ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.6K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
39 files
9.7K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Ayni damda Adliya vazirligi mas’ul xodimlari va X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi rahbariyati Belarus Respublikasi Davlat sud ekspertiza qo‘mitasida “Sud ekspertizasi: hozirgi zamonaviy sharoitda nazariya va amaliyot” mavzusidagi III xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada hamda Belarus Respublikasi Davlat sud ekspertiza qo‘mitasi tashkil etilganligining 10 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan tantanali tadbirda ishtirok etishmoqda.

Tadbirda bir qator xorijiy davlatlar sud ekspertiza muassasalari jumladan, O’zbekiston, Xitoy xalq Respublikasi, Vyetnam, Hindiston, Armaniston, Azarbayjon, Rossiya Federatsiyasi kabi davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlari vakillari hamda davlat sud ekspertlari ishtirok etishdi.

Xalqaro konferensiyada X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi direktori Akram Xalilov O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Markaz nomidan tabrik so’zi va “O‘zbekistonda sud ekspertiza, kecha va bugun. Islohotlar samarasi” mavzusidagi ma’ruza bilan ishtirok etib, Markaz faoliyati uning bugungi kundagi nufuzi, sud-ekspertlik faoliyatida amalga oshirilgan islohotlar va qabul qilingan bir qator normativ huquqiy hujjatlar mazmun mohiyati, joriy etilgan yangi tur ekspertizalar, Sud ekspertlik ilmiy tadqiqot instituti faoliyati haqida ma’lumot berib o’tdi.

@adliyangiliklari
#Yangi_Konstitutsiya

Yangilanayotgan Konstitutsiya: xalq hokimiyatchiligiga oid eng muhim 5 ta norma

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligida Xalqaro xususiy huquq bo‘yicha Gaaga Konferensiyasi Doimiy byurosi Bosh kotibi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

👉
Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_brifing

Adliya vaziri o‘rinbosari Alisher Karimov bugun, 29-aprel kuni o‘tkazilgan brifingda adliya organlari tomonidan yangilanayotgan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida axborot berdi

👉Batafsil

📹 https://fb.watch/kcuzw0tFj-/

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodaydjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik daydjesti.

@adliyangiliklari
"Suyunchi puli"ni olish tartibi: qanday hujjatlar kerak?
Uni olish uchun bankka borish shartmi?

Batafsil
👉 https://youtu.be/lid9DBcXHvs

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
#Adliya_aralashgach

Qiziltepa tumani adliya bo‘limi aralashuvi bilan korxonaga qariyb bir milliard so‘m to‘lab berilishi ta’minlandi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Tadbirkorning qariyb 200 million so‘mlik pullari qaytarildi

Aniqlanishicha, buyurtmachi — Samarqand shahar hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi va pudratchi “B.J.” MChJ (qisqartirilgan) o‘rtasida 2022-yil 2-noyabrda pudrat shartnomasi tuzilgan bo‘lib, mazkur shartnomaga asosan Samarqand shahridagi Xalqlar Do‘stligi ko‘chasini 198 000 000 so‘mlik joriy ta'mirlash ishlarini amalga oshirish hamda ta'mirlash ishlari 2022-yilning 25-noyabrga tugashi belgilangan.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Nagoya iqtisodiyot universiteti vakillari bilan uchrashdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Andijon viloyatida 3 nafar notariusning litsenziyalari vaqtincha to‘xtatildi

Andijon viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2023-yil 20-apreldagi 6-son yig‘ilish qaroriga asosan adliya boshqarmasi tomonidan

➖Shahrixon tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi
▪️notarius S.Kabulova (litsenziya AN 0062, 11.12.2020-yil)ga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi 2023-yil 21-aprel kunidan 2023-yil 21-may kuniga qadar 1 oy muddatga,
▪️ notarius B. Mo‘ydinov (litsenziya AN 0061, 14.10.2020-yil)ga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi 2023-yil 21-aprel kunidan 2023-yil 21-may kuniga qadar 1 oy muddatga,

➖Andijon shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi
▪️notarius O. Gafurov (litsenziya L-664221, 15.11.2022-yil)ga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi 2023-yil 21-aprel kunidan 2023-yil 5-may kuniga qadar 15 kun muddatga to‘xtatildi.

@adliyangiliklari