ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
39 files
9.7K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#TashkentLawSpring2023

Davlat xizmatlari: muvaffaqiyatlar, vazifalar va istiqbollar

“Tashkent Law Spring” III xalqaro yuridik forumining “Davlat xizmatlari: muvaffaqiyatlar, vazifalar va istiqbollar” mavzusidagi sessiyasi ham tashkil etildi.

Sessiya davomida adliya vaziri o‘rinbosari X. Meliyev davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida yaratilayotgan qulayliklar, aholi va tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan tezkor va sifatli davlat xizmatlari, sohani jadal rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida maʼlumot berib o‘tdi.

Shuningdek, mamlakatimizda aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish, xizmat koʻrsatish sohasini jadal rivojlantirish, koʻrsatilayotgan xizmatlar tarkibini, eng avvalo, ularning zamonaviy yuqori texnologik turlari hisobiga tubdan oʻzgartirish raqamli texnologiyalarni keng joriy etish bo‘yicha kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan rejalar haqida to‘xtaldi.

Mazkur sessiyada bir qancha xorijiy ekspertlar, shu jumladan BMT TDning Oʻzbekistondagi vakili oʻrinbosari Nika Saidi, TSARKA GROUP asoschisi hamda direktori, Qozogʻistondagi NATIONAL HOLDING ZERDE sobiq raisi Arman Abdrassilov, xalqaro ekspert Aleksandr Antonovs, Viskonsin-Madison universitetining siyosatshunoslik fanlari boʻyicha doktori va magistri Lin Enn Hammergren va boshqa mutaxassislar ishtirok etib, ushbu yoʻnalishdagi xalqaro tajriba bo‘yicha nutq so‘zladi.

Bunday kengaytirilgan va professional formatdagi tadbir O‘zbekiston va xorijiy davlatlarda norma ijodkorligi sifatini oshirishga qaratilgan huquqiy islohotlarni kompleks va chuqur muhokama qilish, jahondagi yangi tendensiyalarni tahlil qilish imkonini berdi.

@adliyangiliklari
#TashkentLawSpring2023

«Tashkent Law Spring» III Xalqaro yuridik forumi doirasida “Xalqaro nohukumat tashkilotlariga yaratilgan imkoniyatlar” mavzusida muhokama sessiyasi o‘tkazildi.
Unda 15 dan ortiq xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlari va 50 dan ortiq milliy NNT rahbar va vakillari ishtirok etdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#TashkentLawSpring2023

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan Singapur Respublikasi Huquq vazirligi o‘rtasida hamkorlik jadallashmoqda

Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Tashkent Law Spring” III xalqaro yuridik forumi doirasida joriy yilning 18-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri Akbar Toshqulov hamda Singapur Respublikasi Ichki ishlar va huquq vaziri K.Shanmugam o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Kashivishvanatxan Shanmugam boshchiligidagi Singapur delegatsiyasi shu kunlarda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro yuridik forumida faol ishtirok etib kelmoqda.

Akbar Toshqulov uchrashuv chog‘ida so‘ngi yillarda O‘zbekistonda investitsiya muhitining yaxshilanishi, bu borada yaratilayotgan keng imkoniyatlar va amalga oshirilgan huquqiy islohotlar haqida Singapurlik mehmonlarni tanishtirib, ushbu yo‘nalishda o‘zaro tajriba almashish har tomonlama manfaatli ekanligini ta’kidladi.

O‘z o‘rnida, K.Shanmugam “Tashkent Law Spring” III xalqaro yuridik forumi yuqori saviyada tashkillashtirilganini ta’kidlab, mazkur voqea xalqaro yuridik hamjamiyatni birlashtirishga hamda huquq sohasidagi muammolarga birgalikda yechim izlash uchun foydali platforma sifatida xizmat qilganini bildirdi.

Tomonlar nizolarni hal qilishning muqobil usullari – mediatsiya, arbitraj, Singapur hamkorlik dasturi (SCP) doirasida yuridik kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirishga, norma ijodkorligi, huquqni qo‘llash amaliyoti yo‘nalishlarida kelgusida Hamkorlik dasturini imzolash orqali aloqalarni mustahkamlashga kelishib oldilar.

@adliyangiliklari
#TashkentLawSpring2023

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov bilan Tojikiston Respublikasi adliya vazirining birinchi o‘rinbosari Nigina Alizoda o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi

Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Tashkent Law Spring” III xalqaro yuridik forumi doirasida joriy yilning 18-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov bilan Tojikiston Respublikasi adliya vazirining birinchi o‘rinbosari Nigina Alizoda o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida adliya vaziri o‘rinbosari M.Ikramov mehmonlarni inson huquqlarini ta’minlash, jumladan fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va diniy erkinliklarni to‘liq roʻyobga chiqarish, notariat, advokatura hamda jismoniy va yuridik shaxslarga huquqiy xizmat ko‘rsatuvchi borasida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishtirdi.

Shuningdek, Tojikiston tomoni uchun adliya vazirligida ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi to‘g‘risida taqdimot tashkil qilindi. Taqdimotda vazirlikdagi hujjatlar aylanishi, ish yurituvi tizimi haqida aytib o‘tildi.

Xususan, vazirlik mas’ul xodimlari tomonidan hujjatlarning kirim qilinishi, ularni ijrosini nazorat qilish, hujjatlarni mas’ul tashkilotlarga yuborish tartibi bilan bilan birga xodimlarning ish samaradorligini oshirish bo‘yicha vazirlikda yo‘lga qo‘yilgan amaliyot tushuntirib berildi.

Tomonlar mavjud idoralararo munosabatlarni jadallashtirish maqsadida nodavlat notijorat tashkilotlarning faoliyatini rivojlantirish, aholiga yuridik xizmat ko‘rsatish, ayniqsa bepul yuridik yordam ko‘rsatish sohalarida doimiy ravishda o‘zaro tajriba almashib turishga, hamkorlikda amaliy va samarador ishlarni yanada faollashtirishga kelishib oldilar.

Uchrashuv yakunida Tojikiston tomonini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob berildi.

@adliyangiliklari
#TashkentLawSpring2023

O‘lim jazosi bo‘lmasa ham, korrupsiya kam – Yaponiya sud-huquq tizimining e'tiborli tomonlari

Yaponiya davlat xizmatchilarining halolligi dunyo davlatlari orasida yuqori e'tirof etiladi. Ular orasida korrupsiya holati juda past. Davlat xizmatchilari uchun qattiq qoidalar ishlab chiqilgan. Masalan, davlat xizmatchilariga unga taalluqli bo‘lgan odamlardan 5 ming iena (taxminan 40-50 AQSh dollari) atrofidagi summadan ortiq summada hadya olish mumkin emas.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#TashkentLawSpring2023
 
Toshkentda Markaziy Osiyo mintaqasida huquq sohasidagi muhim voqealardan biri hisoblangan “Tashkent Law Spring” III Xalqaro yuridik forumi bo‘lib o‘tdi. Forum yagona platformada 600 dan ortiq mahalliy va xorijiy ekspertlarni birlashtirdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari