ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.3K photos
2.82K videos
39 files
9.67K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Respublikasi ishchi guruhi Andijon viloyatiga 24-iyuldan 27-iyulgacha tashrifi doirasida viloyat xududlarida huquqbuzarlik yoki jinoyatchilik ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan davlat organlari va tashkilotlarida jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha profilaktika tadbirlar tashkil etildi.

Xususan, joriy yilning 24-iyulida adliya vaziri o‘rinbosari M.Ikramov tomonidan Andijon viloyati adliya boshqarmasi majlislar zalida huquqbuzarlik yoki jinoyatchilik ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek boshqa davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmat xodimlari jinoyatchilikka qarshi murosasiz kurashish bo‘yicha profilaktika tadbiri tashkil etildi.

Ushbu profilaktika tadbirlarda davlat organlari va tashkilotlarida qonuniylik va qonun ustuvorligini ta'minlash yuriskonsultlarning asosiy vazifasi ekanligi, shu sababli yuriskonsultlar tomonidan o‘zlari faoliyat yuritayotgan idorada korrupsion jinoyatlar, manfaatlar to‘qnashuvi, murojaatlar to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzish va ularning oqibatlari to‘g‘risida tushunchalar berildi.

25-iyul kuni bunday tadbirlardan biri Ulug‘nor tumanida o‘tkazildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Tojikiston Respublikasi Adliya vazirligi va Adliya vazirligining Malaka oshirish instituti vakillaridan iborat delegatsiya Yuristlar malakasini oshirish markaziga tashrif buyurishdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Milliy qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti bitimlariga uyg‘unlashtirish masalalari muhokama qilindi

👉
Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya ayollari uchun maxsus seminar tashkil etildi

👉
Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

❓Ariza beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun amaliy imtihonni qancha muddatda topshirishi lozim?

— Ariza beruvchi nazariy imtihonni topshirganidan so‘ng ikki oy muddat ichida amaliy imtihonni topshirishi lozim. Bunda, imtihonlarni qabul qilish tizimi avtomatik tarzda amaliy imtihonni takroran topshirish vaqtini yetti kalendar kundan keyingi kunlarga belgilaydi.

Agar ariza beruvchi ikki oy muddatda amaliy imtihonni topshira olmasa, imtihonlarni qabul qilish tizimi avtomatik tarzda uni yana nazariy imtihon topshirishga qaytaradi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.04.2023 yildagi 152-son qarori.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_teleloyiha

📢📢 Adliya vazirligi va "O‘zbekiston" telekanali tomonidan o‘zaro hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan "YURIDIK KLINIKA" ko‘rsatuvini o‘tkazib yubormang.

Ko‘rsatuvning navbatdagi soni bugun, 26-iyul kuni soat 12:00 da "O‘zbekiston" telekanali orqali jonli efirga uzatiladi.

Mavzu: Uy-joy olish tartiblari

Mavzu yuzasidan o‘z savollaringizni @yuridiklinikabot Telegram-boti orqali yuborishingiz mumkin.

Savollarga Adliya vazirligi Davlat xizmatlari departamenti, Xalq banki mas'ul xodimlari javob beradi

❗️ Jonli efir vaqtida o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob topish imkoniyatiga egasiz.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Onlayn muloqot: Adliya vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar

Onlayn muloqot bugun, 26-iyul kuni soat 17:00 da vazirlikning Facebookdagi “Adliya bilan muloqot/Диалог с юстицией” guruhi va yutubdagi “Adliya vazirligi Ministry of Justice” kanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatildi.

Mavzu: Davlat xizmatida korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish

Mavzu yuzasi bo‘yicha savollarni @adliyaga_savolbot manzili orqali yuborishingiz mumkin.

Savollarga Adliya vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi mas'ul xodimi javob beradi.

❗️ Jonli efir vaqtida o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob topish imkoniyatiga egasiz.

@adliyangiliklari
#Ochiq_adliya

⚠️ Adliya organlari tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash e'lon qilingan.

📲 Bunda Adliya vazirligi tizimidagi, jumladan:

▫️adliya boshqarmalari va bo‘limlari;
▫️yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari;
▫️FHDY organlari;
▫️davlat xizmatlari markazlari;
▫️"O‘zarxiv" agentligi va uning hududiy tuzilmalari;
▫️X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi va uning hududiy bo‘linmalari;
▫️“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi;
▫️Personallashtirish agentligi;
▫️Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi;
▫️Davlat xizmatlarini rivojlantirish markazi;
▫️Intellektual mulk markazi;
▫️davlat notarial idoralari va arxivlari;
▫️Yuristlar malakasini oshirish markazi;
▫️Toshkent davlat yuridik universiteti;
▫️Yuridik texnikumlar;
▫️TDYU qoshidagi akademik litseydagi korrupsiya holatlari haqida ma'lumotlarni Telegramdagi @antikorbot botiga, (71) 207-04-64 (1321 yoki 1322) telefon raqamiga yoki vazirlik rasmiy veb-saytidagi maxsus platformaga yuborish mumkin.

❗️Yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Tojikiston va O‘zbekiston Adliya vazirliklari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Bugun Tojikiston Respublikasi Adliya vazirligi xodimlaridan iborat delegatsiya va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining masʼul xodimlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida mehmonlarga Adliya vazirligining umumiy faoliyati, shuningdek, Yuridik taʼlim va sud ekspertiza boshqarmasi faoliyat yo‘nalishlari yuzasidan maʼlumotlar berildi. Jumladan, X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi, Yuristlar malakasini oshirish markazi, Toshkent Davlat yuridik universiteti, yuridik texnikumlar hamda akademik litsey bo‘yicha atroflicha tushuntirishlar berildi.
So‘ngra delegatsiya aʼzolari X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi binosidagi muzey hamda laboratoriyalar faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.

Uchrashuv so‘ngida tomonlar yuridik taʼlim va sud ekspertiza sohasida o‘zaro tajriba almashinuvi va yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olishdi.

@adliyangiliklari