ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.6K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
39 files
9.7K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Fotonigoh

📸 Vazirlikda adliya faxriylari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

@adliyangiliklari
​#Adliyadan_javob

❓Ommaviy axborot vositasi sifatida faoliyatni amalga oshirish tartibi qanday?

— Jismoniy va yuridik shaxslar ommaviy axborot vositasi sifatida faoliyatni amalga oshirish uchun davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali ariza yuboradi.

Arizani ko‘rib chiqish muddati 10 kun. Arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im undirilmaydi.
____________


❓Ommaviy axborot vositasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma olish uchun ariza to‘ldirish uchun qanday ma’lumotlar kerak va qaysi turdagi hujjatlar ilova qilinishi lozim ?

a) ariza.
Arizada quyidagilar ko‘rsatiladi:
▪️yuridik shaxs uchun — nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), xizmat ko‘rsatuvchi bankning nomi va hisobvarag‘i, telefon raqami;
▪️jismoniy shaxs uchun — F.I.O., JSh ShIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), xizmat ko‘rsatuvchi bankning nomi va hisobvarag‘i, telefon raqami;
▪️ommaviy axborot vositasining nomi, tili va turi;
▪️maqsad va vazifalari;
▪️ixtisoslashuvi;
▪️tarqatilish hududi (veb-sayt bundan mustasno) va shakli;
▪️davriyligi;
▪️moliyalashtirish manbalari;
▪️tahririyatning joylashgan joyi (pochta manzili) va tahririyat to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlar;
▪️hajmi;

b) ommaviy axborot vositasi (shu jumladan, Internet jahon tarmog‘idagi veb-sayt) tahririyati yuridik shaxs bo‘lmagan hollarda tahririyat to‘g‘risidagi nizomning elektron nusxasi;
v) muassis ikkita bo‘lgan taqdirda, ta’sis shartnomasining elektron nusxasi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan “Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risida yagona nizom”.

@adliyangiliklari
#Muhim

📣📣 OAV vakillari, jurnalistlar va blogerlar diqqatiga!

Adliya vazirligi tomonidan ertaga, 8-may kuni OAV vakillari, jurnalist va blogerlar uchun “Islohotlar davrida ommaviy axborot vositalarining roli, jurnalistlarning axborot tarqatishdagi huquq va majburiyatlari” mavzusida davra suhbati tashkil etilmoqda.

Davra suhbatidan ko‘zlangan maqsad — malakali mutaxassislar tomonidan axborot olish, qayta ishlash va tarqatishda jurnalistlarning huquq va majburiyatlari, ommaviy axborot vositalarida shaxsga doir ma’lumotlardan foydalanishning tartibi va shartlari, ommaviy axborot vositalarining jamoatchilik nazoratini o‘rnatishdagi ishtiroki haqida ma’lumot berishdan iborat.

⏰ 8-may, soat 11:00–13:00ga qadar

🏢 Manzil: Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 5-uy — Adliya vazirligi binosida

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

❓Ommaviy axborot vositasi sifatida faoliyatni amalga oshirishda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im miqdori qancha?

— OAV sifatida faoliyatni amalga oshirishda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im miqdori:

a) davriy bosma nashrlar (gazeta, jurnal, axborotnoma, byulleten, almanax va boshqalar) — bazaviy hisoblash miqdorining 12,5 baravari;
b) tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar, Axborot agentliklari — bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari;
v) mahsulotlari Internet global axborot tarmog‘i orqali tarqatiladigan ommaviy axborot vositalari (gazeta, jurnal, axborotnoma, byulleten, almanax, tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar va boshqalar) — bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi;
g) asosan bolalar, o‘smirlar, nogironlar uchun mo‘ljallangan, shuningdek, ta’lim va madaniy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ommaviy axborot vositalari (gazeta, jurnal, axborotnoma, byulleten, almanax, tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar va boshqalar) — bazaviy hisoblash miqdorining 2,5 baravari;
d) reklama xususiyatiga ega bo‘lgan ommaviy axborot vositalari (gazeta, jurnal, axborotnoma, byulleten, almanax, tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar va boshqalar) — bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan “Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risida yagona nizom”.

@adliyangiliklari
#Adliyadan_layfxak

Pensiyaga chiqish tartibidan xabardormisiz?

Orangizda pensiya yoshiga yetganlar bormi? Pensiyaga chiqish tartibini-chi, bilasizmi? Qayerga borish, qanday hujjatlar topshirish kerak?

Ayrim hollarda fuqarolar muddatidan oldinroq ham pensiyaga chiqishi mumkin. Ushbu huquqiy layfxakda pensiyaga chiqish tartibi tushuntirilgan.

Batafsil 👉 https://youtu.be/6jyjCFZmF1g

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#videodaydjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik daydjesti.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi va Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan hamkorlikda 8-may kuni “Islohotlar davrida ommaviy axborot vositalarining roli, jurnalistlarning axborot tarqatishdagi huquq va majburiyatlari” mavzusida OAV vakillari, jurnalist va blogerlar uchun davra suhbati tashkil etildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

📹 Bugun Adliya vazirligida OAV vakillari, jurnalist va blogerlar uchun “Islohotlar davrida ommaviy axborot vositalarining roli, jurnalistlarning axborot tarqatishdagi huquq va majburiyatlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi ishchi guruhi Samarqanda

Ayni damda adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh Adliya vazirligining eng quyi tizimlari faoliyatini oʻrganish maqsadida Samarqand viloyatida.

Tashrif davomida vazirlik ishchi guruhi tomonidan Samaraqand viloyatida boʻlib adliya boʻlimlari, davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY organlari faoliyatini oʻrganish, rejalashtirilgan.

Maqsad fuqarolarga koʻrsatilayotgan xizmat sifatini aniqlash va mavjud kamchiliklarni bartaraf etishdan tashqari, tizim mas’ullari faoliyati yanada jadallashtirish, byurokratik cheklovlarni qisqartirish, xodimlarning fuqarolar bilan muloqot qilish qobiliyatlari va stressni boshqarish kabi koʻnikmalarni oshirish hamda yuqori professionallik bilan ularga xizmat koʻrsatish bo‘yicha ko‘rsatmalar berishdan iborat.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
9-may – Xotira va Qadrlash kuni

Adliya vazirligi jamoasi umumiy tarixiy xotira orqali birdamlik va hamjihatlikka chorlovchi ushbu kun bilan barchani samimiy muborakbod etadi!

Xotira o‘zlikni anglatib turadi, qadr insonni yuksaklikka ko‘taradi.

@adliyangiliklari