ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.3K photos
2.82K videos
39 files
9.67K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_brifing

“Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan ijtimoiy foydali dasturlar va loyihalar amalga oshirilishida ijtimoiy sheriklik hamda xalqaro hamkorlikni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror loyihasi yuzasidan

AOKAda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva ishtirokida shu mavzuda brifing bo‘lib o‘tdi.

@adliyangiliklari
#Bilasizmi

Nogironlik, boquvchisini yo‘qotganlik va yoshga doir nafaqalar tayinlanishi uchun davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz orqali murojaat qilinadi.

📈Batafsil Infografikada👆👆👆

📎Mavzuga doir qo'shimcha ma'lumotlar:

🟣Barcha uchun muhim raqamlar
🟣Pensiya (nafaqa) haqida ma’lumot olish tartibini bilasizmi?
🟣Parvarishlash nafaqasi kimlarga beriladi?
#Adliyadan_javob

❓Mavzuli so‘rovlarni ijro etishda turar joylar bo‘yicha ma’lumotnomalar tayyorlash uchun qancha miqdorda yig‘im undiriladi?

— Turar joylar bo‘yicha ma’lumotnomalar tayyorlash uchun bitta ma’lumotnomaga bazaviy hisoblash miqdorining 0.5 baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
_____________

❓Mavzuli so‘rovlarni ijro etish bo‘yicha davlat xizmati, so‘rovnoma tegishli davlat arxiviga yuborilgandan so‘ng qancha muddatda ko‘rib chiqiladi?

— Mavzuli so‘rovlarni ijro etish bo‘yicha davlat xizmati, arizachi tomonidan so‘rovnoma to‘ldirilib, tegishli davlat arxiviga yuborilgandan so‘ng 20 ish kuni davomida ko‘rib chiqiladi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-sentabrdagi 597-son qarori.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

✅ Ўзбекистонда амалга оширилаётган маъмурий ислоҳотлар натижасида вазирлик ва идоралар сони оптималлаштирилди, айрим ташкилотлар бир-бирига қўшилди ёки қисқарди. Шунинг учун, биз давлат органлари ва ташкилотларининг Телеграмдаги каналлари рўйхатини янгиладик.

🔵 Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

📌 Давлат органларининг расмий каналларининг янгиланган рўйхати билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.

Telegram | Facebook | Instagram | Медиабанк
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Qashqadaryo viloyatida qurilayotgan adliya binolari bilan tanishdi

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Qashqadaryo viloyatiga bo'lgan xizmat safari davomida 2023–2024-yillar o'quv yiliga mo'ljallangan Qashqadaryo viloyat yuridik texnikumini yangi binosini ko'zdan kechirdilar. Xozirgi kunda ichki va tashqi fasadlari tamirlanayotgan texnikum binosi 750 o'ringa mo'ljallangan bo'lib asosiy bino va 2 ta o'quv binosidan iborat. Shuningdek vazir texnikum binosining zamonaviy va sifatli bo'lishi yuzasidan tafsiyalar berdi.

Tashrif davomida adliya vaziri Akbar Toshqulov O'zbekiston Respublikasi adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi Qashqadaryo viloyat bo'limi binosini ham ko'zdan kechirdilar. U yerda olib borilayotgan ishlar va ekspertizada foydalaniladigan xujjatlar bilan tanishdi.

Shu kuni vazir Qashqadaryo viloyat davlat arxiviga ham bo'ldi. Viloyat arxivida hujjatlar saqlanishi, elektronlashtirish jarayoni bilan yaqindan tanishdi. Kelgusida amalga oshiriladigan ishlar haqida tavsiyalar berdi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlari o'rtasida intellektual mulk sohasidagi hamkorlik forumi boʻlib oʻtdi

Xitoy Xalq Respublikasining Urumchi shahrida Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlari intellektual mulk idoralari rahbarlarining uchrashuvi boʻlib oʻtmoqda. Ushbu tadbirlar doirasida joriy yilning 24-iyul kuni Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasidagi intellektual mulk sohasidagi hamkorlik forumi boʻlib oʻtdi. Forumda Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlari intellektual mulk idoralari rahbarlari, Butunjahon intellektual mulk idorasi Bosh direktorining oʻrinbosari,  shuningdek, Shinjon uygʻur avtonom viloyati ma'muriyati vakillari oʻz nutqlari bilan ishtirok etishdi.

Forumda Oʻzbekiston tomonidan Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti boshligʻi Esemurat Kanyazov chiqish qilib, mamlakatimizda intellektual mulk sohasidagi soʻnggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar va ularning natijalari, davlatlararo hamkorlik hamda kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar toʻgʻrisida ma'lumot berdi.

Kunning ikkinchi yarmida Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlari intellektual mulk idoralari rahbarlarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuv yakunida tomonlar oʻrtasida hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlari intellektual mulk idoralari rahbarlari birinchi yigʻilishi Qo'shma bayonoti qabul qilindi.

Shundan soʻng, Xitoy va Oʻzbekiston tomonlarining ikkitomonlama uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuvda tomonlar o'zaro taklif va mulohazalar bilan fikr almashib, kelgusidagi hamkorlik toʻgʻrisida kelishib oldilar.

Joriy yilning 25-iyul kunida Butunjahon intellektual mulk tashkiloti hamda Xitoy Milliy intellektual mulk ma'muriyati vakillari ishtirokida seminar-treninglar oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Tadbirlar davom etadi.

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

❓Ariza beruvchi tomonidan DYHXX organida imtihon topshirish nazarda tutilganda imtihonlarda qatnashish uchun qancha miqdorda to‘lovlar amalga oshiriladi?

— Ariza beruvchi tomonidan DYHXX organida imtihon topshirish nazarda tutilganda imtihonlarda qatnashish uchun quyidagi miqdorda to‘lovlar amalga oshiriladi:
▪️nazariy imtihon topshirish uchun — BHMning 10 foizi miqdorida;
▪️har bir qayta nazariy imtihon topshirish uchun — BHMning 15 foizi miqdorida;
▪️avtomototransport vositalarini, shu jumladan, transport vositalari tarkibini amaliy boshqarishda imtihon topshirish uchun — BHMning 10 foizi miqdorida;
▪️har bir qayta amaliy boshqarishda imtihon topshirish uchun — BHMning 15 foizi miqdorida.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga mazkur bandning birinchi xatboshisida belgilangan yig‘imning 50 foizi miqdorida chegirma qo‘llaniladi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.04.2023 yildagi 152-son qarori.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

“Mobile-ID” tizimidan ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz nima qilish kerak?

“Mobile-ID” tizimidan ro‘yxatdan o‘tish juda oson. Buning uchun siz bir marotaba shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki haydovchilik guvoxonomasi) bilan respublikada mavjud davlat xizmatlari markazlari yoki notariuslarga tashrif buyurishingiz kifoya.

Batafsil 👉infografikada

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga 2023/2024-o‘quv yili uchun abiturientlarning hujjatlari 2023-yil 1-avgustdan 20-avgustgacha (20-avgust kuni ham) davlat xizmatlari markazlari, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-sayti orqali qabul qilinadi.

⚠️ Yuridik texnikumlarga o‘quvchilarni to‘lov-kontrakt asosida qabul qilish bo‘yicha qabul parametrlari bilan yuqoridagi jadval orqali tanishishingiz mumkin.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Toshkent davlat yuridik universitetida “TDYU bitiruvchisi — 2023” bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi tashkil etildi

👉
Batafsil

@adliyangiliklari