ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.3K photos
2.82K videos
39 files
9.67K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliyadan_javob

❓Savol: Bir vaqtning oʼzida topshirilgan oʼxshash talabnomalarning qaysi biriga nisbatan ustuvorlik belgilanadi?

Javob:
Аgar davlat ekspertizasi jarayonida patent berish haqidagi o‘xshash talabnomalar ayni bitta ustuvorlik sanasiga ega ekanligi aniqlansa, u holda patent oldinroq sana bilan jo‘natilganligi isbotlangan talabnoma bo‘yicha, basharti jo‘natilgan sanalari ham bir xil bo‘lib chiqsa, qaysi birida ro‘yxatga olish kirim raqami oldin qayd etilgan bo‘lsa, shu talabnoma bo‘yicha beriladi.

👉На русском

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Urgutlik tadbirkorlar va yoshlar bilan muloqotda bo‘ldi

👉
Batafsil

@adliyangiliklari
#Huquqiy_axborot_minbari

Xotin-qizlar muammolarini hal etish mavzusida audiopodkast o‘tkazildi

👉
Batafsil

📹 Video

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

“Prezident qarorlari — hayotda va nazoratda”

⚡️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-yanvardagi “Namangan viloyatining Kosonsoy, Chortoq va Yangiqoʻrgʻon tumanlarida meva-sabzavotchilik va uzumchilikni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining ijrosi yuzasidan "Maxsus reportaj".

Intervyu: O.Ibrohimov, Namangan viloyat adliya boshqarmasi sho'ba boshlig'i

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

ADLIYA: “Har bir uyga bepul huquqiy maslahat bilan”

Bu huquqiy aksiyaning xalq uchun qanday ahamiyati bor. Birinchidan, fuqaro uydan chiqmaydi, yo‘l ovoragarchiligi yo‘q. Ikkinchidan , barcha huquqiy yordam tekin, maslahat va tavsiyalar uchun aholi mablag‘ sarflanmaydi. Eng muhimi, murojaatlar uchun adliya idorasining o‘zi ma’sul.

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

❓ FHDY organlari yozuvlarni tuzish orqali qanday fuqarolik holatlari dalolatnomalarini qayd etadi?

— FHDY organlari yozuvlarni tuzish orqali quyidagi fuqarolik holatlari dalolatnomalarini qayd etadi:
▫️tug‘ilganlik;
▫️nikoh tuzish;
▫️nikohdan ajralish;
▫️o‘lim.
Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari davlat ahamiyatiga molik hujjatlar hisoblanadi, bir nusxada tuziladi va FHDY organlarida qayd etilgan vaqtdan boshlab 75 yil mobaynida saqlanadi.

Farzandlikka olish, otalikni belgilash, familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish hamda boshqa voqea va faktlar yuqorida sanab o‘tilgan fuqarolik holatlari dalolatnomalarida ularga tegishli o‘zgartirishlar kiritish orqali aks ettiriladi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-son qarori.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_axborot

🧑🏻‍💻Kontrakt uchun foizsiz kredit. Ta’lim krediti bo‘yicha muhim savollarga javob

O'z huquqingizni biling! Shunda qonunlar o'z o'rnida ishlaydi. Keling, Huquqlarimizni birgalikda o'rganamiz.

Ma'lumot manbasi:
@huquqiyaxborot

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Toshkent shahar adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2023-yil 23-avgustdagi 7/2023-sonli bayonnomasiga asosan quyidagi xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarning litsenziyasi vaqtincha to‘xatildi, xususan:

▫️Yashnobod tumanida — D.Usmanova, 3 oy muddatga (1.08.2023-yildan 1.11.2023-yilgacha);
▫️Mirzo Ulug‘bek tumanida — O.Li, 6 oy muddatga (1.08.2023-yildan 1.02.2024-yilgacha);
▫️Chilonzor tumanida —K.Yarmatov, 1 oy muddatga (27.08.2023-yildan 27.09.2023-yilgacha);
▫️Uchtepa tumanida —Sh.Alimov, 15 kun muddatga (25.08.2023-yildan 9.09.2023-yilgacha);
▫️Chilonzor tumanida —X.Musayeva, 1 oy muddatga (1.08.2023-yildan 1.09.2023-yilgacha);
▫️Uchtepa tumanida —N.Mirsaatova, 3 oy muddatga (1.09.2023-yildan 1.12.2023-yilgacha);
▫️Sergeli tumanida —A.Toshboyev, 3 oy muddatga (1.08.2023-yildan 1.11.2023-yilgacha);
▫️Chilonzor tumanida —G‘.Xolbayev, 2 oy muddatga (26.08.2023-yildan 26.10.2023-yilgach).

@adliyangiliklari