ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.79K videos
39 files
9.61K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Davlat ishtirokidagi korxona tushunchasi

Davlat ishtirokidagi korxona
— xo‘jalik faoliyatini amalga oshiradigan, ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi miqdori 25 foizdan ortiq bo‘lgan yuridik shaxs, shuningdek davlat unitar korxonasi yoki o‘ziga xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish huquqi berilgan davlat muassasasi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 7-iyuldagi O‘RQ-850-son Qonuni.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Mualliflik huquqini o‘zlashtirib olish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi


Birovning asarini yoki uning qismlarini o‘ziniki qilib ko‘rsatish, adabiy, ijodiy va ilmiy ishdagi o‘g‘irlik plagiat (ko‘chirmachilik) deb nomlanadi.

“Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq asardan muallifning ismi-sharifini va olingan manbasini ko‘rsatib, maqsadga mos hajmda iqtibos olgan holda erkin foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.

Ushbu qonun talablariga rioya qilmay o‘zga muallif asarini yoki asar qismlarini o‘ziniki qilib ko‘rsatish asarni o‘zlashtirish hisoblanadi.

Mualliflik huquqini o‘zlashtirib olish O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 149-moddasiga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lib jarima, muayyan huquqdan mahrum qilish, majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari kabi jazo choralaridan biri tayinlanadi.

Mualliflik huquqini o‘zlashtirib olish to‘g‘risidagi jinoyat ishi jabrlanuvchining (muallif) arizasi asosida prokuratura organlari tomonidan qo‘zg‘atiladi.
E’tiborlisi shundaki, bu turdagi huquqbuzarliklar bevosita huquq egasi tomonidan ma’lum qilinmaguncha aniqlanishi birmuncha qiyin hisoblanadi.

Shu sababli ijod vakillaridan mualliflik huquqlari o‘zgalar tomonidan o‘zlashtirib olinganda tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishlarini so‘rab qolar edik.

🌐На русском 🌐In english

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

“Adliya ayoli” tanlovi bo‘lib o‘tdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

❓ Auditorlik tashkilotini Auditorlik tashkilotlarining reyestriga kiritish bo‘yicha davlat xizmatini olish uchun qayerga murojaat qilish kerak?

— Auditorlik tashkilotini Auditorlik tashkilotlarining reyestriga kiritish bo‘yicha davlat xizmati O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) va davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladi.
______________

❓ Auditorlik tashkilotini Auditorlik tashkilotlarining reyestriga kiritish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun qancha to‘lov undiriladi?

— Auditorlik tashkilotini Auditorlik tashkilotlarining reyestriga kiritish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun to‘lov undirilmaydi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-avgustdagi 387-son qarori.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tayinlov

Adliya vazirligi Nodavlat notijorat tashkilotlar boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Ushbu lavozimga adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Mirjon Zamirovich Isayev tayinlandi.

Mirjon Isayev 1983-yilda Buxoro shahrida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy, 2003-yil Toshkent davlat yuridik universitetini bakalavr yo‘nalishini, 2013-yilda mazkur univetsitetning magistratura bosqichini tamomlagan, huquqshunos.

U o‘z mehnat faoliyatini 2003-yilda Adliya vazirligining Iqtisodiy qonunchilik boshqarmasida katta maslahatchi lavozimidan boshlagan.

Shu kunga qadar adliya va sud organlari tizimida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida turli mas'ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Adliya vazirligi jamoasi Mirjon Zamirovich Isayevni mazkur tayinlov bilan qutlaydi. Kelgusi ishlarida rivoj va muvaffaqiyat tilaydi!

🌐 На русском

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmati va ijtimoiy innovatsiyalar bo‘yicha davlat agentligi raisi bilan uchrashdi

👉
Batafsil

🌐 На русском

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Ozarbayjon Respublikasi delegatsiyasi davlat xizmatlari markazlari faoliyati bilan tanishdi

Ayni vaqtda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmati va ijtimoiy innovatsiyalar boʻyicha davlat agentligi raisi Ulvi Mehdiyev boshchiligidagi delegatsiyasi Oʻzbekistonda ishchi tashrif bilan boʻlib turibdi.

Tashrif doirasida delegatsiya Chilonzor tumani davlat xizmatlari markazi faoliyati hamda fuqarolarga yaratilgan shart-sharoit va qulayliklar bilan tanishdilar.

Xususan, fuqarolarga davlat xizmat ko‘rsatish vaqtini qisqartirish va optimallashtirish maqsadida Markazlardagi elektron navbat uskunalarida (Q-matic) xizmatlardan foydalanishda toifalarga ajratgan holda navbat olish imkoniyati va “Navbatsiz xizmat maskanlari” shular jumlasidandir.

Tanishish davomida, elektron hujjat almashinuvining yoʻlga qoʻyilishi natijasida qogʻoz va vaqt sarfining kamayishiga erishilganligi, FHDY organlari va notarius tizimlari faoliyatining raqamlashtirilishi, kompazit va proaktiv davlat xizmatlari yaratilishi natijasida aholiga yaratilayotgan qulayliklar haqida aytib o'tildi.

Shu bilan birga, tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatiga olish tizimining takomillashtirilishi hamda “Litsenziya” axborot tizimida yaratilayotgan litsenziya, ruxsatnoma va xabardor qilish tartibidagi davlat xizmatlari natijasida tadbirkorlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, xorijiy fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga xorijiy konsulliklar orqali koʻrsatilayotgan xizmatlar, axborot xavfsizligi sohasida olib borilayotgan faoliyat hamda xalqaro hamkorlik yuzasidan batafsil maʼluot berildi.

Samarali muloqot so'ngida tomonlar aholiga davlat xizmatlari koʼrsatish tizimini isloh qilish, xizmat koʼrsatish sohasini rivojlantirish, koʼrsatilayotgan xizmatlar tarkibini, eng avvalo, ularning zamonaviy yuqori texnologik turlari hisobiga takomillashtirish va ushbu sohada hamkorlikni yo‘lga quyish bo‘yicha kelishib oldilar.

@adliyangiliklari