ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.41K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Intellektual_mulk_hafta_davomida

Ushbu haftada intellektual mulk sohasiga oid bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Xususan,

Xalqaro tovar belgilari uyushmasi (Belgiya) bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash borasida tadbir tashkil etildi.

Andijon (“Ipak yo‘li” EIZ), Navoiy (“Navoiy" EIZ), Buxoro (“Kogon shossesi” KSZ, "G'ijduvon" EIZ), Namangan (Adliya boshqarmasi), Sirdaryo ("Bekat" KSZ), Farg‘ona viloyatlarida sayyor qabullar o‘tkazildi.

"Toshkent-Tovar" TIF bojxona postida kontrafakt mahsulotlarni kirib kelishini oldini olishga qaratilgan tadbir o‘tkazildi.

Farg‘ona viloyatida tadbirkor ayollarga o‘z brendini yaratish, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish va himoya qilish tartibi tushuntirildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida intellektual mulkka bag‘ishlangan "Adliya sayli" tashkil etildi.

Savdo-sanoat palatasi Jizzax viloyat boshqarmasi xodimlariga sohaga oid qonunchilikdagi yangiliklar tushuntirildi.

Kontrafakt mahsulot sotgan shaxsdan 2 ming AQSh dollari miqdorida tovon puli undirilishi belgilandi.

Navoiy davlat universiteti, Buxoro davlat texnika universiteti va Buxoro davlat universitetida “Intellektual mulk sohasidagi faoliyatni himoya qilish” mavzusida ilmiy seminarlar tashkil etildi.

Navoiy viloyatida "Turn-key" tamoyilining amaliyotga joriy etilishi o‘rganildi.

"Zahartun" brendi (Buxoro) "Hududning eng mashhur brendi" tanlovida g‘olib deb topildi.

⚖️Tadbirlar davomida O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 8-avgustdagi O‘RQ–1080-son Qonuniga asosan intellektual mulkka bo‘lgan huquqlarni buzganlik uchun belgilangan jinoiy javobgarlik va kuchaytirilayotgan ma'muriy jazo choralari yuzasidan tushuntirilar berilmoqda.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM