#Adliya_xabari
Adliya vazirligi vakillari Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Elchixonasi vakillari bilan uchrashdi
Adliya vazirligida joriy yilning 26-may kuni boshqarma boshlig‘i A.Saydaxmedov boshchiligida Adliya vazirligi vakillari bilan Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi konsuli Li U Jin boshchiligidagi elchixona mutaxassislari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv boshida O‘zbekiston — Koreya adliya va huquq sohasidagi uzoq yillik hamkorlik masalalariga e’tibor qaratilib, istiqboldagi loyihalar xususida qisqacha to‘xtalib o‘tildi.
Uchrashuv davomida konsul Li U Jinn va elchixona vakillariga fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlariga oid hujjatlarni olish tartibi, guvohnoma namunaviy shakllari, apostil qo‘yish bilan bog‘liq rasmiy jarayonlar to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berildi.
@adliyangiliklari

“Davlat organlari va ta'lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi ta'lim va halollik tizimini yaratish” loyiha natijalari taqdimot qilindi
👉Batafsil

Hurmatli foydalanuvchilar!
Intellektual mulk obyektlarini ro‘yxatga olish bilan bog‘liq tartib-taomillarni to‘liq elektron shaklda avtomatlashtirilgan tarzda amalga oshirishga mo‘ljallangan Adliya vazirligi Intellektual mulk elektron davlat xizmatlari portali ishga tushurilishi munosabati bilan 2023-yil 29-maydan 5-iyungacha profilaktika ishlari olib boriladi.
Ushbu davrda ilgari topshirilgan talabnomalar bo‘yicha yozishmalarni amalga oshirish vaqtinchalik to‘xtatilishi haqida ma’lum qilamiz.
Vaqtinchalik noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raymiz!
_________
Уважаемые пользователи!
В связи с запуском Портала электронных государственных услуг интеллектуальной собственности Министерства юстиции, который предназначен для проведения в полностью электронной форме автоматизированным способом процедур, связанных с регистрацией объектов интеллектуальной собственности, будет проводиться профилактическая работа с 29 мая по 5 июня 2023 года.
В этой связи, мы уведомляем Вас о временном приостановлении осуществления переписок по ранее поданным заявкам в течение этого периода.
Заранее приносим извинения за временные неудобства!

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim_eslatma
💳 Biometrik pasportlaringizni ID-kartaga o'z vaqtida almashtirishni unutmang!
😄 Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
https://t.me/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach
54 nafar fuqaroning 200 million soʻmga yaqin ish haqqi undirib berildi
Chust tuman adliya boʻlimi tomonidan fuqaro Haydarjon Xakimov 53 nafar tuman obodonlashtirish boshqarmasiga qarashli qabriston nazoratchilarining 4-razryad bilan ishlagan ish haqlari toʻlab berilmayotganidan norozi boʻlib qilgan murojaati oʻrganib chiqildi.
👉Batafsil
@adliyangiliklari
54 nafar fuqaroning 200 million soʻmga yaqin ish haqqi undirib berildi
Chust tuman adliya boʻlimi tomonidan fuqaro Haydarjon Xakimov 53 nafar tuman obodonlashtirish boshqarmasiga qarashli qabriston nazoratchilarining 4-razryad bilan ishlagan ish haqlari toʻlab berilmayotganidan norozi boʻlib qilgan murojaati oʻrganib chiqildi.
👉Batafsil
@adliyangiliklari
#Adliya_xabari
Adliya vazirligi yuridik texnikumlarining reytingini aniqlash bo‘yicha nazorat ishlari (test) bo‘lib o‘tadi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlari reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risida nizomning 12-bandida reytingni aniqlash jarayonida tanlash asosida belgilangan soha mutaxassisliklari bo‘yicha yuridik texnikum o‘quvchilari uchun mutaxassislik fanlaridan test sinovlari shaklida nazorat ishlari o‘tkazilishi belgilangan.
Shunga ko‘ra, yuridik texnikumlarning 2-kurs o‘quvchilari uchun joriy yilning 26-iyun kuni nazorat ishlari (test) o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Nazorat ishlari o‘tkaziladigan soha mutaxassisliklari:
🔹 Davlat-huquqiy faoliyat;
🔹 Yuridik xizmat;
🔹Sud-huquqiy faoliyat.
Nazorat ishlari o‘tkaziladigan fanlar ro‘yxati:
🔹Davlat va huquq nazariyasi;
🔹Konstitutsiyaviy huquq.

Uchtepa tuman "Zarafshon" MFY hududida adliya vaziri o‘rinbosari A. Muxammadiyev tomonidan sayyor qabul o‘tkazilib, 200 dan ortiq fuqarolar qabul qilindi.
Sayyor qabul jarayonida tikuv mashinasi olish, kommunal sohada, moddiy yordam, xotin-qizlarga uy-joy ajratish va boshqa turdagi masalalar yuzasidan murojaatlar ish yurituviga qabul qilindi.
Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan qilingan murojaatlar asosida ularni sayyor tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, tegishli dori-vositalari bilan ta'minlanmoqda.
Shuningdek, fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi, jumladan, subsidiya olish va sanatoriyaga yo‘llanma olish ko‘rinishidagi davlat xizmatlari ko‘rsatildi.