ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.2K photos
2.81K videos
39 files
9.65K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_aralashgach

Tadbirkorning muammosi adliya aralashuvi bilan hal bo’ldi

Pop tumani adliya boʻlimi tomonidan “GLOBFL FINANCT-HOLDING” MChJ rahbarining “Qamchiqavtoyoʻl” IYFUK tomonidan toʻlovlar oʻz vaqtida toʻlanmaganligidan norozi boʻlib qilgan murojaati oʻrganib chiqilganda quyidagilar aniqlandi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Jizzax viloyatining Zomin tumani adliya bo‘limi faoliyati o‘rganildi

Ayni kunlarda adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh Adliya vazirligining eng quyi tizimlari faoliyatini o‘rganishmoqda. 

Jumladan, bugun adliya vaziri o‘rinbosari Xudoyor Meliyev tomonidan Jizzax viloyatining Zomin tumani adliya bo‘limi, davlat xizmatlari markazlari, FHDY organi hamda, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi faoliyati o‘rganildi.

Shu o'rinda, Zomin tumani davlat xizmatlari markazida bo‘lib, bu yerda fuqarolarga davlat xizmatlaridan yanada qulay, oson foydalanishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va boshqa qulayliklar ko‘zdan kechirildi.

X.Meliyev tomonidan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini aniqlash va mavjud kamchiliklarni bartaraf etishdan tashqari, tizim masʼullari faoliyatini jadallashtirish, fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash, xodimlarning fuqarolar bilan muloqot qilish ko‘nikmalarni oshirish kerakligi takitlandi.

@adliyangiliklari
#Muhim

O‘Zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka qabul e’lon qiladi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Forwarded from Huquqiy Gap
⚡️“Uy-joy nizolari bilan bog'liq huquqiy masalalar: yangi qurilayotgan uylar misolida” mavzusida audio-podkast tashkil etiladi!

🎙Suhbat spikerlari:

➖O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;
➖Toshkent davlat yuridik universiteti;
➖“Interlex” advokatlik firmasi mutaxassislari.

⏰Ovozli chat 15-sentyabr kuni soat 17:00da @huquqiy_gap kanalida boshlanadi.

📥Savollaringizni izohlarda qoldiring.

Kanalga ulanish👇👇👇
@huquqiy_gap
#Adliya_tabrigi

O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist, adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov bugun, 14-sentyabr kuni 50 yoshni qarshiladi. Adliya vazirligi sodiq va tajribali hamkasblarni doimo qadrlaydi va Muzraf Mubarakxodjayevichni
hayotidagi muhim sana bilan samimiy qutlaydi!

Muzraf Mubarakxodjayevich o‘z mehnat faoliyatini 1995-yilda Adliya vazirligida boshlab, vazirlik va uning tizimida chorak asrdan buyon mehnat qilib, jamoaning jonkuyar va tajribali a'zosiga aylangan.

Muzraf Ikramov qonun ustuvorligini ta'minlash va huquqiy davlatni barpo etish yo‘lidagi jonbozligi hamda bilim-tajribasi bilan bugungi islohotlar davrida mamlakatimiz taraqqiyoti uchun munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

Adliya vazirligi jamoasi Muzraf Mubarakxodjayevichni yubiley bilan tabriklaydi, mustahkam sog‘lik, uzoq va mazmunli umr, xonadoniga fayzu-baraka, oilaviy baxt va mas'uliyatli faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!

Hurmat bilan,
Adliya vazirligi jamoasi

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti Idoralararo ilmiy-uslubiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

👉
Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmati hamda yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari xodimlari uchun “Yangi Mehnat kodeksi normalarini amaliyotda qo‘llash masalalari” mavzusida onlayn seminar o‘tkazildi.

Mazkur seminar Adliya vazirligi mas’ul xodimlari, Yuristlar malakasini oshirish markazi hamda Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchilari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Seminarda yangi Mehnat kodeksi normalarini amaliyotda qo‘llash masalalari, xususan, xodimlar bilan mehnat shartnomasini tuzish va bekor qilish, hamda ularga mehnat ta'tillari berish bilan bog'liq normalarga alohida to‘xtaldi.

Seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan hamda sohada vujudga kelayotgan mehnat nizolari yuzasidan barcha savollariga mehnat huquqi bo‘yicha ekspertlardan batafsil javoblar olishdi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Xalqaro hamkorlik kengaymoqda

Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida Osiyo sud ekspertiza tarmog‘ining (Asian Forensic Science Network - AFSN) 15-yalpi yig‘ilishi
va «Yorug‘lik va qorong‘ulik: texnologiya dalillarga qarshi» mavzusidagi simpoziumida X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi direktori Akram Xalilov boshchiligidagi delegatsiyasi ishtirok etmoqda.

Markaz delegatsiyasi AFSNning yalpi yig‘ilishi va simpoziumining ochilish marosimida ishtirok etdi hamda O‘zbekistonning Malayziyadagi favqulodda va muxtor elchisi Ravshan Usmonov bilan birgalikda AFSN boshqaruv kengashi vitse-prezidenti, Malaziya Fan, texnologiya va innovatsiyalar vazirligi qoshidagi Ximiya departamenti rahbari Xalima binti Abdul Raxim xonim bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda ikki sud ekspertiza muassasalari o‘rtasida hamda AFSN bilan sud ekspertiza sohasida keng qamrovli hamkorlik masalalari muhokama etilib, O‘zbekistonda sud ekspertiza faoliyatida amalga oshirilayotgan islohotlar va erishilgan natijalar yuzasidan axborot uchrashuv ishtirokchilari e’tiboriga yetkazildi.

AFSNning yalpi yig‘ilishi va simpoziumi davom etmoqda.

@adliyangiliklari