ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
39 files
9.7K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Qonunchilik hujjatlarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazishning huquqiy asoslari takomillashtirilmoqda

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Joriy yilning 22-iyun kuni Toshkent shahar adliya boshqarmasi tashabussi bilan Toshkent shahar IIBB Fuqarolikni rasmiylashtirish va migratsiya boshqarmasi boshlig‘i U. Mirzaqambarov hamda Pensiya jamg‘armasi Toshkent shahar boshqarma boshlig‘i A. Sultanov  bilan hamkorlikda davlat xizmatlarini ko’rsatishdagi muammolar va ularning yechimlari mavzusida seminar tashkil etildi.

Tadbirda Tashqi ishlar vazirligi, Personallashtirish agentligi mas'ul xodimlari, poytaxtimizning barcha tuman DXM direktorlari, FHDY bo’limlari mudiralari, tuman Fuqarolikni rasmiylashtirish va migratsiya bo’limi boshliqlari hamda Pensiya jamg‘armasining tuman bo’limi boshliqlari ishtirok etdi.

Seminarda fuqarolarning idorama-idora sarson bo'lishlarini oldini olish, sohadagi tizimli muammolarning yechimlari hamda fuqarolarga yanada qulayliklar yaratish yuzasidan fikrlar almashilib, sohaning istiqboli uchun amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

“Inson huquqlari — oliy qadriyat” huquqiy aksiyasi doirasida Andijon viloyatida sayyor qabullar davom etmoqda.

Mazkur aksiya doirasida Andijon viloyat adliya boshqarmasi tomonidan viloyatning Asaka, Bo'ston, Ulug'nor, Qo'rg'ontepa, Oltinko'l va Shahrixon tumanlarida ommaviy sayyor qabullar o'tkazildi.

Ommaviy sayyor qabulda 100 nafardan ziyod fuqarolarning muammolari tinglanib, aksariyat muammolarni joyida hal etish choralari ko'rildi.

Ommaviy sayyor qabullarda asosan mehnat, uy-joyga kadastr hujjatlarini tayyorlash, elektr va gaz ta'minoti, subsidiya, ish bilan ta'minlash, aliment, moddiy yordam ajratish va boshqa sohalarda murojaatlar qabul qilindi.

Mazkur murojaatlarga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi va o'rganish talab etiladigan murojaatlar adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo'limlari ish yurituviga qabul qilinib nazoratga olindi.

Andijon viloyatida “Inson huquqlari —oliy qadriyat” huquqiy aksiyasi doirasida ommaviy sayyor qabullar o'tkazilishi davom etmoqda.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi ishchi guruhi Buxoro viloyatida

Ayni kunlarda adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh Adliya vazirligining eng quyi tizimlari faoliyatini oʻrganish maqsadida Buxoro viloyatida.

Tashrif davomida vazirlik ishchi guruhi tomonidan Buxoro viloyatidagi adliya boʻlimlari, yuridik xizmat ko'rsatish markazlari, hududiy arxiv bo'limlari, davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY organlari faoliyati o'rganilmoqda, yangi binolarni qurish jarayonlari ko'zdan kechirilmoqda.

Maqsad fuqarolarga koʻrsatilayotgan xizmat sifatini aniqlash va mavjud kamchiliklarni bartaraf etishdan tashqari, tizim mas’ullari faoliyati yanada jadallashtirish, byurokratik cheklovlarni qisqartirish, xodimlarning fuqarolar bilan muloqot qilish qobiliyatlari va stressni boshqarish kabi koʻnikmalarni oshirish hamda yuqori professionallik bilan ularga xizmat koʻrsatish bo‘yicha ko‘rsatmalar berishdan iborat.

@adliyangiliklari