ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.2K photos
2.82K videos
39 files
9.66K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Urgutlik tadbirkorlar va yoshlar bilan muloqotda bo‘ldi

👉
Batafsil

@adliyangiliklari
#Huquqiy_axborot_minbari

Xotin-qizlar muammolarini hal etish mavzusida audiopodkast o‘tkazildi

👉
Batafsil

📹 Video

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

“Prezident qarorlari — hayotda va nazoratda”

⚡️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-yanvardagi “Namangan viloyatining Kosonsoy, Chortoq va Yangiqoʻrgʻon tumanlarida meva-sabzavotchilik va uzumchilikni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining ijrosi yuzasidan "Maxsus reportaj".

Intervyu: O.Ibrohimov, Namangan viloyat adliya boshqarmasi sho'ba boshlig'i

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

ADLIYA: “Har bir uyga bepul huquqiy maslahat bilan”

Bu huquqiy aksiyaning xalq uchun qanday ahamiyati bor. Birinchidan, fuqaro uydan chiqmaydi, yo‘l ovoragarchiligi yo‘q. Ikkinchidan , barcha huquqiy yordam tekin, maslahat va tavsiyalar uchun aholi mablag‘ sarflanmaydi. Eng muhimi, murojaatlar uchun adliya idorasining o‘zi ma’sul.

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

❓ FHDY organlari yozuvlarni tuzish orqali qanday fuqarolik holatlari dalolatnomalarini qayd etadi?

— FHDY organlari yozuvlarni tuzish orqali quyidagi fuqarolik holatlari dalolatnomalarini qayd etadi:
▫️tug‘ilganlik;
▫️nikoh tuzish;
▫️nikohdan ajralish;
▫️o‘lim.
Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari davlat ahamiyatiga molik hujjatlar hisoblanadi, bir nusxada tuziladi va FHDY organlarida qayd etilgan vaqtdan boshlab 75 yil mobaynida saqlanadi.

Farzandlikka olish, otalikni belgilash, familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish hamda boshqa voqea va faktlar yuqorida sanab o‘tilgan fuqarolik holatlari dalolatnomalarida ularga tegishli o‘zgartirishlar kiritish orqali aks ettiriladi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-son qarori.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_axborot

🧑🏻‍💻Kontrakt uchun foizsiz kredit. Ta’lim krediti bo‘yicha muhim savollarga javob

O'z huquqingizni biling! Shunda qonunlar o'z o'rnida ishlaydi. Keling, Huquqlarimizni birgalikda o'rganamiz.

Ma'lumot manbasi:
@huquqiyaxborot

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Toshkent shahar adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2023-yil 23-avgustdagi 7/2023-sonli bayonnomasiga asosan quyidagi xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarning litsenziyasi vaqtincha to‘xatildi, xususan:

▫️Yashnobod tumanida — D.Usmanova, 3 oy muddatga (1.08.2023-yildan 1.11.2023-yilgacha);
▫️Mirzo Ulug‘bek tumanida — O.Li, 6 oy muddatga (1.08.2023-yildan 1.02.2024-yilgacha);
▫️Chilonzor tumanida —K.Yarmatov, 1 oy muddatga (27.08.2023-yildan 27.09.2023-yilgacha);
▫️Uchtepa tumanida —Sh.Alimov, 15 kun muddatga (25.08.2023-yildan 9.09.2023-yilgacha);
▫️Chilonzor tumanida —X.Musayeva, 1 oy muddatga (1.08.2023-yildan 1.09.2023-yilgacha);
▫️Uchtepa tumanida —N.Mirsaatova, 3 oy muddatga (1.09.2023-yildan 1.12.2023-yilgacha);
▫️Sergeli tumanida —A.Toshboyev, 3 oy muddatga (1.08.2023-yildan 1.11.2023-yilgacha);
▫️Chilonzor tumanida —G‘.Xolbayev, 2 oy muddatga (26.08.2023-yildan 26.10.2023-yilgach).

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

❓ Qanday holatlarda dalolatnoma yozuvlarini qayd etish rad qilinishi mumkin?

— Dalolatnoma yozuvlarini qayd etish quyidagi holatlarda rad qilinishi mumkin:
▫️agar dalolatnoma yozuvini qayd etish qonunchilikka zid bo‘lsa;
▫️agar taqdim etilgan hujjatlar ularga nisbatan tegishli Qoidalarda va boshqa qonun hujjatlarida qo‘yiladigan talablarga muvofiq bo‘lmasa;
▫️agar dalolatnoma yozuvini qayd ettirish uchun murojaat qilgan shaxs bunga huquqli bo‘lmasa yoki sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa.

Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd etish rad qilingan shaxsning talabiga ko‘ra FHDY organi o‘n besh kun muddatda ushbu shaxsga yozma yoki elektron shaklda rad etish sababini ma’lum qilishi lozim.
________________

❓ FHDY organlari tomonidan qanday asosga ko‘ra gerbli guvohnomalar beriladi?

— Fuqarolik holatini qayd etish fuqarolarning huquq va burchlari paydo bo‘lishiga sabab bo‘lib xizmat qiluvchi gerbli guvohnoma berish uchun asos bo‘ladi.

Tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma — bolaning tug‘ilganligini, uning ota-onasi kim ekanligini tasdiqlovchi yagona hujjatdir.
Nikoh qayd etilganligi haqida guvohnoma — nikohdan o‘tgan shaxslarning er-xotinligini tasdiqlovchi va ular o‘rtasida o‘zaro huquq va majburiyatlarning vujudga kelganligini ifodalovchi hujjatdir.

Nikohdan ajralganlik haqida guvohnoma — nikohda bo‘lgan shaxslarning nikohi tugatilganligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
O‘lim to‘g‘risidagi guvohnoma — shaxsning o‘limini va uning huquqiy layoqati tugatilganligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-son qarori.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM