ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.2K photos
2.82K videos
39 files
9.66K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlari o'rtasida intellektual mulk sohasidagi hamkorlik forumi boʻlib oʻtdi

Xitoy Xalq Respublikasining Urumchi shahrida Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlari intellektual mulk idoralari rahbarlarining uchrashuvi boʻlib oʻtmoqda. Ushbu tadbirlar doirasida joriy yilning 24-iyul kuni Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasidagi intellektual mulk sohasidagi hamkorlik forumi boʻlib oʻtdi. Forumda Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlari intellektual mulk idoralari rahbarlari, Butunjahon intellektual mulk idorasi Bosh direktorining oʻrinbosari,  shuningdek, Shinjon uygʻur avtonom viloyati ma'muriyati vakillari oʻz nutqlari bilan ishtirok etishdi.

Forumda Oʻzbekiston tomonidan Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti boshligʻi Esemurat Kanyazov chiqish qilib, mamlakatimizda intellektual mulk sohasidagi soʻnggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar va ularning natijalari, davlatlararo hamkorlik hamda kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar toʻgʻrisida ma'lumot berdi.

Kunning ikkinchi yarmida Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlari intellektual mulk idoralari rahbarlarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuv yakunida tomonlar oʻrtasida hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlari intellektual mulk idoralari rahbarlari birinchi yigʻilishi Qo'shma bayonoti qabul qilindi.

Shundan soʻng, Xitoy va Oʻzbekiston tomonlarining ikkitomonlama uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuvda tomonlar o'zaro taklif va mulohazalar bilan fikr almashib, kelgusidagi hamkorlik toʻgʻrisida kelishib oldilar.

Joriy yilning 25-iyul kunida Butunjahon intellektual mulk tashkiloti hamda Xitoy Milliy intellektual mulk ma'muriyati vakillari ishtirokida seminar-treninglar oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Tadbirlar davom etadi.

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

❓Ariza beruvchi tomonidan DYHXX organida imtihon topshirish nazarda tutilganda imtihonlarda qatnashish uchun qancha miqdorda to‘lovlar amalga oshiriladi?

— Ariza beruvchi tomonidan DYHXX organida imtihon topshirish nazarda tutilganda imtihonlarda qatnashish uchun quyidagi miqdorda to‘lovlar amalga oshiriladi:
▪️nazariy imtihon topshirish uchun — BHMning 10 foizi miqdorida;
▪️har bir qayta nazariy imtihon topshirish uchun — BHMning 15 foizi miqdorida;
▪️avtomototransport vositalarini, shu jumladan, transport vositalari tarkibini amaliy boshqarishda imtihon topshirish uchun — BHMning 10 foizi miqdorida;
▪️har bir qayta amaliy boshqarishda imtihon topshirish uchun — BHMning 15 foizi miqdorida.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga mazkur bandning birinchi xatboshisida belgilangan yig‘imning 50 foizi miqdorida chegirma qo‘llaniladi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.04.2023 yildagi 152-son qarori.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

“Mobile-ID” tizimidan ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz nima qilish kerak?

“Mobile-ID” tizimidan ro‘yxatdan o‘tish juda oson. Buning uchun siz bir marotaba shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki haydovchilik guvoxonomasi) bilan respublikada mavjud davlat xizmatlari markazlari yoki notariuslarga tashrif buyurishingiz kifoya.

Batafsil 👉infografikada

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga 2023/2024-o‘quv yili uchun abiturientlarning hujjatlari 2023-yil 1-avgustdan 20-avgustgacha (20-avgust kuni ham) davlat xizmatlari markazlari, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-sayti orqali qabul qilinadi.

⚠️ Yuridik texnikumlarga o‘quvchilarni to‘lov-kontrakt asosida qabul qilish bo‘yicha qabul parametrlari bilan yuqoridagi jadval orqali tanishishingiz mumkin.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Toshkent davlat yuridik universitetida “TDYU bitiruvchisi — 2023” bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi tashkil etildi

👉
Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Respublikasi ishchi guruhi Andijon viloyatiga 24-iyuldan 27-iyulgacha tashrifi doirasida viloyat xududlarida huquqbuzarlik yoki jinoyatchilik ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan davlat organlari va tashkilotlarida jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha profilaktika tadbirlar tashkil etildi.

Xususan, joriy yilning 24-iyulida adliya vaziri o‘rinbosari M.Ikramov tomonidan Andijon viloyati adliya boshqarmasi majlislar zalida huquqbuzarlik yoki jinoyatchilik ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek boshqa davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmat xodimlari jinoyatchilikka qarshi murosasiz kurashish bo‘yicha profilaktika tadbiri tashkil etildi.

Ushbu profilaktika tadbirlarda davlat organlari va tashkilotlarida qonuniylik va qonun ustuvorligini ta'minlash yuriskonsultlarning asosiy vazifasi ekanligi, shu sababli yuriskonsultlar tomonidan o‘zlari faoliyat yuritayotgan idorada korrupsion jinoyatlar, manfaatlar to‘qnashuvi, murojaatlar to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzish va ularning oqibatlari to‘g‘risida tushunchalar berildi.

25-iyul kuni bunday tadbirlardan biri Ulug‘nor tumanida o‘tkazildi.

@adliyangiliklari