#Аdliya_xabari
Vazir o‘rinbosari Qarshi shahridagi kichik sanoat zonasida bo‘ldi
Joriy yilning 18-sentyabr kuni adliya vaziri oʻrinbosari Sh.Rabiyev Qarshi shaharda joylashgan “Buyuk Turon” MFYda tashkil etilgan kichik sanoat zonasida boʻlib, u yerda faoliyat koʻrsatib kelayotgan tadbirkorlik faoliyati subyektlari bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuv davomida tadbirkorlik subyektlari vakillariga kichik sanoat zonasi faoliyatiga oid qonun hujjatlari mazmun – mohiyati tushuntirilib tadbirkorlik faoliyati subyektlarining qiziqtirgan savollariga javoblar berildi va ularning faoliyatida vujudga kelayotgan muammolar va qaonunchilikdagi yangiliklar to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.
@adliyangiliklari

#Adliya_xabari
Adliya vaziri o‘rinbosari O‘rtachirchiq tuman adliya bo‘limi faoliyati bilan tanishdi
👉Batafsil

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodaydjest
📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik daydjesti.
@adliyangiliklari
📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik daydjesti.
@adliyangiliklari
#Adliya_xabari
Vazir o'rinbosari tizim xodimlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi
Bugun, 18-sentabr kuni adliya vaziri o‘rinbosari Sherzod Rabiyev Qarshi shahri adliya bo‘limi faoliyati bilan tanishdi.
Sh.Rabiyev tomonidan adliya organlarining asosiy vazifasi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, aholining huquqiy madaniyatini oshirishda mahallalardagi faollar imkoniyatidan foydalanish, mahalladagi beshlik bilan bevosita hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, aholining huquqiy ongini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlab o‘tildi.
Shuningdek, yuridik xizmat ko’rsatish markaz faoliyati bilan tanishib, ulardagi yutuq va kamchiliklar tahlil qilindi. “E- huquqshunos” bilan ishlashdagi afzalliklar, yuridik xizmat ko’rsatilayotgan tashkilotlar bilan hamkorlik muhokama etildi.
Shu kuni Qarshi shahridagi davlat xizmatlari markazida bo‘lib, bu yerda fuqarolarga yaratilgan shart-sharoitlar, ko’rsatiladigan davlat xizmatlarini qulay va osonligi, o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish burchaklari faoliyati ko‘zdan kechirildi.

Samarqandda nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan tayyorlangan mahsulotlarning V Respublika savdo yarmarkasi o‘tkaziladi
Ushbu tadbir Adliya vazirligi tomonidan 2018-yildan buyon O‘zbekiston nogironlar jamiyati bilan hamkorlikda amalga oshirib kelinayotgan “Biz birgamiz” ijtimoiy loyihasi doirasida tashkil etilmoqda.
⏰ Vaqti va sanasi: 23—24-sentabr kunlari, 09.00 dan 17.00 gacha.
📍 Manzil: Samarqand shahri, Islom Karimov ko‘chasi, Mo‘ljal: Registon maydoni yonida. (Sobiq "Yo‘lbarslar xiyoboni")
Yarmarkada mamlakatimizning barcha viloyatlaridan kelgan o‘zgalar parvarishiga muhtoj va turmushda qiynalayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslar tayyorlagan mahsulotlar sotuvga qo‘yiladi. Bu nogiron va og‘ir xastalikka chalingan bolalarning qo‘l bilan yaratgan dunyolari, rasmlari, buyumlari, umidlari va orzulari. Ularni sotib olib, bolalarga lahzalik quvonch, ota-onalarga dori-darmonga yordam, yurakka ozgina taskin berish imkoningiz bor.
Shuningdek, san'atkorlar ishtirokida ko‘ngilochar tadbirlar kutmoqda.

Adliya vaziri o'rinbosari Sh. Rabiyev, "G'ofur G'ulom" mahallasiga tashrif buyurib, mahalla raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchilari, profilaktika inspektorlaridan iborat mahalla "beshligi" bilan uchrashdi.
"Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda mahalla beshligi faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolar hamda mahalla faoliyatiga oid qonun hujjatlari mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Shu bilan birga advice.uz huquqiy portalining imkoniyatlari tanishtirildi, onlaynmahalla.uz platformasi bo'yicha mavjud muammolar yuzasidan atroflicha tushunchalar berib o'tildi.

Adliya vaziri o‘rinbosari Piskent tuman adliya bo‘limi faoliyati bilan tanishdi
Joriy yilning 19-sentabr kuni adliya vaziri o‘rinbosari Alisher Karimov tomonidan Toshkent viloyati Piskent tuman adliya bo‘limi faoliyati o‘rganildi. O‘rganish davomida adliya bo‘limi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazilib, xodimlar tomonidan bildirilgan ish faoliyatini tashkil qilish bilan bog‘liq muammo va takliflar eshitildi hamda ularni bartaraf qilish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.
Shuningdek, adliya bo‘limi tomonidan joylarda huquqni qo‘llash amaliyotida yuzaga kelayotgan bo‘shliqlar va ziddiyatlarning oldini olish maqsadida qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqishga alohida eʼtibor qaratish kerakligi qayd etildi.
Bundan tashqari, A.Karimov tuman davlat xizmatlari markazi hamda Yuridik xizmat ko‘rsatish markazida jismoniy va yuridik shaxslarning davlat xizmatlaridan qulay va tezkor foydalanishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar bilan tanishdi. Davlat xizmatlardan foydalanish uchun tashrif buyurgan fuqarolar bilan muloqot o‘tkazilib, aniqlangan muammolar hamda aholi tomonidan berilgan takliflar bo‘yicha adliya bo‘limi mas‘ullariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.