ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.2K photos
2.81K videos
39 files
9.66K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Astana HUB: Adliya vazirligi vakillari davlat xizmatlari koʻrsatish sohasi boʻyicha Koreya tajribasi bilan tanishmoqda

Ayni damda Adliya vazirligi Davlat xizmatlari departamenti boshlig‘i S.Abdullayev Koreya Respublikasining Seul shahrida "Davlat boshqaruvida innovatsiyalarni rivojlantirish va davlat xizmatlarini raqamlashtirish salohiyatini mustahkamlash" loyihasi doirasida tanishuv tashrifida ishtirok etmoqda.

Astana HUB doirasida tashkil etilgan tadbirda Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston va O'zbekistonga mamlakatda raqamli transformatsiya sohasida amalga oshirilayotgan innovatsion amaliyotlar bilan tanishish va Koreya tashkilotlaridan mamlakatning raqamli transformatsiya jarayoni uchun muhim bo'lgan mahsulot va xizmatlarni taqdim etish bo‘yicha tajriba almashish rejalashtirilgan.

Seminar davomida davlat boshqaruvining raqamli platforma modeli, Koreya raqamli hukumatining so'nggi tashabbuslari va ularni amalga oshirish usullari bilan ham tanishiladi.

Ma’lumot uchun: Tanishuv tashrifi tashrifi "Davlat boshqaruvida innovatsiyalarni rivojlantirish va davlat xizmatlarini raqamlashtirish salohiyatini mustahkamlash" loyihasining ajralmas qismi hisoblanadi. Bu Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qozog'istondagi taraqqiyot dasturi, ichki ishlar va xavfsizlik vazirligi va Koreya Respublikasi axborot jamiyati milliy agentligi o'rtasidagi qo'shma loyiha bo'lib, bilimlarni samarali almashish uchun Ostona davlat xizmati markazi platformasi orqali amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodaydjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik daydjesti.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Sportchi-yuristlar “Adliya spartakiadasi”da jam bo‘ldi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Adliya vazirligi jamoasi Ijro nazorati va murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i Zafar Farmanov hamda uning yaqinlariga opasi Gulchexra Farmanovaning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiradi.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_brifing

Joylarga chiqqan holda davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida

AOKAda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva ishtirokida ushbu mavzuda brifing bo‘lib o‘tdi.

@adliyangiliklari
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

✅ Давлат органлари ва ташкилотларининг Телеграмдаги каналлари рўйхати янгиланди.

🔵 Ушбу Телеграм каналларда давлат органлари фоалиятига оид сўнгги янгиликлар, янги ҳужжатлар, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан хабардор бўлиш имконияти мавжуд.

📌 Давлат органларининг расмий каналларининг янгиланган рўйхати билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.
#Biz_kontrafaktga_qarshimiz

Kontrafaktga qarshi targʻibot tadbirlari davom etmoqda

Toshkent shahridagi “Chorsu” bozorida Adliya vazirligi xodimlari tomonidan intellektual mulk sohasidagi huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan navbatdagi targʻibot tadbiri tashkil etildi.

Profilaktika tardbiri davomida sotuvchilarga kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasining salbiy oqibatlari boʻyicha huquqiy ma’lumotlar berildi, kontrafakt mahsulotlar kataloglari topshirilib, undan foydalanish tartibi batafsil tushuntirildi.

👉На русском

@adliyangiliklari
Adliya vazirligi jamoasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi bosh maslahatchisi Bobur Atemov hamda uning yaqinlariga opasi Navbahor Shermatovaning  vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiradi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligining eng quyi tizimlari faoliyati o‘rganilmoqda

Shu kunlarda adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh Adliya vazirligining eng quyi tizimlari faoliyatini o‘rganishmoqda.

Ayni vaqtda vazirlik ishchi guruhi tomonidan Jizzax viloyatidagi adliya bo‘limlari, davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY organlari faoliyati o‘rganilmoqda.

Quyi tizimlar faoliyatini o‘rganish jarayonida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini aniqlash va mavjud kamchiliklarni bartaraf etishdan tashqari, tizim mas'ullari faoliyatini jadallashtirish, fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash, xodimlarning fuqarolar bilan muloqot qilish ko‘nikmalarni oshirish maqsad qilingan.

@adliyangiliklari
ADLIYA YANGILIKLARI
#Adliya_brifing Joylarga chiqqan holda davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida AOKAda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva ishtirokida ushbu mavzuda brifing bo‘lib o‘tdi. @adliyangiliklari
#Bilasizmi

Davlat xizmatlarini joyiga chiqqan holda ko‘rsatish yoki davlat xizmatlaridan foydalanishga ariza yuborish uchun Toshkent shahrida BHMning 50 foizi, viloyat markazlarida BHMning 40 foizi, tuman (shahar)larda BHMning 30 foizi miqdorida bir martalik to‘lov undiriladi.

@adliyangiliklari