ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.2K photos
2.8K videos
39 files
9.64K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari tomonidan tabdirkorlar muammolari joyiga chiqqan holda o‘rganildi

👉
Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Surxondaryo viloyatining Denov, Uzun, Sariosiyo tumanlari adliya bo‘limlari faoliyati o‘rganildi

Bugun adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi va Oltinsoy tumani adliya bo‘limlari faoliyati o‘rganilganligi haqida xabar bergandik.

Kunning ikkinchi yarimida ishchi guruh viloyatning Denov, Uzun, Sariosiyo tumanlari adliya bo‘limi, davlat xizmatlari markazlari, FHDY organi hamda yuridik xizmat ko‘rsatish markazida bo‘lib, bu yerda jismoniy va yuridik shaxslarning davlat xizmatlaridan yanada qulay, oson foydalanishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar ko‘lami bilan tanishdi.

O'rganishlar davomida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini aniqlash va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bilan bir qatorda, tizim masʼullari faoliyatini jadallashtirish, fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash, xodimlarning fuqarolar bilan muloqot qilish ko‘nikmalarni oshirish kerakligi ta'kidlandi.

Ishchi guruh tumanlarning Davlat xizmatlari markazida fuqarolarga yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirish bilan bir qatorda DXMga tashrif buyurgan fuqarolar bilan ham muloqot tashkil etildi. Muloqot davomida aholining davlat xizmatlarini olishda duch kelayotgan muammolar bo'yicha murojaatlari tinglandi va ayrim masalalar yuzasidan joyida huquqiy tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, o‘rganib chiqish muddat talab etadigan murojaatlar ish yurituvga qaratilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Buxoro viloyatida Intellektual mulkni rivojlantirishga qaratilgan sayyor uchrashuv o‘tkazildi


👉Batafsil

🌐На русском

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Yangiliklar 24 | O‘zbekiston va Malayziya: hamkorlik sohalari kengaymoqda

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Qiziltepaliklarning murojaatlari tinglandi

Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida adliya boshqarmasi va ichki ishlar boshqarmasi boshliqlarining sayyor qabuli tashkil etildi. "Mustaqillik" mahallasi binosida o'tkazilgan qabul mobaynida 30 nafarga yaqin fuqaro murojaatlariga yakka tartibda yechim topdilar.

Sayyor qabul jarayonida uy-joyiga kadastr kitobi shakllantirish, ta’lim, tadbirkorlikka kredit olish, meros masalasi, yo‘llar ta’miri, ishga joylashish kabi murojaatlari yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi. Kelib tushgan murojaatlarning aksariyati joyida hal qilinib, ayrimlari tegishliligiga ko‘ra yo‘naltirildi. Оʻrganish talab etiladigan 10 tadan ortiq murojaat ish yurituvga qabul qilindi. Мoddiy yordam olish, aliment undirish, imtiyozli kredit olish hamda boshqa masalalar bo‘yicha murojaatlariga joyda huquqiy maslahatlar berildi.

Bundan tashqari, qabul mobaynida mobil ofis orqali aholiga sayyor tartibda FHDY, notarius va davlat xizmatlari ham ko‘rsatildi. Sayyor xizmat jarayonida arxiv hujjatlariga murojaat tashlandi, yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi, uy-joyiga kadastr kitobi shakllantirildi, fuqarolarning 11 turdagi murojaatiga davlat xizmati ko‘rsatildi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_murojaat

Adliya vazirligida jismoniy va yuridik shaxsning vakillarini qabul qilish: jarayonlar va tartiblar

@adliyangiliklari