ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.2K photos
2.81K videos
39 files
9.64K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o'rinbosari Sh. Rabiyev, "G'ofur G'ulom" mahallasiga tashrif  buyurib, mahalla raislari,  hokim yordamchilari,  xotin-qizlar faoli,  yoshlar yetakchilari, profilaktika inspektorlaridan iborat mahalla  "beshligi" bilan uchrashdi.

"Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda mahalla beshligi faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolar hamda mahalla faoliyatiga oid qonun hujjatlari mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Shu bilan birga advice.uz huquqiy portalining  imkoniyatlari tanishtirildi, onlaynmahalla.uz platformasi bo'yicha mavjud muammolar yuzasidan atroflicha tushunchalar berib o'tildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari Piskent tuman adliya bo‘limi faoliyati bilan tanishdi

Joriy yilning 19-sentabr kuni adliya vaziri o‘rinbosari Alisher Karimov tomonidan Toshkent viloyati Piskent tuman adliya bo‘limi faoliyati o‘rganildi. O‘rganish davomida adliya bo‘limi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazilib, xodimlar tomonidan bildirilgan ish faoliyatini tashkil qilish bilan bog‘liq muammo va takliflar eshitildi hamda ularni bartaraf qilish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

Shuningdek, adliya bo‘limi tomonidan joylarda huquqni qo‘llash amaliyotida yuzaga kelayotgan bo‘shliqlar va ziddiyatlarning oldini olish maqsadida qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqishga alohida eʼtibor qaratish kerakligi qayd etildi.

Bundan tashqari, A.Karimov tuman davlat xizmatlari markazi hamda Yuridik xizmat ko‘rsatish markazida jismoniy va yuridik shaxslarning davlat xizmatlaridan qulay va tezkor foydalanishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar bilan tanishdi. Davlat xizmatlardan foydalanish uchun tashrif buyurgan fuqarolar bilan muloqot o‘tkazilib, aniqlangan muammolar hamda aholi tomonidan berilgan takliflar bo‘yicha adliya bo‘limi mas‘ullariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari Surxondaryo viloyatida adliya bo‘limlari faoliyati bilan tanishmoqda

Joriy yilning 19-sentabr kuni adliya vaziri o‘rinbosari Xudoyor Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on, Bandixon, Qumqo'rg'on va Qiziriq tumanlari adliya bo‘limi, davlat xizmatlari markazi, FHDY bo‘limlari faoliyati o‘rganilib, sohada kuzatilayotgan mavjud muammolar atroflicha tahlil qilindi.

O’rganish davomida tizim xodimlari bilan muloqot tashkil etildi hamda ularning ish vaqtidan unumli foydalanish, tashrif buyuruvchi murojaatchilarga xizmat ko‘rsatishda belgilangan odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etish, xushmuomalalik va tezkorlikka alohida ahamiyat qaratish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Xususan, keng jamoatchilikka huquqiy axborotni yetkazish, aholini qiynab kelayotgan huquqiy muammolar yechimlari bo‘yicha manzilli va predmetli huquqiy targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirish hamda ushbu yo‘nalishda mahallalar bilan bevosita hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Shu o‘rinda, tumanning “Minor” mahallasida sayyor qabul tashkil etilib, qabul davomida fuqarolardan kelib tushgan sog‘lig‘ini tiklash uchun order olish, uy-joy uchun kadastr hujjatini rasmiylashtirish, sanatoriyaga yo‘llanma olish, ichimlik suvi ta’minotiga oid murojaatlar tinglandi, fuqarolarning turli sohalarga oid ayrim murojaatlariga joyida huquqiy tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, o‘rganib chiqish muddat talab etadigan murojaatlar ish yurituvga qaratilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari Qashqadaryo viloyatidagi xizmat safari davomida viloyatdagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining hududiy bo‘limida bo‘ldi

Adliya vaziri o‘rinbosari Sh. Rabiyev Markazning Qashqadaryo viloyat bo‘limi binosiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida bo‘limdagi mavjud muammolar o‘rganildi hamda bo‘limdagi mavjud imkoniyatlar, sud ekspertiza tadqiqotlarini o‘tkazishda uskuna va jihozlar bilan ta’minlanganlik holatlari bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, bo’limda “E-ekspertiza” yagona elektron axborot tizimi orqali ma’lumotlar almashinuvi bo‘yicha taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ushbu tizim bugungi kunda jismoniy va yuridik shaxslarga, shuningdek ekspertiza tadqiqotlarini o‘tkazishni tayinlovchi organlarga qulayliklar yaratishi ta’kidlandi.

Markazning Qashqadaryo viloyat bo‘limi faoliyati bilan tanishish davomida, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, jismoniy va yuridik shaxslar hamda advokatlarga sud ekspertiza tadqiqotlarini o‘tkazishda qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, yangi ekspertiza turlarini joriy qilish va zamon talablariga mos bo‘lgan uskuna va jihozlar bilan ta’minlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

@adliyangiliklari
#Muhim

📢📢 Azizlar, sizning fikringiz biz uchun muhim!

❗️Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasini yanada takomillashtirish maqsadida navbatdagi onlayn so‘rov o‘tkazilmoqda.

Barchani so‘rovnomada faol ishtirok etib, davlat xizmatlari sohasini yanada yaxshilashga o‘z hissasini qo‘shishga chorlaymiz.

👉SO‘ROVDAN O‘TISH

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi tomonidan qonun loyihalarini tayyorlash bo‘yicha seminar o‘tkazildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari