ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
39 files
9.7K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Bugun, 24-may kuni Oliy Majlis Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan Adliya vazirligining 2022-yilda huquqiy targ‘ibot va ma’rifatning holati haqidagi axboroti ko‘rib chiqildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Аdliya vazirligi tomonidan aholi va tadbirkorlik subyektlari muammolari joyiga chiqqan holda oʼrganilmoqda

Joriy yilning 22—24-may kunlari adliya vaziri o‘rinbosari А. Muxammadiyev Toshkent shahrining Uchtepa tumanida tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan tanishdi hamda sayyor qabullar oʼtkazdi.

Jumladan, Uchtepa tumani “Zarafshon” MFYda joylashgan “Maks elit” MChJ va “Uchtepa” MFYda ish olib borayotgan "Koller teks" oilaviy korxonalari o‘z faoliyatlarida bojxona, yer va boshqa sohalarda muammolar uchrayotganligi inobatga olinib, ularga huquqiy tushuntirishlar berildi hamda faoliyatidagi muammolar yuzasidan amaliy yordam berilishi maʼlum qilindi.

Shuningdek, “Katta qani" va “Uchtepa” MFYlarida sayyor qabullar oʼtkazildi. Sayyor qabullar davomida 300 dan ortiq fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi. Xususan, shu joyning oʼzida “Uchtepa” MFYda istiqomat qiluvchi Z. Qoʼchqorovga koʼz kasalligini daʼvolash uchun Respublika ixtisoslashtirilgan koʼz mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga yoʼllanma olib berildi.

Fuqarolarga yanada qulaylik yaratish maqsadida, sayyor davlat xizmatlari koʼrsatildi. Jumladan, nafaqalar tayinlash, subsidiya olish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish va sanatoriyaga yoʼllanma olish koʼrinishidagi davlat xizmatlari koʼrsatildi. Bundan tashqari, moddiy yordamga muxtoj hamda nogironligi boʼlgan fuqarolarning ahvollaridan xabar olinib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari uylariga olib borib berildi.

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

❓O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet davlat fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga identifikatsiya ID-kartasi berish qaysi hollarda amalga oshiriladi?

— O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet davlat fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga identifikatsiya ID-kartasi berish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
a) O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy ro‘yxatga olingan chet davlat fuqarolariga yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga:
▪️ularning ota-onalari, vasiylarining (homiylarining) ixtiyoriga ko‘ra — bola tug‘ilgandan boshlab 16 yoshga to‘lguniga qadar;
▪️shaxs 16 yoshga to‘lganda;
shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, millati, fuqaroligi, tug‘ilgan sanasi, jinsi o‘zgarganda;
b) ID-kartaning amal qilish muddati tugaganda;
v) ID-kartaga yoki chipga kiritilgan ma’lumotlarda noaniqliklar, xatolar va texnik nuqsonlar mavjudligi aniqlanganda;
g) ID-karta yoki chip yaroqsiz holga kelganda;
d) ID-kartani ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilganida;
e) ID-karta yo‘qotib qo‘yilganda.

Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentyabrdagi PF-6065-son farmoni.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Uchtepa tumanida sayyor qabullar oʼtkazilmoqda

Adliya vaziri o‘rinbosari А. Muxammadiyevning Toshkent shahrining Uchtepa tumanida sayyor qabullari davom etmoqda. Bugun, 25-may kuni "Ko‘rkamobod" MFY hududida sayyor qabul o‘tkazilib, 60 nafardan ortiq fuqarolar qabul qilindi.

Sayyor qabul jarayonida tikuv mashinasi olish, bog‘chaga bolalarni ro‘yxatga qo‘yish, kommunal sohada, moddiy yordam, xotin-qizlarga uy-joy ajratish, davolanish uchun order berish va boshqa turdagi masalalar yuzasidan murojaatlar ish yurituviga qabul qilindi.

Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan qilingan murojaatlar asosida ular sayyor tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, tegishli dori vositalari bilan taʼminlanmoqda.

Shuningdek, "Katta qani", “Zarafshon” va “Uchtepa” MFYlarda aholi bilan uyma-uy yurgan holatda jami 257 ta xonadonlarda fuqarolarning muammolari o‘rganildi.

@adliyangiliklari
Forwarded from Huquqiy Gap
⚡️“Malakali yuridik yordam ko‘rsatish masalalari, elektron advokatlik orderini berish tartibi” mavzusida audio-podkast tashkil etiladi!

🎙Suhbat spikerlari:

➖ Yoqutxon Yusupova - O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi mas'ul xodimi;

➖ Jamshid Choriyev - O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi mas'ul xodimi.

⏰Ovozli chat 26-may kuni soat 16:30da @huquqiy_gap kanalida boshlanadi.

📥Savollaringizni @huquqiy_gap kanali izohlarda qoldiring.

Kanalga ulanish👇👇👇
@huquqiy_gap
#Bir_murojaat_izidan

Chustlik Erkinjon Isoqov tumaning oldi tadbirkorlardan. Hozirda 70 nafar doimiy, 50 nafar mavsumiy ishchilarni ish bilan taʼminlagan. Tadbirkorlik faoliyati davomida Chust tuman adliya boʻlimining huquqiy maslahat va koʻmaklaridan foydalanadi. Tuman adliya boʻlimi xodimlari esa bu kabi tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini doimo himoya qilib, uning murojaatlarini qonuniy hal etilishida koʻmaklashmoqda. Bu gal ham uning murojaati yuzasidan Chust tumanlararo Iqtisodiy sudiga fuqaro manfaatini koʻzlab davo arizasi kiritildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi vakillari Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Elchixonasi vakillari bilan uchrashdi

Adliya vazirligida joriy yilning 26-may kuni boshqarma boshlig‘i A.Saydaxmedov boshchiligida Adliya vazirligi vakillari bilan Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi konsuli Li U Jin boshchiligidagi elchixona mutaxassislari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv boshida O‘zbekiston — Koreya adliya va huquq sohasidagi uzoq yillik hamkorlik masalalariga e’tibor qaratilib, istiqboldagi loyihalar xususida qisqacha to‘xtalib o‘tildi.

Uchrashuv davomida konsul Li U Jinn va elchixona vakillariga fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlariga oid hujjatlarni olish tartibi, guvohnoma namunaviy shakllari, apostil qo‘yish bilan bog‘liq rasmiy jarayonlar to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berildi.

@adliyangiliklari