ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.2K photos
2.8K videos
39 files
9.62K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh o‘rganish ishlarini Navoiy viloyatining yana bir olis hududlaridan biri bo'lgan Gʻozgʻon shahar adliya bo‘limlari faoliyati misolida davom ettirdi.

G‘azg‘on shahri Navoiy viloyatining eng yosh hududlaridan biri. Kengliklar bag‘rida qad ko‘targan adliya bo‘limi davlat xizmatlari yangi binosining hamfoydalanishga topshirilganligiga ko‘p bo‘lgani yo‘q. Ishchi guruh tomonidan binoda yaratilgan sharoitlar, davlat xizmatlari ko‘rsatishdagi qulayliklar bilan yaqindan tanishib chiqildi. Bu yerda aholi asosan,elektron imzo va ijtimoiy ma'lumotlar olish bo‘yicha davlat xizmatlaridan foydalaniladi. Joriy yilning shu davriga qadar fuqarolarga 4 000 ta davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Shu bilan birga, ishchi guruh vakillari Gʻozgʻon shahar hokimi, sektor rahbarlari ishtirokida mahalliy aholining huquqiy ongini oshirish, murojaatlariga huquqiy yechim topish va davlat xizmatlaridan foydalanish borasidagi fkirlarini yaqindan o'rgandilar.

Muloqot jarayonida FHDY arxivi hujjatlari saqlanish holati, turkumlanishi, yuridik xizmat ko'rsatish sohasi, adliya bo'limlarida fuqaro murojaatlari bilan ishlash tizimi yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
4️⃣4️⃣4️⃣

Hurmatli tadbirkorlar!
Agar siz:
⏩o‘z biznesingizda foydalanayotgan yoki foydalanmoqchi bo‘lgan intellektual mulk haqida ma’lumotga ega bo‘lishni;.
⏩intellektual mulk sizning biznes imkoniyatlaringizni oshirishga qanday yordam berishi mumkinligini;
⏩o‘z biznesingiz qanday istiqbolli intellektual mulk aktivlariga ega ekanligini;.
⏩intellektual mulk aktivlarini qanday himoya qilish va biznesingizga qo'shimcha qiymat berish uchun qanday boshqarish mumkinligini o'rganishni istansangiz,
WIPO Diagnostics ayni siz uchun kerak vositadir!

Butunjahon Intellektual Mulk Tashkiloti (BIMT) tomonidan kichik va o‘rta biznes vakillarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida hamda intellektual mulk obyektlaridan kelib chiqqan huquqlardan to‘liq va to‘g‘ri foydalanishni targ‘ib qilish maqsadida “WIPO IP Diagnostics” platformasi yaratilgan.

WIPO IP Diagnostics dasturiy taʼminotga asoslangan vosita boʻlib, unga kompyuter yoki internetga ulangan mobil telefoni boʻlgan istalgan shaxs kirishi mumkin. Tizim foydalanuvchiga bir qator savollarni qoʻyadi, foydalanuvchi esa oʻz biznesidan kelib chiqqan holda ushbu savollarga javob beradi. Mavzular va savollar intellektual mulk ta'sir qilishi mumkin boʻlgan barcha asosiy biznes sohalarini qamrab oladi.

🌐WIPO Diagnostics platformasidan foydalanish uchun quyidagi havoladan foydalaning:👇
https://www.wipo.int/ipdiagnostics-assessment/global/en

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ip-diagnostics-O'zbek tilida.pdf
903.6 KB
🧠💡📚

WIPO IP Diagnostics

Ushbu qoʻllanma orqali barcha savollarga javob olishingiz mumkin.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Vaziri oʻrinbosari Sh.Rabiyev boshchiligidagi ishchi guruh X.Sulaymonova nomidagi respublika sud ekspertizasi markazining Namangan viloyat bo‘limida bo‘ldi.

Jumladan, tashrif davomida sud ekspertizasini rivojlantirish istiqbollari, sud ekspertizasining tematik tadqiqotlari, sud ekspertizasida transmilliy almashinuv tizimlari – huquq va maxfiylik sohasidagi so‘nggi tajriba va mavjud muammolar yuzasidan fikr-mulohazalar tinglandi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari Alisher Karimov Boyovut tuman adliya bo‘limi faoliyati bilan tanishdi

Adliya vaziri o‘rinbosari Alisher Karimov boshchiligidagi ishchi guruhning Sirdaryo viloyatidagi o‘rganishlari davom etmoqda.

Navbatdagi uchrashuv Boyovut tuman adliya bo‘limi xodimlari ishtirokida tashkil qilindi.

Muloqotda kasb etikasiga rioya qilish, jamoaviy birdamlik ruhini ko‘tarish, aholi murojaatlari bilan ishlashda qonuniylikni ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, ularga huquqiy axborotni yetkazish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Shundan so‘ng adliya bo‘limi binosida xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy-texnik baza, mavjud qulayliklar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, A.Karimov davlat xizmatlari markazi, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, FHDY organi faoliyati bilan ham yaqindan tanishishdi. Jarayonda xodimlarning sohada kuzatilayotgan muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan taklif va mulohazalari tinglanib, aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha zarur tavsiya va ko‘rsatmlar berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasida adliya vaziri o'rinbosari Muzraf Ikramov raisligida hay'at majlisi o'tkazildi

Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan joriy yilning 17—28-sentabr kunlari Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi hamda uning tuzilmalari faoliyati kompleks o'rganildi. O'rganish natijalari yuzasidan aniqlangan kamchiliklar va ijobiy amaliyotlar yuzasidan yig'ilish o'tkazildi.

Tanqidiy ruhda o'tgan yig'ilishda yo‘l qo‘yilgan sustkashliklarga barham berish hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari Alisher Karimov boshchiligidagi ishchi guruh Shirin shahar adliya bo‘limi faoliyati bilan tanishdi.

Mas’ullar xodimlar bilan suhbatlashib, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, ularga huquqiy axborotni yetkazish hamda huquqiy xizmat koʻrsatishda adliya boʻlimining faoliyatini yanada kuchaytirish masalalariga to'xtalib o'tishdi.

Shundan so‘ng sohani yanada takomillashtirish, huquqni qo‘llash amaliyotida duch kelinayotgan muammolar tahlil qilindi hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab berildi.

Tashrif davomida adliya bo‘limi, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, davlat xizmatlari markazi, FHDY organida aholiga xizmat ko‘rsatish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy-texnik baza, mavjud imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.

@adliyangiliklari