, Buyuk Britaniyaning Kembridj hamda Oksford universitetlari tomonidan huquq magistratura (LL.M.) dasturlariga o’qishga qabul qilindi.

O‘tki̇rbek Rivojiddinov 2024-yilda Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlab, universitet bitiruvchilari orasida eng yuqori natijalar ko‘rsatgan besh nafar talabadan biri bo‘lgan. Talabalik davrida u xalqaro huquq sohasida AQSh, Germaniya, Fransiya va Shvetsiyada O‘zbekiston nomidan turli xalqaro tanlov va anjumanlarda ishtirok etib, salmoqli yutuqlarga erishgan.

U “TDYU stipendiyasi”, “Adliya vazirligi stipendiyasi”, “Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi” va “JACAFA” xalqaro stipendiyasi kabi bir qator nufuzli stipendiyalar sohibi hamda 3-darajali yurist hisoblanadi.


Adliya vazirligidagi mehnat faoliyati davomida O‘tki̇rbek xalqaro huquqiy tashkilotlar, yetakchi xorijiy yuridik firmalar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, mamlakatimizning xalqaro reytinglardagi o‘rnini mustahkamlash hamda milliy qonunchilikni xalqaro standartlarga moslashtirish borasida samarali hissa qo‘shdi.

O‘tki̇rbek QS World University Rankings huquq (Law & Legal Studies) yo’nalishi bo’yicha dunyoda 1-bo’lgan Garvard universitetidan 100 foizlik grant yutib o’z akademik yo‘lini aynan shu nufuzli dargohda davom ettirishga qaror qilgan.


Adliya vazirligi jamoasi O‘tki̇rbekka kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar va muvaffaqiyatlar tilaydi!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2