ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.2K photos
2.81K videos
39 files
9.65K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi adliya vaziri E.Tursunov Qoraoʻzak tumanidagi “qizil” hududga kiritilgan “Esim” MFYda, Chimboy tumanidagi “Shax Temir” va “Abat makan” MFYlarda, shuningdek Taxtakoʻpir tumanidagi “sariq” hududga kiritilgan “Ata kol” OFYda aholi orasida huquqiy targʻibot tadbirini oʻtkazdi.

Tadbir davomida huquqiy targʻibot va tashviqot sohasindagi muammolar, hududdagi huquqbuzarliklarning kelib chiqish sabablari boʻyicha ochiq suhbat oʻtkazildi.

Shuningdek, ushbu hudud aholisi bilan uyma-uy yurgan holda uchrashib, ularning muammolarini mahalladagi “Beshlik” bilan doimiy ravishda birgalikda hal qilish choralarini koʻrish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Bundan tashqari, jinoyatchilikning kelib chiqish sababalarini oʻrganish va jinoyatchilikning oldini olish, ayniqsa yoshlar orasida jinoyatning salbiy oqibati, va javobgarlik masalasi boʻyicha tushunchalar berib oʻtdi.

@adliyangiliklari
#Adliya_teleloyiha

Ayni vaqtda Adliya vazirligi va "O‘zbekiston" telekanali tomonidan o‘zaro hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan "YURIDIK KLINIKA" ko‘rsatuvi jonli efirda uzatilmoqda.

Mavzu: Ta’lim kreditini olish tartiblari

Mavzu yuzasidan o‘z savollaringizni @yuridiklinikabot Telegram-boti orqali yuborishingiz mumkin.

Savollarga Adliya vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, ''Turon bank''ATB, AT ''Xalq banki'' mas’ul xodimlari javob beradi.

❗️ Jonli efir vaqtida o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob topish imkoniyatiga egasiz.

📹 https://www.youtube.com/embed/9nx_fcv-R4I

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari Sherzod Rabiyev Buxoro viloyatiga bo‘lgan xizmat safari davomida Buxoro viloyati yuridik texnikumida bo‘ldi.

Buxoro viloyati yuridik texnikumida o‘qish jarayonlari, o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy-texnik bazasining ta'minlanganlik darajasi bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida yuridik texnikumdagi dars jarayonlarida o‘quvchilar bilan muloqotda bo‘lib, ularga professional huqushunos bo‘lish uchun yetarli ilm olish va ularga bu borada sharoitlar yaratib berilishini qayd etib o‘tdi.

Yuridik texnikumdagi pedagog-xodimlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Suhbatda vazirlik tomonidan yuridik ta'lim yo‘nalishida ta'limning sifatiga ta'sir etuvchi omilarni yaxshilashga qaratilgan tizimli ishlar olib borilayotganligi, bunda pedagogning o‘z ustida ishlab, ilmiy salohiyatini muntazam oshirib borishi muhim ahamiyatga ega ekanligi tushuntirildi.

Sh. Rabiyev o‘quv muassasasida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati bilan tanishar ekan, yuridik kadrlarni kasbga tayyorlash sifatini yangi bosqichga ko‘tarish borasida alohida to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, texnikumdagi mavjud muammolar yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdi hamda o‘quvchilarni kelgusida kasbga yo‘naltirishga doir qilinishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi tomonidan tizimdagi eng quyi bo‘g‘in hisoblangan tuman (shahar) adliya bo‘limlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida doimiy ravishda tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berib kelinmoqda.

Xususan, joriy yilning 12-sentabr kuni adliya vaziri o‘rinbosari Alisher Karimov tomonidan sohada kuzatilayotgan mavjud muammolar Olmazor tuman adliya bo‘limi faoliyati misolida atroflicha tahlil qilindi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari Buxoro viloyatida tadbirkorlar bilan uchrashdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari Yakkasaroy tumani kichik sanoat zonasidagi tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari