ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.2K photos
2.8K videos
39 files
9.63K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Bugun adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh Samarqand viloyatiga yetib keldi.

Ishchi guruh bir necha kun davomida viloyatdagi adliya organlari faoliyatini o‘rganadi.

Masʼullar dastlab Samarqand shahar adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazida bo‘ldi. Xususan, bu yerda jismoniy va yuridik shaxslar uchun yaratilgan qulayliklar, shart-sharoitlar, ularning davlat xizmatlaridan yana-da qulay, oson va tez foydalanishlariga zamin yaratuvchi mavjud imkoniyatlarni, muammo va kamchiliklarni o‘rgandi. Xizmat ko‘rsatish jarayoni, uning sifatini ko‘zdan kechirdi. Jumladan, fuqarolar, xodimlar bilan muloqotda bo‘lib, ham xizmat ko‘rsatuvchilarni, ham xizmatdan foydalanuvchilarni fikr-mulohazalariga quloq tutdi.

Shu o‘rinda taʼkidlash kerakki, hozirgi paytda Samarqand shahar davlat xizmatlari markazida xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish, ID-karta berish, milliy namunadagi eski haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish xizmatlaridan viloyatimiz ahli va fuqarolar foydalanib kelishmoqda. Asosiysi, xizmatlar “oson”, “o‘rta” hamda “murakkab” toifalar orqali taqdim qilinmoqda.

Birgina joriy yilning o‘tgan davrida markaz tomonidan 203 mingdan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatilgan. Mazkur xizmatlardan aholi yuqorida qayd etganimizdek, uch qadam tizimi orqali foydalanmoqda.

Shundan:
▫️
Xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish bo‘yicha — 8 574;
▫️
ID-karta berish bo‘yicha — 7 783;
▫️
Milliy namunadagi eski haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish bo‘yicha — 7 400 dan ziyod xizmatlar ko‘rsatilgan.

Ishchi guruhning o‘rganish ishlari barcha tuman (shahar) larda davom etmoqda.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodaydjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik daydjesti.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Kunning ikkinchi yarimida, adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh Samarqand shahridagi FHDY bo‘limlari va viloyat FHDY arxivida bo‘lib, ularning ish faoliyati o‘rgandi.

Ishchi guruh FHDYlarda ishni to‘g‘ri tashkil qilinganligi, hujjatlarni yuritish, fuqarolarga qonunchilik talablari asosida to‘g‘ri va shaffof xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilganligi, xodimlarning bilim malakasi, sohadagi islohotlardan, ayniqsa, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlardan boxabarligini o‘rgandi. Bu borada aniqlangan xato va kamchiliklar, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq taklif va vazifalar berdi.

Shuningdek, sohani yana-da takomillashtirish, xizmat ko‘rsatish sifatini yangi bosqichga olib chiqish borasida xodimlar va fuqarolarning takliflari, fikrlarini tingladi.

Taʼkidlash kerakki, Samarqand shahrida fuqarolik holati bilan bog‘liq xizmatlarga bo‘lgan talab yuqori. Bugungi kunda 5 ta FHDY bo‘limi ana shu taklif va talablardan kelib chiqib, xalq xizmatida.

Maʼlumot uchun: Ishchi guruh ertaga Samarqand viloyatining Bulung‘ur, Jomboy, Toyloqva Urgut tumanlarida o‘z ishini davom ettiradi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Akbar Toshqulov: masofadan amalga oshiriladigan notarial harakatlar doirasini kengaytirish maqsad qilingan

👉
Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh kunni Toyloq va Urgut tumanlari adliya bo‘limlari faoliyatini o‘rganishdan boshladi.

Ishchi guruh dastavval Toyloq tumani adliya bo‘limlari faoliyatini o‘rganish davomida, xodimlarning davlat xizmatlarini belgilangan talablar bo‘yicha ko‘rsatishi, fuqarolar uchun yaratilgan mavjud imkoniyatlar va aholi duch kelayotgan muammolar o‘rganildi.

Aniqlangan har bir masala, muammo va kamchilik yuzasidan aniq takliflar, ularni bartaraf etish bo‘yicha topshiriq va vazifalarni belgilab berdi.

Ma’lumot uchun: Toyloq hududi jihatidan Samarqand viloyatidagi eng kichik tumanlardan biri bo‘lsa-da, aholi soni bo‘yicha oldingi o‘rinlardan birida turadi. Ayni paytda tumanda 28 millatga mansub 205 mingdan ko‘proq aholi istiqomat qiladi. O‘zbeklar bilan bir qatorda tojik, rus, koreys, tatar, turk va boshqa millatga mansub aholi ahil-inoq, bir maqsad yo‘lida farovon yashamoqda. Eng muhimi, ularni adliya idoralariga davlat xizmatlari yuzasidan talabi yuqori.

Ishchi guruhning navbatdagi manzili Urgut tumani bo‘ldi. Bugungi kunda tumanda 551 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. Ularning davlat xizmatlariga bo‘lgan talablaridan kelib chiqib tuman markazida barcha qulayliklarga ega davlat xizmatlari markazi xizmat ko‘rsatadi.

Tashrif davomida ana shu imkoniyatlar ko‘lami va ularning sifatini ko‘zdan kechirdi. Tizim xodimlari bilan bilan muloqotda bo‘lib, ularni qiynayotgan, qiziqtirgan masalalarni o‘rgandi. Shu asnoda bu yerga tashrif buyurayotgan fuqarolar bilan ham muloqotda bo‘ldi.

O‘rganish ishlari faqat shu bilan chegaralangani yo‘q. Asosiy eʼtibor, ko‘rsatilayotgan xizmatlarni sifat jihatidan yana-da yaxshilash, fuqarolarga xushmuomalada bo‘lish, o‘z ustida ishlash, bilim va malakalarini oshirish zarurligi taʼkidlandi. Bu masalada barcha zarur imkoniyatlarni ishga solish, mavjudlarini takomillashtirish yuzasidan o‘z vazifalarni o‘rtaga tashladi.

@adliyangiliklari