ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.3K photos
2.82K videos
39 files
9.67K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Davlat xizmatlari markazlarida yana bir qulaylik!

Endilikda davlat xizmatlari markazidagi elektron navbat uskunalarida xizmatlar “oson”, “o‘rta” hamda “murakkab” toifalarga ajratilib, tashrif buyuruvchilarning navbatda turish vaqtini sezilarli darajada qisqartirish imkonini beradi.

Bugungi kunda ushbu qulaylik Chilonzor va Olmazor tumanlarida joriy etildi.

Ushbu qulaylik haqida bizning videolavhamiz orqali batafsil tanishishingiz mumkin.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Yangiyerliklarning muammo va takliflari o‘rganildi

Aholi va tadbirkorlik subyektlari muammolarini o‘rganish hamda huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta'minlash sohasida Sirdaryo viloyatida "Adliya — mahalla — maktab" hamda "Adliya — tadbirkorga ko‘makchi" loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha namunaviy tizimni yaratish bo‘yicha respublika ishchi guruhining viloyat ahli bilan uchrashuvlari davom etmoqda. Navbatdagi manzil Yangiyer shahri.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Yangiyerlik yoshlar bilan erkin formatda muloqot

Ishsiz, kam daromadli, nogironligi bo‘lgan, hayotda o‘z o‘rnini topishga intilayotgan yoshlarga rahbar kadrlar mas'ul sifatida biriktirildi. Respublika ishchi guruhi Yangiyer shahridagi ana shunday e'tibor va g‘amxo‘rlikka muhtoj yoshlar bilan uchrashdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Huquqiy ta’lim sifatini oshirish muhim masala

Respublika ishchi guruhining Sirdaryo viloyatiga tashrifi doirasida ta'lim tizimi xodimlari bilan navbatdagi uchrashuvi Yangiyer shahridagi 1-umumta'lim maktabida o‘tkazildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Samarqand viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 02.08.2023-yildagi 9-son yig‘ilish qaroriga asosan hamda boshqarma boshlig‘ining 02.08.2023-yildagi tegishli buyrug‘i bilan Samarqand shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius R.Nurqosimov (litsenziya SA 0015, 23.04.2020-yil)ga berilgan litsenziyaning amal qilish muddati 2023-yil 3-avgustdan 2 (ikki) oy muddatga to‘xtatildi.

@adliyangiliklari
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

✅ Ўзбекистонда амалга оширилаётган маъмурий ислоҳотлар натижасида вазирлик ва идоралар сони оптималлаштирилди, айрим ташкилотлар бир-бирига қўшилди ёки қисқарди. Шунинг учун, биз давлат органлари ва ташкилотларининг Телеграмдаги каналлари рўйхатини янгиладик.

🔵 Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

📌 Давлат органларининг расмий каналларининг янгиланган рўйхати билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.

Telegram | Facebook | Instagram | Медиабанк
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM