ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.67K videos
39 files
9.28K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
📢 Mudofaa va harbiy xizmat sohasida qonunchilik tizimlashtirilmoqda!

✔️Adliya vazirligi huzuridagi Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish taʼsirini baholash instituti Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda mudofaa va harbiy xizmat sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tahlil qildi.

📄 30 dan ortiq hujjatlarni bekor qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.

📌 Natijada:

32 ta o‘z ahamiyatini yo‘qotgan normativ-huquqiy hujjatlar aniqlandi.

Mazkur hujjatlarni bekor qilish yuzasidan loyihasi ishlab chiqilib, Hukumatga kiritildi.

Hujjatlarning qabul qilinishi mudofaa va harbiy xizmat sohasida tartibga solish yukini 18% ga kamaytirishga xizmat qiladi.

#RIAInstituteNEWS #Qonunchilik #Mudofaa #Tizimlashtrish
#qonunchilik_yangiliklari

Pay fondlarining yagona reyestrini yuritish tartibi belgilandi.


Adliya vazirligi Pay fondlarining yagona reyestrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3825, 2026-yil 29-aprel)

Mazkur idoraviy hujjat pay fondlarining reyestrini shakllantirish, yuritish, unga o‘zgartirish kiritish, shuningdek pay fondini reyestrdan chiqarish va undagi ma’lumotlarni taqdim etish tartibini belgilaydi.

“Investitsiya va pay fondlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 4-moddasiga ko‘ra, investitsiya faoliyatini amalga oshirish maqsadida ikki va undan ortiq shaxslarning (investorlarning) oʻzi ishonchli boshqaruvga bergan pul mablagʻlari yigʻindisi pay fondidir.

Pay fondi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan yagona reyestrga kiritilgan hamda Agentlikning veb-saytida e’lon qilingan paytdan tashkil etilgan deb hisoblanadi.

Pay fondini yagona reyestrga kiritish uchun pay fondining ishonchli boshqaruvchisi ariza, pay fondini ishonchli boshqarish haqidagi shartnoma nusxasi va boshqalar hujjatlarni Agentlikka taqdim etadi.

Ariza olinganidan keyin Agentlik 7 ish kuni ichida pay fondini reyestrga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
3🔥3