ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.2K photos
2.81K videos
39 files
9.66K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_tabrigi

Aziz yurtdoshlar!

Sizlarni xalqimizning eng ulug‘, eng aziz bayrami – O‘zbekiston davlat mustaqilligining 32 yilligi bilan chin qalbdan muborakbod etamiz.

Bugungi qutlug‘ ayyomda barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va xotirjamlik tilaymiz.

Yurtimizda tinchlik bardavom bo‘lsin, xonadonlarimizdan osoyishtalik, ahillik, fayzu baraka hech qachon arimasin.

Hurmat bilan Adliya vazirligi jamoasi

@adliyangiliklari
#Dolzarb

📍Geogarafik ko‘rsatkichlar mintaqaviy brendlarni rivojlantirishga xizmat qiladi
 
Bugungi kunda O‘zbekiston dunyoga ochilmoqda, turizm salohiyati kengaymoqda va respublikamizning har bir hududining o‘ziga xos tabiati va an’analari mavjud bo‘lib, ularni jahon miqyosida mashxurlikka erishishida albatta hududiy brendlarni rivojlantirish va uni shu hudud bilan bog‘liqligini ko‘rsatishda intellektual mulk obyektlarning bir turi bo‘lgan geografik ko‘rsatkichlarning o‘rni beqiyos hisoblanadi.

Mamlakatimizda geografik ko‘rsatkichlar 2022-yil 3-martda qabul qilingan “Geografik ko‘rsatkichlar to‘g‘risida”gi Qonun bilan tartibga solinadi.

👉Batafsil

👉На русском

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Surxondaryoda yuridik texnikum foydalanishga topshirildi

So‘nggi yillarda mamlakatda o‘quv-pedagogik jarayonga innovatsion ilg‘or va xalqaro ta’lim standartlarini joriy etishga, kadrlar salohiyatini oshirishga hamda ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash alohida e’tibor qaratilmoqda.

Vatanimiz mustaqilligining 32 yillik bayrami arafasida ilm dargohining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

600 o‘ringa mo‘ljallangan mazkur ta’lim maskani davlat-xususiy sheriklik asosida kapital ta’mirlanib, barcha qulayliklarga ega bo‘lgan jihozlar bilan ta’minlandi. Qolaversa, katta va yorug‘ sinf xonalari, IT klubi, “Yuridik klinika” markazi, sud amaliyoti zali, axborot resurs markazi, yigit va qizlar uchun alohida yotoqxonalar yoshlarimizning sifatli ta’lim-tarbiya olishlari uchun sharoit yaratadi.

@adliyangiliklari
#Biz_birgamiz

Bugun yurtimizning 16 shahrida Mustaqillik bayramiga bag‘ishlangan "Yangi Nafas" ommaviy yugurish marafoni o‘tkazilmoqda.

Adliya vazirligining ijtimoiy loyihasi hisoblanadigan “Biz birgamiz!” doirasida nogironligi bo‘lgan shaxslar ommaviy yugurish musobaqalariga jalb qilindi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

✅ Ўзбекистонда амалга оширилаётган маъмурий ислоҳотлар натижасида вазирлик ва идоралар сони оптималлаштирилди, айрим ташкилотлар бир-бирига қўшилди ёки қисқарди. Шунинг учун, биз давлат органлари ва ташкилотларининг Телеграмдаги каналлари рўйхатини янгиладик.

🔵 Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

📌 Давлат органларининг расмий каналларининг янгиланган рўйхати билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.

Telegram | Facebook | Instagram | Медиабанк
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Davlat xizmatlari ko‘rsatishda fuqaro e'tibor markazida tamoyili amal qiladi

Yangilangan Konstitutsiyada mamlakatimizning ijtimoiy davlat ekanligi belgilandi. Ijtimoiy davlat o‘z mohiyatiga ko‘ra, har bir fuqaroning munosib hayot kechirishiga erishishdir.

Bu borada davlat va fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlarda alohida o‘rin tutuvchi davlat xizmatlari sohasi rivojlantirilmoqda. Sohada keyingi paytda muhim o‘zgarishlar yuz berdi

O‘zA muxbiri adliya vazirining o‘rinbosari Xudoyor Meliyev bilan shu haqda suhbatlashdi.

Batafsil 👉 https://uza.uz/posts/516898

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Biz_birgamiz

3-sentabr kuni respublikamizning 16 shahrida Mustaqillik bayramiga bag‘ishlangan "Yangi Nafas" ommaviy yugurish marafoni o‘tkazildi. Adliya vazirligining ijtimoiy loyihasi hisoblanadigan “Biz birgamiz!” doirasida nogironligi bo‘lgan shaxslar ommaviy yugurish musobaqalariga jalb qilindi.

Marafonda ko‘rishda va eshitishda nuqsoni bor hamda boshqa turdagi jismonan imkoniyati cheklangan shaxslar uchun jami uch turdagi nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar taqdirlanadi.

Marafon haqida batafsil 👉 video lavhada

@adliyangiliklari