ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.3K photos
2.82K videos
39 files
9.68K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_aralashgach

Adliya aralashuvi bilan tadbirkorning murojaati ijobiy hal bo'ldi

Mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan Mirzaobod tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasiga 32 602 676 so‘mlik qarzdorlikni so‘ndirish bo‘yicha bir necha marotaba talabnoma va xatlar bilan murojaat qilingan, biroq natija bo‘lmagan. Holatga adliya aralashdi...

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

“Dorisi yoʻq jannatlarga ketgan bolam” sheʼrini soʻroqsiz kuylashdi

👉
Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Diqqat e’lon!

💯Sud ekspertiza sohasida dual ta’lim prinsipi asosida kadrlarni qayta tayyorlash o’quv kurslariga hujjatlarni qabul qilish jarayoni boshlandi!

Batafsil ma'lumot
👇🏻

https://sudex.uz/?p=5853

Telegram | Facebook | YouTube | Instagram|🌐 sudex.uz|🆘@sudexuz_bot
©️SUDEX.UZ | RSEM | РЦСЭ
❗️Diqqat e’lon! 💯Sud ekspertiza sohasida dual ta’lim prinsipi asosida kadrlarni qayta tayyorlash o’quv kurslariga hujjatlarni qabul qilish jarayoni boshlandi! Batafsil ma'lumot👇🏻 https://sudex.uz/?p=5853 Telegram | Facebook | YouTube | Instagram|🌐 sud…
#Adliya_xabari

Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari sud ekspertlarini qayta tayyorlash o‘quv kurslariga qabul boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi 2023-o‘quv yili uchun Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari sud ekspertlarini qayta tayyorlash o‘quv kurslariga hujjatlarni qabul qilish boshlandi.

O‘quv kurslarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar quyidagi hujjatlarni topshiradi:

🔹Markaz direktori (komissiya raisi) nomiga ariza (arizada talabgorning qaysi tilda ta’lim olish istagi ko‘rsatiladi);
🔹pasport nusxasi;
🔹ma’lumoti to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
🔹3,5×4,5 hajmdagi ikki dona fotosurat;
🔹nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti nomidan tavsiyanoma (agar talabgor yuridik shaxs xodimi bo‘lsa).

Hujjatlar X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markaziga kelgan holda yoki pochta, shuningdek, info@sudex.uz elektron pochta manzili orqali sifatli (ko‘rinarli, yaxshi o‘qiladigan) darajada taqdim qilishlari (suhbat jarayonida hujjatlarning asli ko‘rsatiladi) lozim.

Suhbat Qabul komissiyasi tomonidan (o‘zbek yoki rus tilida) 2023-yil sentabr oyining ikkinchi o‘n kunligida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi binosi (Toshkent shahri, Mirobod tumani Farg‘ona yo‘li ko‘chasi 46-uy)da o‘tkaziladi.

O‘qish muddati olti oydan (24 hafta) kam bo‘lmagan muddatda tashkil etiladi.

O‘qish uchun to‘lov miqdori o‘quv jarayoni an’anaviy ta’lim shaklida tashkil etilganda, amaldagi bazaviy hisoblash miqdorining 45 (qirq besh) baravari miqdorida, masofaviy ta’lim shaklida tashkil etilganda esa, bazaviy hisoblash miqdorining 40 (qirq) baravari miqdorida amalga oshiriladi.

Hujjatlar 2023-yilning 6-iyul kunidan 10-sentabr kuniga qadar qabul qilinadi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefon:
71-209-11-55 ichki (214, 201)
Markaz veb-sayti:
https://sudex.uz/
Elektron manzil:
info@sudex.uz
#Adliyadan_javob

❓Ariza beruvchi qancha muddatda milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun yig‘im to‘lamasdan takroran murojaat qilish huquqiga ega?

— Ariza beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini berish rad etilgan kundan boshlab o‘ttiz ish kuni mobaynida davlat xizmatini ko‘rsatish uchun yig‘im to‘lamasdan ko‘rsatilgan kamchilikni bartaraf etgan holda takroran murojaat qilish huquqiga ega.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.04.2023 yildagi 152-son qarori.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach

Ish haqi to‘liq undirib berildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumani adliya bo‘limi tomonidan joriy yilning iyun oyida “Inson huquqlari – oliy qadriyat” mavzusidagi huquqiy aksiyasi doirasida davlat organlari va tashkilotlarida o‘tkazilgan sayyor qabullar hamda monitoring ishlari davomida bir qator muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

— Jumladan, “Ko‘prik-qurilish” tresti unitar korxonasi “14-son ko‘prik qurilish otryadi”da ishlovchi A.A. va boshqa fuqarolarning ish haqlarini undirib berishda amaliy yordam berishni so‘rab qilgan murojaati ish yurituvga qabul qilib olindi, — deydi Taxiatosh tumani adliya bo‘limi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi Atabek Gulimbetov. — Murojaatni o‘rganish davomida xodimlarga tegishli ish haqi to‘lab berilmaganligi aniqlandi.

Adliya bo‘limi tomonidan kiritilgan taqdimnomaga asosan mazkur korxonada ishlovchi xodimlarga 3 milliard 668 million so‘m ish haqi to‘liq undirib berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Tadbirkorning 3 milliard so‘mdan ortiq xizmat haqi adliya ko‘magida undirilmoqda

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Farg‘onadagi davlat xizmatlari markazi hamda yuridik xizmat ko‘rsatish markazlarida bo‘ldi

Shu kunlarda adliya vaziri Akbar Toshqulov Farg‘onada xizmat safarida. Dastlab vazir viloyatdagi adliya tizimidagi xodimlarning ish sharoitlari, ish jarayonidagi muammolar hamda davlat xizmatchilariga qulay shart-sharoitlar yaratish borasdagi takliflarni o‘rgandi.

Farg‘ona shahar davlat xizmatlari markazi hamda yuridik xizmat ko‘rsatish markazida bevosita fuqarolar bilan ishlash jarayonlarini kuzatdi. Mijozlar va fuqarolar bilan tizimda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan yangiliklar, hayotga tatbiq etilishi shart bo‘lgan takliflar, fikr-mulohazalar bilan qiziqdi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri farg‘onalik tadbirkorlar bilan uchrashdi

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Farg‘ona viloyatiga qilgan xizmat safari davomida “qizil hudud” tarkibidagi mahallalar hamda adliya bo‘limlari, davlat xizmatlari markazlari bilan birgalikda ishlab chiqarish korxonalari va tadbirkorlik subyektlarida ham bo‘ldi.

Farg‘ona shahrida faoliyat olib borayotgan gilam ishlab chiqarish korxonasi, oynaga qayta ishlov berish zavodi, trikotaj maxsulotlari tayyorlovchi eksportyor bilan uchrashib ularning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yuzasidan qonunchilikka takliflari bilan qiziqdi. Qonunchilik nuqtai nazaridan faoliyat uchun to‘siq bo‘layotgan ayrim omillar, huquqiy jihatlar ham o‘rganildi.

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

❓Pochta xizmati xodimi tayyor bo‘lgan milliy haydovchilik guvohnomasini so‘rovnomada ko‘rsatilgan manzilga qancha muddatda yetkazib beradi?

— Pochta xizmati xodimi tayyor bo‘lgan milliy haydovchilik guvohnomasini olgandan so‘ng, ariza beruvchi bilan telefon orqali bog‘lanib, so‘rovnomada ko‘rsatilgan manzilga (Toshkent shahri va viloyatlar markazida bir ish kuni, qolgan hududlarda ikki ish kuni ichida) milliy haydovchilik guvohnomasini yetkazib beradi.

Ariza beruvchi bilan telefon orqali kelishilgan vaqtda ariza beruvchi ushbu manzilda bo‘lmasa, ariza beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini ushbu hududdagi pochta aloqasi bo‘limidan o‘n ish kuni davomida olishi mumkin.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.04.2023 yildagi 152-son qarori.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri davlat xizmatlari markazlarida yaratilgan qulayliklar bilan tanishdi

Joriy yilning 29-iyul kuni adliya vaziri Akbar Toshqulov poytaxtimizning Chilonzor va Olmazor tumanlaridagi davlat xizmatlari markazlari faoliyati hamda fuqarolarga yaratilgan shart-sharoit va qulayliklar bilan tanishdi.  

Xususan, fuqarolarga davlat xizmati ko‘rsatish vaqtini qisqartirish va optimallashtirish maqsadida markazlardagi elektron navbat uskunalarida xizmatlardan foydalanishda toifalarga ajratgan holda navbat olish imkoniyati va “Navbatsiz xizmat maskanlari” shular jumlasidandir.

Endilikda davlat xizmatlari markazidagi elektron navbat uskunalarida xizmatlar “oson”, “o‘rta” hamda “murakkab” toifalarga ajratilib, tashrif buyuruvchilarning navbatda turish vaqtini sezilarli darajada qisqartirish imkonini beradi. Bugungi kunda ushbu qulayliklar Chilonzor va Olmazor tumanlarida joriy etildi.

Yana bir qulayliklardan biri bu Chilonzor tumani davlat xizmatlari markazida tashkil etilgan “Navbatsiz xizmat maskani”dir. Ushbu maskan orqali tashrif buyuruvchilar qo‘shimcha to‘lov evaziga alohida sharoitlarga ega bo‘lgan hududda istalgan xizmatdan navbatsiz foydalanishlari mumkin, bunda fuqarolarga alohida xodim tomonidan xizmat ko‘rsatiladi.

Ma’lumot uchun: Bugungi kunda respublikaning 208 ta tuman (shahar)larida mavjud davlat xizmatlari markazlari xalqimizning uzog‘ini yaqin, og‘irini yengil qilishga harakat qilmoqda. Jumladan, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga 300 dan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatilib, kuniga o‘rtacha 70-75 ming fuqarolar markazlarga tashrif buyurishmoqda.

@adliyangiliklari