ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.2K photos
2.82K videos
39 files
9.66K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

✅ Ўзбекистонда амалга оширилаётган маъмурий ислоҳотлар натижасида вазирлик ва идоралар сони оптималлаштирилди, айрим ташкилотлар бир-бирига қўшилди ёки қисқарди. Шунинг учун, биз давлат органлари ва ташкилотларининг Телеграмдаги каналлари рўйхатини янгиладик.

🔵 Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

📌 Давлат органларининг расмий каналларининг янгиланган рўйхати билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.

Telegram | Facebook | Instagram | Медиабанк
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Tovar belgisidan huquq egasining ruxsatisiz foydalanganlik uchun ilk marotaba moliyaviy sanksiya qoʻllanildi

Adliya vazirligi tomonidan Quyichirchiq tumanlararo iqtisodiy sudiga javobgar “A” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari, ya’ni 60 million so‘m miqdorida jarima qo‘llash to‘g‘risida da’vo arizasi kiritilgan.

“LOROBEN” so‘z ko‘rinishidagi tovar belgisi “B” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tegishli boʻlib, javobgar “A” MChJ tomonidan ushbu tovar belgisiga fonetik jihatdan o‘xshash bo‘lgan hamda iste’molchini chalg‘itishi mumkin bo‘lgan “LORABEN” so‘z ko‘rinishidagi belgidan foydalanilgan.

Quyichirchiq tumanlararo iqtisodiy sudining hal qiluv qaroriga asosan javobgar “A” MChJga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari miqdorida jarima jazosi qo‘llanildi.

Ma’lumot uchun…

👉На русском

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodaydjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan ikki hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida navbatdagi videodaydjest.

@adliyangiliklari
#Qabul_2023

📣 Abituriyentlar diqqatiga!

📄 Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida 2023/2024 o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt shaklida o‘qitish miqdorlari 6 370 000 so‘m etib belgilandi.

📎Ma'lumot uchun: Yuridik texnikumlarga 2023/2024 o‘quv yili uchun abituriyentlarning hujjatlari 20 avgustgacha (shu kuni ham) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-sayti (my.uzbmb.uz) orqali qabul qilinadi.

@adliyangiliklari
#Diqqat_muhim

📣Jurnalistlar va blogerlar diqqatiga!

16-avgust kuni soat 11:00da Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti binosida matbuot anjumani o‘tkaziladi.

✅Mavzu: “Intellektual mulkni huquqiy muhofaza va himoya qilishda patent vakillarining roli va ularning kelajakdagi istiqbollari”.

👉 Ushbu matbuot anjumaniga OAV vakillarini, mustaqil jurnalist va blogerlarni taklif qilamiz.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#adliya #arxiv #video

📜O‘zbekiston Milliy arxivda saqlanayotgan “Buxoro amiri qo‘shbegisi mahkamasi” deb nomlangan I-126 raqamli arxiv fondi YuNESKO xalqaro tashkilotining “Jahon xotirasi” ro‘yxatiga kiritilgan.

🎥Batafsil videoda

—-
✔️ “O‘zarxiv” agentligining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | OK | Twitter
#Adliya_xabari

“Haqiqat, taraqqiyot va birdamlik” demokratik partiyasi faollari tomonidan qo‘shimcha topshirilgan imzolar uni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yetarli bo‘lmadi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan xalqaro grantlarni amalga oshirishni takomillashtirish bo‘yicha qaror loyihasi soha faollari ishtirokida muhokama qilindi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Huquqiy axborotni yetkazish va mazkur yo‘nalishdagi ishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha onlayn uchrashuv tashkil qilindi

Joriy yilning 16-avgustida Adliya vazirligida jamoatchilikka huquqiy axborotni yetkazish hamda mazkur yo‘nalishdagi ishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha hududiy adliya organlari mas'ullari ishtirokida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda huquqiy axborotni yetkazish hamda davlat organlari va tashkilotlarning mazkur yo‘nalishidagi faoliyatini muvofiqlashtirish borasida yuzaga kelayotgan muammo va kamchiliklar, ularni bartaraf qilish yo‘llari hamda kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.

Shuningdek, tadbirda huquqiy axborotni barcha aholi qatlamlariga, shu jumladan mahallalar orqali yetkazishning yangicha mexanizmlari joriy etilayotganligi qayd etildi.

Jumladan, kelgusida 7 ming davlat organlari va 56 ming davlat xizmatchilariga huquqiy axborot yagona axborot tizimi orqali yetkazilishi va monitoring qilinishi qayd etildi.

Kelgusida fuqarolarning huquqiy muammolarini mahallalar orqali hal qilish, hududlarda huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida mahallalardagi “beshlik” doimiy ravishda huquqiy kurslarda o‘qitilishi ta'kidlandi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Patent vakillari assotsiatsiyasi tuzildi
 
Intellektual mulk rivojining yangi bosqichi sifatida bir qator patent vakillarining tashabbusi bilan joriy yilning 17-iyul kuni Patent vakillari assotsiatsiyasi tashkil qilindi hamda Аdliya vazirligidan nodavlat notijorat tashkilot sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Shunga muvofiq joriy yilning 16-avgust kuni Adliya vazirligi Intellektual mulk departamentida patent vakillari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar ishtirokida rasmiy uchrashuv tashkil etilib, Patent vakillari assotsiatsiyasining guvohnomasi tantanali ravishda topshirildi.

Mazkur assotsiatsiyani tuzishdan asosiy maqsad patent vakillari faoliyatini yanada rivojlantirish, ular o‘rtasida hamkorlik va ma’lumot almashinuvini kengaytirish, bu orqali ularning intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi rolini oshirish hamda sohada mavjud muammolarni o‘rgangan holda ularni ijobiy hal etishdan iboratdir.

Uchrashuvda patent vakillari o‘z taqdimotlari bilan qatnashdilar. Xususan, assotsiatsiya raisi Madina Tursunova “Intellektual mulk obyektlari bozorining rivojlanishi uchun davlat va tadbirkorning hamkorlikdagi samarali mexanizmini yaratishda patent vakillarining o‘rni” mavzusida taqdimot qilib, mazkur birlashmani tashkil etilishining bugungi kundagi ahamiyati, dolzarbligi, o‘z oldiga qo‘ygan vazifalari hamda kutilayotgan natijalar haqida so‘z yuritdi.

Shuningdek, patent vakili Jahongir Sotiboldiyev o‘z ma’ruzasida patent vakillari bilan bog‘liq muammolar, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarga e’tibor qaratib, bir qancha takliflar bilan taqdimot qildi.

👉На русском

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Chortoq tumani FHDY boʻlimi sabab men Tojikistonga bormadim

Tojikiston Respublikasi Leninobod viloyati, Asht rayoni Qirqquduq tumanida tugʻilgan Saodat Rahmonova taqdir taqozosi bilan yoshligida ota-onasi bilan birga Namangan viloyati Chortoq tumaniga koʻchib kelgan va shu yerda maktabda oʻqigan. Ota-onasini eʼtiborsizligi sabab tugʻilganligi haqidagi guvohnomasi yoʻqolib qolganligi bois ancha yillardan buyon fuqarolik pasportini olish imkoni boʻlmayotganini, hozirda uning Tojikistonda hech qanday qarindoshlari yashamasligi va u yerga borib kelishga esa imkoni va sharoiti yoʻqligini maʼlum qilib, tugʻilganlik haqidagi guvohnomasini olib berishda amaliy yordam soʻrab Chortoq tuman FHDY boʻlimiga murojaat qilgan.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

❓ Yerosti suv quduqlarini burg‘ilash uchun ruxsatnoma kimlarga beriladi? Ariza qancha muddatda ko‘rib chiqiladi?

— Yuridik shaxslar yerosti suv quduqlarini burg‘ilash uchun ruxsatnoma olishda davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali ariza yuboradi.
Ariza 5 ish kunida ko‘rib chiqiladi.
___________

❓ Yerosti suv quduqlarini burg‘ilash uchun ruxsatnoma olishda ariza to‘ldirish uchun qanday ma’lumotlar kerak va qaysi turdagi hujjatlar ilova qilinishi lozim?

— Arizada quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
▫️yuridik shaxsning nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), xizmat ko‘rsatuvchi bankning nomi va hisob raqami, telefon raqami;
▫️tegishli mutaxassisning (gidrogeologning) to‘liq ismi-sharifi, diplom seriyasining raqami va sanasi.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
▫️yer osti suvlari uchun quduqlarni burg‘ulash uchun buyurtma beruvchi va ariza beruvchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma yoki shartnomaning elektron nusxasi;
▫️yer osti suv quduqlarini burg'ilash bo‘yicha loyiha hujjatlarining elektron nusxalari;
▫️ariza beruvchining texnik imkoniyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, mavjud uskunalarning texnik pasportlarining elektron nusxalari yoki zarur texnika va uskunalarni ijaraga olish shartnomasining elektron nusxasi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_javob

❓ Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im miqdori qancha?
— Asosiy hisob-kitob summasining 30 foizi.
____________

❓Ruxsatnoma hujjatining amal qilish muddati qancha?
— Burg‘ulash ishlarini bajarish muddati uchun, lekin ikki yildan ortiq emas.
____________

❓Ruxsat etishga oid talab va shartlar nimalardan iborat?
— Ruxsat etishga oid talab va shartlar:
a) gidrogeologik xulosa asosida tayyorlangan er osti suvlari uchun quduqlarni burg‘ulash loyihasi parametrlariga muvofiqligi;
b) suv chiqarish tugallangandan so‘ng quduq suvining kerakli sifat va tarkibga muvofiqligini aniqlash uchun laboratoriya tahlilini o‘tkazish;
v) quduq atrofidagi 1-oyoqning sanitariya-himoya zonasini jihozlash (quduq ichimlik suvi va balneologik maqsadlarda burg‘ilanganda);
d) burg‘ulash ishlari tugaganidan keyin bir oy muddatda quduqning texnik pasportini tayyorlash, texnik pasportni quduqni hisobga olish bo‘yicha vakolatli organga taqdim etish (texnik pasportda yer osti suvlari, quduq loyihasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak); va kesishning geologik-gidrogeologik tavsifi batafsil va to‘liq).

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_javob

❓ YIDXP orqali nafaqa tayinlash uchun ariza berish tartibi qanday?

— “Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan ayrim toifadagi shaxslarga nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq, YIDXP orqali quyidagi nafaqalar tayinlanishi yuzasidan arizalar rasmiylashtiriladi:
a) nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarga nogironlik nafaqasi;
b) parvarishlash nafaqasi;
v) nogironlik nafaqasi;
g) boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi;
d) yoshga doir nafaqa.
“a” va “b” bandlarda nazarda tutilgan nafaqalar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan vakolatli organning axborot tizimiga yuborilgan elektron ma’lumotlar asosida “proaktiv shakl”da tayinlanadi.
“v” — “d” bandlarida nazarda tutilgan nafaqalar Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali murojaat qilish natijasida vakolatli organ axborot tizimi tomonidan inson omilisiz avtomatik tarzda tayinlanadi va xizmat ko‘rsatilganligi uchun to‘lov undirilmaydi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-son qarori.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_javob

❓ Umumta’lim maktablarida bolalarni 1-sinfga qabul qilish bo‘yicha qabul komissiyasi qanday holatlarda bolalarni umumta’lim maktabiga qabul qilishni rad etishi mumkin?

— Qabul komissiyasi quyidagi holatlarda bolalarni umumta’lim maktabiga qabul qilishni rad etishi mumkin:
bolaning tibbiy ma’lumotnomasida umumta’lim maktablarida ta’lim olish tavsiya etilmagan bo‘lsa;
tanlagan tilda bola boshlang‘ich so‘zlashuv ko‘nikmasiga ega bo‘lmasa;
so‘rovnomada keltirilgan ma’lumotlar noto‘g‘riligi aniqlansa;
Boshqa holatlarda bolalarni umumta’lim maktablariga qabul qilishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
__________________

❓ O‘quvchilarni bir umumta’lim maktabi (sinf)dan boshqasiga o‘tkazish qanday hollarda rad etilishi mumkin?

— Quyidagi hollarda o‘qishni ko‘chirish rad etilishi mumkin:
umumta’lim maktabida (qabul qilinadigan sinfda) bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lmagan taqdirda;
so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilganda.
Boshqa holatlarda o‘qishni ko‘chirish rad etilishi mumkin emas.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-son qarori.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM