#Adliya_xabari
Adliya vazirligining vakillari Toshkent viloyati yuridik texnikumida o‘quvchi va pedagog–xodimlar bilan uchrashdi
Adliya vazirligi Yuridik ta’lim va sud-ekspertiza boshqarmasi boshlig‘i J. Nuritdinov 6-sentabr kuni Toshkent viloyati yuridik texnikumida bo‘lib, o‘quv muassasasidagi o‘qish jarayonlari, yaratilgan shart-sharoitlar masalalarida o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan suhbat olib bordi.
Suhbat jarayonida o‘quvchi va pedagog-xodimlarning texnikum faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan bildirgan taklif va mulohazalari tingladi, mavjud muammolar yuzasidan o‘z tavsiyalarini hamda o‘quvchilarni kelgusida kasbga yo‘naltirishga doir qilinishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
Uchrashuv yakunida yuridik texnikumning akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan 2-bosqichda tahsil olayotgan 5 nafar o‘quvchilarga Adliya vazirligi stipendiyasi guvohnomalari topshirildi.
@adliyangiliklari

Adliya vaziri Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga (ShHT) aʼzo davlatlar adliya vazirlarining majlisi ishtirok etdi
Joriy yilning 5-sentabr kuni Xitoyning Shanxay shahrida Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga (ShHT) aʼzo davlatlar adliya vazirlarining navbatdagi — o‘ninchi majlisi hamda Yuridik xizmatlar bo‘yicha xalqaro forum bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda adliya vaziri A. Tashkulov boshchiligida Oʻzbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etdi.
Tadbirda ShHTga aʼzo davlatlar adliya vazirlari yig‘ilishi tashkil qilinganidan buyon 10 yil davomida erishilgan natijalar va chaqiriqlar muhokama qilindi, shuningdek, keyingi o‘n yillikda adliya sohasida koʻp tomonlama hamkorlikni mustahkamlash vazifalari ko‘rib chiqildi.
Maʼlumot uchun: Oʻzbekiston delegatsiyasi ShHTning mazkur tadbirlarida muntazam ravishda ishtirok etib keladi, xususan, 2022-yilning 9-dekabrida Pokiston Islom Respublikasi Adliya vazirligi raisligida, 2021-yilning 6-avgustida Tojikiston Respublikasi Adliya vazirligi raisligida, 2020-yilning 16-oktyabrida Hindiston huquq va adliya vazirligi raisligida videokonferensaloqa shaklida boʻlib oʻtgan majlisda hamda 2018-yilning 24-avgustida Choʻlpon-Ota shahrida Qirgʻiziston Respublikasi Adliya vazirligi raisligida oʻtkazilgan – oltinchi majlisida, shuningdek ularning doirasida oʻtkazilgan ekspertlar guruhining yigʻilishlarida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi delegatsiyasi ishtirok etgan.
Navbatdagi ShHTga aʼzo davlatlar adliya vazirlarining o‘ninchi majlisida ShHTga aʼzo davlatlar Adliya vazirliklari faoliyatidagi yangi oʻzgarishlar, ShHTga aʼzo davlatlar Adliya vazirliklari o‘rtasida hamkorlik istiqbollari muhoka qilindi. Shuningdek, tadbirda ShHTga aʼzo davlatlar adliya vazirlarining navbatdagi yigʻilishini tashkillashtiruvchi davlat aniqlanib, keyingi tadbirning sanasi belgilandi.
Shuningdek, tadbirda O’zbekiston Respilikasi adliya vaziri A. Tashkulov mamlakatimiz huquq tizimidagi muhum o’zgarishlar haqida ma’ruza bilan chiqish qildi.
Tadbir yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tomonlarning umumiy kelishuvlarini aks ettiruvchi qoʻshma bayonot imzolandi.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mutaxassis_sharhi
Toshkent davlat yuridik universiteti katta o‘qituvchisi Saddam Qodiraliyev sudlarda advokatlarning o‘rni haqida haqida gapirib berdi.

Forwarded from YURIDIK TEXNIKUMLAR
👉 1. Qoraqalpog'iston Respublikasi yuridik texnikumi
👉 2. Andijon viloyati yuridik texnikumi
👉 3. Buxoro viloyati yuridik texnikumi
👉 4. Jizzax viloyati yuridik texnikumi
👉 5. Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi
👉 6. Navoiy viloyati yuridik texnikumi
👉 7. Namangan viloyati yuridik texnikumi
👉 8. Samarqand viloyati yuridik texnikumi
👉 9. Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi
👉 10. Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi
👉 11. Farg'ona viloyati yuridik texnikumi
👉 12. Xorazm viloyati yuridik texnikumi
👉 13. Toshkent viloyati yuridik texnikumi
👉 14. Toshkent shahar yuridik texnikumi
👉 Xorijiy fuqaro va ko'zi ojiz abiturientlar
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
• Telegram | • Instagram | • Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan
Adliya aralashuvi bilan fuqaroning murojaati qanoatlantirildi
Toʻraqoʻrgʻon tuman adliya boʻlimi tomonidan fuqaro M.K.ning Тoʻraqoʻrgʻon tuman hokimining 2021-yil 25-iyundagi qaroridan norozi boʻlgan murojaati oʻrganib chiqilganda quyidagilar aniqlandi.
👉Batafsil

#Adliya_hudud
HUDUDLARDA SAYYOR QABUL VA UYMA-UY MULOQOTLAR DAVOM ETMOQDA
Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Hududlarda sayyor qabul va uyma-uy muloqotlar” oyligi tashkil etilmoqda. Oylik doirasida tuman markazlari, olis qishloqlar, ovul fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qilayotgan fuqarolarning muammolarini joyida o‘rganish, kayfiyati va turmush tarzi bilan yaqindan tanishish maqsadida kompleks tarzda huquqiy targ‘ibot tadbirlari, sayyor qabullar, davra suhbatlari va uyma-uy muloqotlar tashkil etib borilayapti.
Mazkur yo‘nalishdagi tadbirlarning navbatdagisi Xatirchi tumanida bo‘lib o‘tdi.
👉Batafsil
@adlitangiliklari

#Biz_kontrafaktga_qarshimiz
Targ‘ibot tadbirlari – huquqbuzarlikni oldini olishning eng oqilona yo‘lidir!
Kontrafakt mahsulotlar aylanmasiga qarshi kurashish doirasida Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti xodimlari tomonidan Toshkent shahridagi “O‘rikzor” savdo majmuasida navbatdagi profilaktika tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan sotuvchilarga kontrafakt mahsulotlar savdosi bilan shug‘illanish Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga binoan javobgarlikka sabab bo‘lishi haqida tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, targ‘ibot ishlari davomida savdo rastalarning har biriga asl mahsulotni tanlash va sotib olish bo‘yicha tayyorlangan “Kontrafakt mahsulotlar katalogi” tarqatildi.
Darhaqiqat, bu kabi tadbirlar orqali nohalol raqobat oldi olinadi, asl mahsulot ishlab chiqaruvchi tadbirkor huquqlari himoya qilinadi. Ayniqsa iste’molchilarni aldanishiga va soxta, kontrafakt mahsulot xarid qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Vazirlik tomonidan o‘tkazilayotgan kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasiga qarshi targ‘ibot tadbirlari respublikamizning barcha hududlarida davom etmoqda.
👉На русском

Xabaringiz bor, Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga qabul davom etmoqda.
Shu munosabat bilan 7-sentabr kuni Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i J.Nuritdinov tomonidan hududiy yuridik texnikum direktorlari va mas’ul xodimlari bilan ZOOM platformasida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda 2023/2024-o‘quv yilida Yuridik texnikumlarga qabul bo‘yicha abituriyent va ularning ota-onalariga tushuntirish va targ‘ibot masalalarini yanada kuchaytirish to‘g‘risida topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, yuridik texnikumlar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha joriy yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlar muhokama qilindi.

#Adliya_aralashgach
20 nafar IT operator–hamshiralarining 400 milliondan ortiq ustama pullari to‘lab berildi
👉Batafsil
@adliyangiliklari
20 nafar IT operator–hamshiralarining 400 milliondan ortiq ustama pullari to‘lab berildi
👉Batafsil
@adliyangiliklari
#Adliya_xabari
📢📢 O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi tomonidan 2023-yilning 15-sentabr kuni xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihoni o‘tkaziladi.
Malaka imtihoni jarayoni soat 09-00 dan boshlab videotasvirga olinib, Internet tarmog‘ida to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatiladi.
@adliyangiliklari
📢📢 O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi tomonidan 2023-yilning 15-sentabr kuni xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihoni o‘tkaziladi.
Malaka imtihoni jarayoni soat 09-00 dan boshlab videotasvirga olinib, Internet tarmog‘ida to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatiladi.
@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mutaxassis_sharhi
Toshkent davlat yuridik universiteti katta o‘qituvchisi Kamol Mardonov aybsizlik prezumpsiyasi haqida gapirib berdi.