#Adliyadan_javob
❓ Foydali model deb nimaga aytiladi?
— Mahsulot yoki usulga tegishli har qanday sohadagi texnik yechim foydali model sifatida eʼtirof etiladi. Foydali model sifatida, masalan, usullar, qurilmalar, moddalar, mikroorganizmlar shtammlari, oʼsimliklar va hayvonlar hujayralarining turlari tan olinadi.
❓ Qaysi obyektlarga muhofaza taqdim etiladi?
— Аgar obyekt patentga layoqatlilikning quyidagi shartlariga javob bersa, foydali modelga patent berilishi mumkin:
• yangi boʻlsa, yaʼni mavjud texnika darajasida maʼlum boʻlmasa;
• sanoatda qoʻllash mumkin boʻlsa, yaʼni foydali modeldan sanoat, qishloq xoʻjaligi, sogʻliqni saqlash va faoliyatning boshqa sohalarda foydalanish mumkin boʻlsa.
@adliyangiliklari

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Rasmiy xabarlar I Официальные новости
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!
✅ Ўзбекистонда амалга оширилаётган маъмурий ислоҳотлар натижасида вазирлик ва идоралар сони оптималлаштирилди, айрим ташкилотлар бир-бирига қўшилди ёки қисқарди. Шунинг учун, биз давлат органлари ва ташкилотларининг Телеграмдаги каналлари рўйхатини янгиладик.
🔵 Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.
📌 Давлат органларининг расмий каналларининг янгиланган рўйхати билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.
Telegram | Facebook | Instagram | Медиабанк
Telegram | Facebook | Instagram | Медиабанк
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
Xabaringiz bor, joriy yilning 2–30-iyun kunlari Adliya vazirligi tomonidan “Inson huquqlari oliy qadriyat” huquqiy aksiyasi o‘tkazilmoqda.
Mazkur aksiya doirasida bugun, 22-iyun kuni adliya vaziri o‘rinbosari Sh.Rabiyev rahbarligida Toshkent shahar adliya boshqarmasi hamda tegishli mas’ul tashkilotlar bilan birgalikda Toshkent shahri Uchtepa tumani adliya bo’limida ommaviy sayyor qabul bo’lib o’tdi.
Sayyor qabul davomida 30 nafardan ziyod fuqarolar ishtirok etib, 5 nafar fuqaroning muammosi joyida hal qilindi. Jumladan, 1 nafar fuqaroga nogironlik aravachasi topshirildi, 30 nafardan ortiq fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi. O‘rganish talab etiladigan murojaatlar ish yurituvga qabul qilindi.

#Adliya_hudud
SAYYOR QABULDAN SO‘NG MUSLIMA PASPORT OLADIGAN BO‘LDI
Zebiniso Otamurodovaning qizi 16 yoshga to‘ldi va pasport olishga kelganda chigal muammolarga duch keldi.
Ma'lum bo‘lishicha, fuqaro qizi Muslima Hikmatovaga Andijon viloyatining Xonobod shahridan tug‘ilganlik guvohnomasi olgan. Ammo texnik xatolik sabab Muslimaning ismi tizimga noto‘g‘ri kiritilgani pasport olish uchun murojaat qilinganda aniqlangan.
Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Maqsud Qurbanovning “Inson huquqlari — oliy qadriyat” aksiyasi doirasida Narpay tumanida tashkil etilgan sayyor qabulida fuqaro mazkur muammoni qonuniy tartibda ko‘rib chiqishni so‘rab, murojaat qildi.
👉Batafsil

Respublika ishchi guruhi tomonidan Xo‘jayli tumanida joylashgan “Navro‘z” mahallasida sayyor qabul tashkil etildi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat xizmatlari departamenti boshlig‘i Sanjar Abdullayev va Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vazirining birinchi o‘rinbosari Elmurod Tursunovlar boshchiligida sayyor qabul tashkil qilinib, qabul davomida 86 ta davlat xizmatlari ko‘rsatildi va har xil mazmundagi 15 dan ortiq murojaatlar qabul qilindi.
Qabul davomida mamlakatimizda fuqarolarga yaratilayotgan imkoniyatlar va Yagona interaktiv davlat xizmatlar portalidan foydalanish imkoniyatlari bor ekanligi haqida huquqiy tushuntirishlar berildi.