ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.3K photos
2.82K videos
39 files
9.67K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Sayyor_hudud

Respublika ishchi guruhi tomonidan Romitan tumanining “Afrosiyob” mahallasida sayyor qabul tashkil qilindi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Qoraqalpog‘istonda 20 nafar notariusning litsenziyalari bir oy muddatga toʻxtatildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Adliya ko‘magida 15 nafar murojaatchining 152 million so‘mdan ortiq ish haqi undirib berildi

Norin tumani adliya bo‘limi “Inson huquqlari — oliy qadriyat” huquqiy aksiyasi doirasida o‘tkazilgan sayyor qabul jarayonida “Norin paxta tozalash” hududiy aksiyadorlik jamiyatining 15 nafar xodimlari ish haqlarini undirish masalasida murojaat kelib tushdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#E’lon

Rejadan tashqari profilaktik tadbirlar olib borilayotganligi sababli Davlat xizmatlari markazlari hamda my.gov.uz portali faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar yuzaga kelishi mumkin.

Ayni vaqtda nosozliklarni bartaraf etish bo‘yicha tezkor ishlar olib borilmoqda.

Texnik-profilaktik tadbirlar yakunlangani haqida qoʻshimcha xabar beriladi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
©️"Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida"gi qonunning 65-moddasiga koʻra muallif, turdosh huquqlar egasi yoki mutlaq huquqlarning boshqa egasi huquqbuzardan quyidagilarni talab qilishga haqli:

✅muallif va ijrochi o‘z huquqlari buzilgan taqdirda, huquqbuzardan ma’naviy ziyon qoplanishini talab qilishga;

✅huquq buzilishidan oldingi holatni tiklashini va huquqni buzadigan yoki uning buzilishi xavfini yuzaga keltiradigan harakatlarni to‘xtatishini;

✅huquq egasining huquqi buzilmagan taqdirda, u fuqarolik muomalasining odatdagi sharoitlarida olishi mumkin bo‘lgan, lekin ololmay qolgan daromadi miqdoridagi zararlarning o‘rnini qoplashini. Agar huquqbuzar mualliflik huquqi yoki turdosh huquqlarni buzish oqibatida daromadlar olgan bo‘lsa, huquq egalari boshqa zararlar bilan bir qatorda boy berilgan foydani bunday daromadlardan kam bo‘lmagan miqdorda qoplashini;

✅zararlar yetkazilishi faktidan qat’i nazar, huquqbuzarlikning xususiyati va huquqbuzarning aybi darajasidan kelib chiqib ish muomalasi odatlarini hisobga olgan holda zarar qoplanishi o‘rniga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan ming baravarigacha miqdorda to‘lanishi lozim bo‘lgan tovonni to‘lashini;

✅mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot mulkiy huquqlarini boshqarish shunday tashkilot tomonidan amalga oshirilayotgan shaxslarning buzilgan mualliflik huquqlari va turdosh huquqlarini himoya qilib qonunda belgilangan tartibda o‘z nomidan ariza bilan sudga murojaat etishga haqlidir.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vazirligida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligida iyun oyining eng yaxshi xodimi aniqlandi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Toshkent shahrida 49 nafar notariuslarning litsenziyasi vaqtincha to‘xatildi

👉Batafsil
_______________

Samarqand viloyatida 4 nafar notariuslarning litsenziyasi vaqtincha to‘xatildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Adliya koʻmagi bilan tadbirkor foydasiga 160 million soʻmga yaqin mablagʻ undirildi

Namangan tuman adliya boʻlimi tomonidan “Nodirabegim Qurilish Servis” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari Namangan tumani obodonlashtirish boshqarmasi bilan pudrat shartnoma rasmiylashtirilganligi hamda shartnomaga asosan loyiha-smeta hujjatlarida koʻzda tutilgan – Namangan tumanidagi “Mulla sharif” qabristonining yordamchi binolarini joriy taʼmirlash bilan bogʻliq 159 599 374 soʻm ishlar 2020-yil aprel oyida toʻliq bajarilgan boʻlsada, hozirgi kunga qadar toʻlovlar amalga oshirilmasdan kelinayotganligidan norozi boʻlib qilgan murojaati oʻrganib chiqildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Mutaxassis_sharhi

Yangi Konstitutsiyada mahalla institutiga yangicha qarash

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Huquqiy_axborot_minbari

“Mehnat ta'tillari” mavzusida ekspert bilan suhbat boshlandi

⚖️ Adliya vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan “Mehnat huquqlarimizni o‘rganamiz“ huquqiy aksiyasi doirasida “Mehnat ta'tillari” mavzusida ekspert bilan suhbat tashkil etildi.

🎙Suhbat spikeri: Muhammadamin Karimjonov – Toshkent davlat yuridik universiteti mas'ul xodimi.

📥 Savollaringizni @mehnatpodkast_bot telegram boti orqali oldindan yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn muloqot vaqtida berishingiz mumkin.

Mazmunan bir-biriga yaqin savollarga umumlashtirilgan holda javob beriladi.

Chatga ulanish 👉 https://t.me/huquqiyaxborot

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

“Yuridik kasb rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari” mavzusida yuridik muhokamalar seriyasi tashkil etiladi

Huquqiy suhbatlar doirasida tashkil etiladigan mazkur muhokamada milliy va xorijiy ekspertlar ishtirok etadi, jumladan:

▫️Akbar Toshqulov – O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri;
▫️Kerolin Lemm – White & Case (Washington, DC) hamkori;
▫️Kristof Bernaskoni – Xalqaro xususiy huquq bo‘yicha Gaaga konferensiyasi Bosh kotibi;
▫️Urfan Xaliq – Kardiff universiteti birinchi prorektori;
▫️Ibrohim Aydinli – Anqara Yildirim Boyazid universiteti rektori;
▫️Maria-Chiara Malaguti – Katolika universitetining xalqaro huquq bo‘yicha professori;
▫️Islambek Rustambekov – Toshkent davlat yuridik universiteti rektori v.v.b, moderator.

⚖️ Yuridik muhokama 2023-yil 8-iyul kuni soat 11:00 da Toshkent davlat yuridik universiteti 3-o‘quv binosi katta majlislar zalida boshlanadi.

📝 Ro‘yxatdan o‘tish: https://forms.gle/c2fcVPe9PEFeyYpFA

@adliyangiliklari