ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.2K photos
2.82K videos
39 files
9.66K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

YOSHLAR BILAN MULOQOT O'TKAZILDI

Xovos tuman aholisining 22 540 nafarini yoshlar tashkil qiladi.
Aholi va tadbirkorlik subyektlari muammolarini o'rganish hamda huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta'minlash sohasida Sirdaryo viloyatida "Adliya-mahalla-maktab" hamda "Adliya tadbirkorga ko'makchi" loyihalarini amalga oshirish bo'yicha namunaviy tizimni yaratish yuzasidan Respublika ishchi guruhi xovoslik yoshlar bilan uchrashib, ularning maqsad va intilishlari, muammo va takliflari bilan yaqindan tanishdi.

Tadbirda dastlab yoshlarning konstitutsion huquq va majburiyatlari, yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari haqida so‘z yuritildi.

Ochiq muloqot davomida tadbirkorlik, bandlik kabi masalalar yuzasidan yigit-qizlarning murojaatlari va muammoli masalalari tinglanib, murojaatlarni ijobiy hal etish uchun mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi hamda ijrosi alohida nazoratga olindi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o'rinbosari Samarqand viloyatida tadbirkorlar bilan uchrashdi

Adliya vaziri o'rinbosari Sherzod Rabiyev Samarqand viloyatida faoliyat olib boruvchi ishlab chiqarish korxonalari vakillari va tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuv o'tkazib ularning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Uchrashuvlar davomida, Samarqand shahrida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarga bugungi kunda ular uchun yaratilgan mavjud imkoniyatlar va imtiyozlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Bundan tashqari, uchrashuvlar mobaynida tadbirkorlik subyektlarining faoliyatida uchrayotgan mavjud muammolar ham o‘rganildi hamda ularni bartaraf qilish yuzasidan hududiy adliya organlariga tegishli topshiriqlar berildi.

@adliyangiliklari
#Qabul

📣 Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan aholi uchun eng dolzarb masalalar yuzasidan qisqa muddatli quyidagi kurslar tashlik etildi👇

👉 “Fermerlar huquqlari”
👉 “Uy-joy sotib olish uchun subsidiya olish tartibi”
👉 “Gaz va issiqlik ta‘minoti hamda uning huquqiy asoslari”
👉 “Telefon aloqa xizmati va elektr ta‘minoti hamda ularning huquqiy asoslari”
👉 “O‘zbekiston Respublikasiga kirish, unda bo‘lish va chegarani kesib o‘tish tartibi”
👉 “Uy-joy ijarasining huquqiy asoslari”
👉 "Kommunal to‘lovlar”

Malaka oshirish kurslari shartnoma asosida pullik amalga oshiriladi.

Yuristlar malakasini oshirish markazi o‘quv kursining mavzulari bo‘yicha tegishli o‘quv kontentlarini (ma’ruza matni, taqdimot-slayd va h.k.) tayyorlanishini va tinglovchilarga taqdim etilishini ta’minlaydi.

O‘z joyingizni band qilishga ulguring, kursga yozilish uchun: +998909690609, +998915918180 raqamlari bilan bog‘laning.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari Sh.Rabiyev Samarqand viloyatidagi xizmat safari davomida viloyatdagi yuridik texnikum hamda X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining hududiy bo‘limida bo‘ldi.

Adliya vaziri o‘rinbosari Sh.Rabiyev Samarqand viloyatdagi yuridik texnikumi binosiga borib, o‘quv muassasasida o‘qish jarayonlari, o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy-texnik bazasining ta’minlanganlik darajasi bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, yuridik texnikum faoliyati bilan tanishish jarayonida, mavjud muammolar yuzasidan o‘z tavsiyalarini hamda o‘quvchilarni kelgusida kasbga yo‘naltirishga doir qilinishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi.

Bundan tashqari, Sh.Rabiyev X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Samarqand viloyati bo‘limi binosiga ham tashrif buyurib, bo‘limdagi mavjud imkoniyatlar, sud ekspertiza tadqiqotlarini o‘tkazishda mavjud uskuna va jihozlar bilan ta’minlanganlik holatlari bilan yaqindan tanishdi.

Markazning Samarqand viloyati bo‘limi faoliyati bilan tanishish davomida, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, jismoniy va yuridik shaxslar hamda advokatlarga sud ekspertiza tadqiqotlarini o‘tkazishda qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, yangi ekspertiza turlarini joriy qilish va zamon talablariga mos bo‘lgan uskuna va jihozlar bilan ta’minlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Davlat xizmatlari markazlarida yana bir qulaylik!

Endilikda davlat xizmatlari markazidagi elektron navbat uskunalarida xizmatlar “oson”, “o‘rta” hamda “murakkab” toifalarga ajratilib, tashrif buyuruvchilarning navbatda turish vaqtini sezilarli darajada qisqartirish imkonini beradi.

Bugungi kunda ushbu qulaylik Chilonzor va Olmazor tumanlarida joriy etildi.

Ushbu qulaylik haqida bizning videolavhamiz orqali batafsil tanishishingiz mumkin.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Yangiyerliklarning muammo va takliflari o‘rganildi

Aholi va tadbirkorlik subyektlari muammolarini o‘rganish hamda huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta'minlash sohasida Sirdaryo viloyatida "Adliya — mahalla — maktab" hamda "Adliya — tadbirkorga ko‘makchi" loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha namunaviy tizimni yaratish bo‘yicha respublika ishchi guruhining viloyat ahli bilan uchrashuvlari davom etmoqda. Navbatdagi manzil Yangiyer shahri.

👉Batafsil

@adliyangiliklari