ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.3K photos
2.82K videos
39 files
9.68K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga 2023/2024-o‘quv yili uchun abiturientlarning hujjatlari 2023-yil 1-avgustdan 20-avgustgacha (20-avgust kuni ham) davlat xizmatlari markazlari, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-sayti orqali qabul qilinadi.

⚠️ Yuridik texnikumlarga o‘quvchilarni to‘lov-kontrakt asosida qabul qilish bo‘yicha qabul parametrlari bilan yuqoridagi jadval orqali tanishishingiz mumkin.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Toshkent davlat yuridik universitetida “TDYU bitiruvchisi — 2023” bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi tashkil etildi

👉
Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Respublikasi ishchi guruhi Andijon viloyatiga 24-iyuldan 27-iyulgacha tashrifi doirasida viloyat xududlarida huquqbuzarlik yoki jinoyatchilik ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan davlat organlari va tashkilotlarida jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha profilaktika tadbirlar tashkil etildi.

Xususan, joriy yilning 24-iyulida adliya vaziri o‘rinbosari M.Ikramov tomonidan Andijon viloyati adliya boshqarmasi majlislar zalida huquqbuzarlik yoki jinoyatchilik ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek boshqa davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmat xodimlari jinoyatchilikka qarshi murosasiz kurashish bo‘yicha profilaktika tadbiri tashkil etildi.

Ushbu profilaktika tadbirlarda davlat organlari va tashkilotlarida qonuniylik va qonun ustuvorligini ta'minlash yuriskonsultlarning asosiy vazifasi ekanligi, shu sababli yuriskonsultlar tomonidan o‘zlari faoliyat yuritayotgan idorada korrupsion jinoyatlar, manfaatlar to‘qnashuvi, murojaatlar to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzish va ularning oqibatlari to‘g‘risida tushunchalar berildi.

25-iyul kuni bunday tadbirlardan biri Ulug‘nor tumanida o‘tkazildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Tojikiston Respublikasi Adliya vazirligi va Adliya vazirligining Malaka oshirish instituti vakillaridan iborat delegatsiya Yuristlar malakasini oshirish markaziga tashrif buyurishdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Milliy qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti bitimlariga uyg‘unlashtirish masalalari muhokama qilindi

👉
Batafsil

@adliyangiliklari