ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.2K photos
2.82K videos
39 files
9.66K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri davlat xizmatlari markazlarida yaratilgan qulayliklar bilan tanishdi

Joriy yilning 29-iyul kuni adliya vaziri Akbar Toshqulov poytaxtimizning Chilonzor va Olmazor tumanlaridagi davlat xizmatlari markazlari faoliyati hamda fuqarolarga yaratilgan shart-sharoit va qulayliklar bilan tanishdi.  

Xususan, fuqarolarga davlat xizmati ko‘rsatish vaqtini qisqartirish va optimallashtirish maqsadida markazlardagi elektron navbat uskunalarida xizmatlardan foydalanishda toifalarga ajratgan holda navbat olish imkoniyati va “Navbatsiz xizmat maskanlari” shular jumlasidandir.

Endilikda davlat xizmatlari markazidagi elektron navbat uskunalarida xizmatlar “oson”, “o‘rta” hamda “murakkab” toifalarga ajratilib, tashrif buyuruvchilarning navbatda turish vaqtini sezilarli darajada qisqartirish imkonini beradi. Bugungi kunda ushbu qulayliklar Chilonzor va Olmazor tumanlarida joriy etildi.

Yana bir qulayliklardan biri bu Chilonzor tumani davlat xizmatlari markazida tashkil etilgan “Navbatsiz xizmat maskani”dir. Ushbu maskan orqali tashrif buyuruvchilar qo‘shimcha to‘lov evaziga alohida sharoitlarga ega bo‘lgan hududda istalgan xizmatdan navbatsiz foydalanishlari mumkin, bunda fuqarolarga alohida xodim tomonidan xizmat ko‘rsatiladi.

Ma’lumot uchun: Bugungi kunda respublikaning 208 ta tuman (shahar)larida mavjud davlat xizmatlari markazlari xalqimizning uzog‘ini yaqin, og‘irini yengil qilishga harakat qilmoqda. Jumladan, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga 300 dan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatilib, kuniga o‘rtacha 70-75 ming fuqarolar markazlarga tashrif buyurishmoqda.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Shayxontohur tumanida davlat xizmatlari markazining yangi binosi qurilish jarayoni bilan tanishdi

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Toshkent shahar Shayxontohur tumanida qurilayotgan yangi davlat xizmatlari markazlari binosini ko‘zdan kechirdi.

Hozirgi kunda ichki qismi ta’mirlanayotgan markaz binosi davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etilmoqda. Yangi bino zamonaviy IT va aloqa uskunalari, fuqarolar uchun qulay kutish maydoni, sovutish tizimi bilan jihozlangan, shuningdek, markaz nogironlar aravachalari hamda qo‘shimcha infratuzilma va Brayl shriftidagi ma’lumotlar bilan jihozlanadi.

Xususan, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun eng qulay sharoitlarni yaratish maqsad qilingan. Markaz elektron navbat uskunalarida xizmatlardan foydalanishda toifalarga ajratgan holda navbat olish imkoniyati, infokiosk, elektron xizmatlardan mustaqil foydalanish zonasi, bolalar o‘yin maydonchasi, ovqatlanish joyi, mini-kutubxona va bepul Wi-Fi bilan ta’minlanadi.

Qurilish ishlari bilan tanishish jarayonida adliya vaziri markaz binosining zamonaviy va sifatli bo‘lishi yuzasidan tavsiyalar berdi. Jumladan, markaz birinchi navbatda, xalq uchun qulay bo‘lishi, buning uchun, avvalambor, eng zarur sharoitlar yaratilishi zarurligi ta’kidlandi. Xizmat olishga kelgan fuqaro binoning hashamati, pardoz va bezaklariga emas, balki xizmat olish uchun yaratilgan sharoitlariga ahamiyat qaratishi, qishda issiq, yozda salqin, yorug‘ va shinam maskan bo‘lsagina odamlar ko‘ngli to‘lishi qayd etildi.

@adliyangiliklari
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

✅ Ўзбекистонда амалга оширилаётган маъмурий ислоҳотлар натижасида вазирлик ва идоралар сони оптималлаштирилди, айрим ташкилотлар бир-бирига қўшилди ёки қисқарди. Шунинг учун, биз давлат органлари ва ташкилотларининг Телеграмдаги каналлари рўйхатини янгиладик.

🔵 Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

📌 Давлат органларининг расмий каналларининг янгиланган рўйхати билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.

Telegram | Facebook | Instagram | Медиабанк
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

❗️Yuridik texnikumlarga qabul boshlandi

🗓 Adliya vazirligi yuridik texnikumlariga hujjat topshirish 1-avgustdan boshlandi.

⚠️ Ma'lumot uchun: Yuridik texnikumlariga 2023/2024 o‘quv yili uchun abituriyentlarning hujjatlari 20-avgustgacha
(20-avgust kuni ham) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-sayti (my.uzbmb.uz) orqali qabul qilinadi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Davlat xizmatlaridan bir finjon qahva ustida foydalaning

Adliya vazirligi tomonidan fuqarolarning ehtiyojlaridan kelib chiqib, ularga qulaylik yaratish maqsadida, poytaxtimizning Chilonzor tuman Davlat xizmatlari markazida Navbatsiz xizmat maskani tashkil etildi.

Ushbu maskanning o'ziga xosligi shundaki, fuqarolar bir finjon qahva ustida:
▫️ xorijga chiqish biometrik pasportini olish;
▫️ biometrik pasportlarni ID-kartalarga almashtirish;
▫️Tadbirkorlik faoliyatini ro‘yxatdan o‘tkazish kabi 300dan o‘rtiq davlat xizmatlaridan foydalanishishlari hamda bir vaqtning o‘zida qo‘shimcha qulayliklardan bahra olishlari mumkin.

Vaqtingiz tig‘iz, har daqiqangiz g‘animat bo‘lsa, qulaylik siz uchun odat va turmush tarziga aylangan bo‘lsa, Chilonzor davlat xizmatlari markazidagi Navbatsiz xizmat maskaniga tashrif buyuring.

Sizni ko‘rishdan doim xursandmiz!

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Anvarjon Tursunaliyev Adliya vazirligi markaziy apparatining iyul oyidagi eng yaxshi xodimi sifatida e'tirof etildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari