ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.6K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
39 files
9.7K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_brifing

Adliya vaziri o‘rinbosari Alisher Karimov bugun, 29-aprel kuni o‘tkazilgan brifingda adliya organlari tomonidan yangilanayotgan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida axborot berdi

👉Batafsil

📹 https://fb.watch/kcuzw0tFj-/

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodaydjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik daydjesti.

@adliyangiliklari
"Suyunchi puli"ni olish tartibi: qanday hujjatlar kerak?
Uni olish uchun bankka borish shartmi?

Batafsil
👉 https://youtu.be/lid9DBcXHvs

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
#Adliya_aralashgach

Qiziltepa tumani adliya bo‘limi aralashuvi bilan korxonaga qariyb bir milliard so‘m to‘lab berilishi ta’minlandi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Tadbirkorning qariyb 200 million so‘mlik pullari qaytarildi

Aniqlanishicha, buyurtmachi — Samarqand shahar hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi va pudratchi “B.J.” MChJ (qisqartirilgan) o‘rtasida 2022-yil 2-noyabrda pudrat shartnomasi tuzilgan bo‘lib, mazkur shartnomaga asosan Samarqand shahridagi Xalqlar Do‘stligi ko‘chasini 198 000 000 so‘mlik joriy ta'mirlash ishlarini amalga oshirish hamda ta'mirlash ishlari 2022-yilning 25-noyabrga tugashi belgilangan.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Nagoya iqtisodiyot universiteti vakillari bilan uchrashdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Andijon viloyatida 3 nafar notariusning litsenziyalari vaqtincha to‘xtatildi

Andijon viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2023-yil 20-apreldagi 6-son yig‘ilish qaroriga asosan adliya boshqarmasi tomonidan

➖Shahrixon tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi
▪️notarius S.Kabulova (litsenziya AN 0062, 11.12.2020-yil)ga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi 2023-yil 21-aprel kunidan 2023-yil 21-may kuniga qadar 1 oy muddatga,
▪️ notarius B. Mo‘ydinov (litsenziya AN 0061, 14.10.2020-yil)ga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi 2023-yil 21-aprel kunidan 2023-yil 21-may kuniga qadar 1 oy muddatga,

➖Andijon shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi
▪️notarius O. Gafurov (litsenziya L-664221, 15.11.2022-yil)ga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi 2023-yil 21-aprel kunidan 2023-yil 5-may kuniga qadar 15 kun muddatga to‘xtatildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligida oyning eng yaxshi xodimi aniqlandi

Jinoiy, ma'muriy va ijtimoiy qonunchilik boshqarmasi bosh maslahatchisi Xalil Shamilevich Xalilov 2023-yilning aprel oyi uchun vazirlik tomonidan oyning eng yaxshi xodimi deb topildi.

X. Xalilov adliya organlaridagi mehnat stajini 2019-yilda Adliya vazirligi rahbariyat qoshidagi apparatning qabulxona kotibi lavozimidan boshlagan, 2019–2020-yillarda Adliya vazirligi Jinoiy, ma'muriy va ijtimoiy qonunchilik boshqarmasida katta maslahatchi, 2020–2021-yillarda ushbu boshqarmada yetakchi maslahatchi lavozimlarida faoliyat yuritib, 2021-yildan Adliya vazirligi Jinoiy, ma'muriy va ijtimoiy qonunchilik boshqarmasining bosh maslahatchisi lavozimida ishlab kelmoqda.

X. Xalilov jinoyat, jinoyat-prosessual, sud va prokuratura to‘g‘risidagi qonunchilik hamda jamoat tartibini saqlash sohasiga doir normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish hamda ularni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish, mazkur sohalarda huquqiy siyosatning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqishda samarali faoliyat yuritmoqda.

Vazirlik jamoasi Xalil Shamilevichni ushbu e'tirof bilan tabriklaydi. Kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, g‘ayrat va shijoat doimiy hamroh bo‘lishini tilaydi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Xalqimizning ulug‘ qadriyatlaridan biri yoshi ulug‘ insonlarga, keksalarga hurmat-ehtirom kо‘rsatish, ularning kо‘p yillik hayotiy va mehnat tajribalari asosidagi qadrli maslahatlaridan bahramand bо‘lish va duolarini olib yurishdir.

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan uzoq yillar davomida boshqarma  tizimida faoliyat olib borgan mehnat faxriylarini xolidan xabar olindi.

@adliyangiliklari
#Adliya_sarhisob

2023-yilning 1-choragida Adliya vazirligi tizimida murojaatlar bilan ishlash holati

@adliyangiliklari
#Bir_murojaat_izidan

Yangiqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi tomonidan tumandagi 20-sonli ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti hamshirasi Vazirlar Mahkamasining qarorida belgilangan ustama haqlarini to‘lab berilmaganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganib chiqildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Hududiy adliya organlariga qonunchilik hujjatlarini tartibga solish ta'sirini baholash va korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish masalalarida metodik yordam ko‘rsatildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Bilasizmi

Turli davlatlarda mualliflik huquqini buzganlik uchun jazo choralari belgilangan.

Masalan:
1. AQShda jarima 250,000 AQSh dollarigacha hamda 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
2. Buyuk Britaniyada 60,000 funt sterlinggacha jarima hamda 10 yil muddatgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
3. Germaniyada 50,000 yevrogacha jarima hamda 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
4. Fransiyada 500,000 yevrogacha jarima hamda 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
5. Hindistonda eng kamida 50,000 hind rupisida jarima hamda 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
 
@adliyangiliklari
#xotira_va_qadrlash_kuni #uzarxiv

‼️DIQQAT E‘LON‼️

📣📣HURMATLI JURNALISTLAR, BLOGERLAR HAMDA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XODIMLARI!

✅Joriy yilning 5-may kuni, soat 10:00 da, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi binosida “9 may - Xotira va Qadrlash kuni” munosabati bilan O‘zbekistonning Ikkinchi jahon urushidagi buyuk g‘alabaga qo‘shgan ulkan hissasini namoyish etuvchi “Vatan fidoyi farzandlarini hech qachon unutmaydi” shiori ostida “Xotira – abadiy, inson qadri – muqaddas” arxiv hujjatlari va muzey eksponatlari ko‘rgazmasiga taklif etamiz.

⏰Vaqti: 5-may, soat 10:00 da

🏢Manzil: Toshkent shahri, Sharof Rashidov ko‘chasi 3-uy

—-
✔️ “O‘zarxiv” agentligining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | OK | Twitter