ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.6K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
39 files
9.7K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
0⃣0⃣0⃣ • Targ‘ibot poyezdi: 150 dan ortiq oliy va professional ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlar, harbiy qismlar, aholi yashash manzillarida huquqiy targ‘ibot o‘tkazildi

👉 Batafsil va FOTOlar...

0⃣0⃣0⃣ • Поезд пропаганды: правовая пропаганда проведена в более чем 150 высших и профессиональных учебных заведениях, предприятиях и организациях, воинских частях, населенных пунктах

👉 Подробнее и ФОТОграфии...

0️⃣0️⃣0️⃣ • Propaganda train: legal propaganda was carried out in more than 150 higher and professional educational institutions, enterprises and organizations, military units, settlements

👉 More & PHOTOs...

👍👍 @tsulofficial
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan

Nogironligi bo‘lgan o‘qituvchidan undirilgan ortiqcha pullar qaytariladi

Toyloq tuman adliya bo‘limi tuman xalq ta'limi bo‘limiga nisbatan sudga da'vo arizasi bilan murojaat qildi. Xo‘sh, bunga sabab nima?

Aniqlanishicha, Fayziobod mahallasida yashovchi fuqaro A.Q. tumandagi 42-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabda 2015 yildan buyon ishlab keladi. Tegishli tibbiy ma'lumotga ko‘ra, unga nogironlik belgilangan.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📣📣Diqqat!

Davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari, kadrlar xizmati xodimlari, davlat fuqarolik xizmatchilari diqqatiga!

Ma'muriy islohotlar davrida sizga yuridik xizmat ko‘rsatish va qonuniy haq-huquqlaringizni ta'minlash maqsadida qulaylik yaratildi.

"Yangi O‘zbekiston ma'muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident Farmoni bilan amalga oshirilayotgan islohotlarga oid har qanday murojaatlaringizga tezkor javob berish maqsadida 1136 Call markazi hamda @murojaat_argos_bot telegram boti faoliyatini davom ettiradi.

❗️Murojaatlar haftaning dushanba kunidan juma kunigacha (bayram kunlaridan tashqari) soat 09:00 dan 13:00 gacha va 14:00 dan 18:00 gacha qabul qilinadi.

▫️Unutmang, har bir murojaat bizning nazoratimizda!

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Adliya aralashuvi bilan fermer xo‘jaligi yerlari qaytarildi

Nurobodda fermer xo‘jaligi nomidan soxta ariza yozilib, unga tegishli yer tuman hokimligining zaxira yerlari hisobiga qaytarilgan. Tuman adliya bo‘limiga kelib tushgan navbatdagi murojaat har qanday kishini taajjubga soladi.

Aniqlanishicha, tumanning “Oltinsoy” MFY hududida yashovchi fuqaro M.I.ning fermer xo‘jaligiga ajratilgan yer maydoni olib qo‘yilishiga ana shu soxta ariza asos bo‘lib xizmat qilgan.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_teleloyiha

Ayni vaqtda Adliya vazirligi va "O‘zbekiston" telekanali tomonidan o‘zaro hamkorlikda tayyorlanib efirga uzatilayotgan "YURIDIK KLINIKA" ko‘rsatuvi jonli efirda chiqmoqda.

Mavzu: Maktab va maktabgacha ta'lim sohasidagi yangiliklar, erishilgan natijalar

Ko‘rsatuvda Maktab va maktabgacha ta'lim vazirligi mas'ul xodimlari Sizlardan kelib tushgan savollarga javob beradi.

Mavzu yuzasidan o‘z savollaringizni @yuridiklinikabot Telegram-boti yoki to‘g‘ridan- to‘g‘ri efir vaqtida 71-233-75-74 telefon raqamiga bog‘lanish orqali yuborishingiz mumkin.

❗️ Jonli efir vaqtida o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob topish imkoniyatiga egasiz.

Jonli efirni kuzatish uchun havola 👉https://www.youtube.com/embed/cpRyRP4Wlq4

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan Rishton tumani istirohat bog‘ida “Konstitutsiya —kelajagimiz kafolati” shiori ostida huquqiy aksiya o‘tkazildi.

Aksiyada 300 dan ziyod yoshlar faol ishtirok etdi. Davlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan aksiyaga tashrif buyurgan fuqarolarga huquqiy maslahatlar berildi. Yoshlar o‘rtasida sovrinli viktorinalar o‘tkazildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

SUVLIQLIKLAR MUROJAATI HUQUQIY TARTIBDA O‘RGANILDI

Navoiy viloyati adliya boshqarmasi, ichki ishlar boshqarmasi va harbiy prokuraturasi hamkorligida Nurota tumanining olis manzillaridan biri bo‘lgan Suvliq qishlog‘ida aholi uchun sayyor qabul o‘tkazildi. Mazkur hudud tuman markazidan 85 kilometr uzoqlikda joylashgan. Unda tizim rahbarlari aholining mavjud dolzarb muammolarni aniqlash maqsadida fuqarolar murojaatlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot orqali yechim topdilar.

Sayyor qabul jarayonida uy-joy ta’minoti, ta’lim, tadbirkorlik va chorvachilik yo‘nalishlarida krediti olish, davolanish uchun pul mablag‘i olish, sud-huquq masalasi, uy-ta’miri, ishga joylashish kabi murojaatlari yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi.

Kelib tushgan murojaatlarning aksariyati joyida hal qilinib, ayrimlari tegishliligiga ko‘ra yo‘naltirildi. Bundan tashqari, qabul mobaynida mobil ofis orqali aholiga sayyor tartibda60 dan ortiq davlat xizmatlari koʼrsatildi. Subsidiya, taksi faoliyati bilan shugʼullanish, oʼquv markazlari tashkil etish, yakka tartibda tadbirkorlikni yoʼlga qoʼyish shular jumlasidan.

Sayyor xizmat jarayonida 4 ta tadbirkorlik subyekti davlat roʼyxatidan oʼtkazildi fuqarolarga 60 dan ortiq boshqa turdagi davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

“Men befarq emasman” shiori ostida o‘tkaziladigan “Targ‘ibot poyezdi” Buxoroga yetib keldi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

“Notariat to‘g‘risida”gi Qonunining 15-2- moddasiga muvofiq va Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2023-yil 7-apreldagi 1-son majlis bayoniga hamda adliya boshqarmasi boshlig‘ining 2023-yil 10-apreldagi 61-um-son buyrug‘iga asosan:

▪️Sho‘rchi tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Yusuf Yodgarovich Bazarovning litsenziyasi (litsenziya: SU №0014, 22.04.2020-yil) va notarius maqomi 2023-yil 17-aprel kunidan 6 oy muddatga;
▪️Qumqo‘rg‘on tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Nargiza Xasanovna Abdullayevaning litsenziyasi (litsenziya: SU №0009, 21.04.2020-yil) va notarius maqomi 2023-yil 17-aprel kunidan 2 oy muddatga;
▪️ Denov tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Bekzod Chariyevich Ismailovning litsenziyasi (litsenziya: SU №0008, 21.04.2020-yil) va notarius maqomi 2023-yil 17-aprel kunidan 1 oy muddatga;
▪️Sherobod tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Lazizjon Rustamovich Rustamovning litsenziyasi (litsenziya: SU №0036, 15.05.2020-yil) va notarius maqomi 2023-yil 17-aprel kunidan 1 oy muddatga;
▪️Termiz shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Hamro Xudaymurotovich Boboqulovning litsenziyasi (litsenziya: SU №0026, 22.04.2020-yil) va notarius maqomi 2023-yil 17-aprel kunidan 15 kun muddatga;
▪️Uzun tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Jasur Alisherovich Shomurodovning litsenziyasi (litsenziya: SU №0007, 21.04.2020-yil) va notarius maqomi 2023-yil 17-aprel kunidan 15 kun muddatga to‘xtatildi.

@adliyangiliklari
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

✅ Ўзбекистонда амалга оширилаётган маъмурий ислоҳотлар натижасида вазирлик ва идоралар сони оптималлаштирилди, айрим ташкилотлар бир-бирига қўшилди ёки қисқарди. Шунинг учун, биз давлат органлари ва ташкилотларининг Телеграмдаги каналлари рўйхатини янгиладик.

🔵 Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

📌 Давлат органларининг расмий каналларининг янгиланган рўйхати билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.

Telegram | Facebook | Instagram | Медиабанк
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_Konstitutsiya

Fuqarolar davlat ta'lim tashkilotlarida tanlov asosida davlat hisobidan oliy ma'lumot olishga haqli.

@adliyangiliklari
#Bir_murojaat_izidan

Adliya: Narpayda gʻayriqonuniy ishdan boʻshatilgan xodim ishga tiklandi

Narpay tumani “Alisher Navoiy” mahallasida yashovchi fuqaro R.Haydarova tuman mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi tomonidan noqonuniy ishdan boʻshatildi. Afsuski uning dodini hech kim eshitmadi, eshitgisi kelmadi. Chunki fuqaroga nisabatan qoʻllanilgan harakat gʻayriqonuniy edida.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
⚡️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ–3666-son "O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida" qaroriga muvofiq Adliya vazirligi yuridik texnikumlari tashkil etilgan.

✅ 5 yil davomida yuridik texnikumlar faoliyatida erishilgan natijalarga nazar tashlasak.

✅ O‘tgan davr mobaynida yuridik texmnikumlar faoliyatini tartibga solish va o‘quv jarayonlarini sifatli va samarali tashkil etishda 10 dan ortiq qonunchilik hujjatlari qabul qilinib, amaliyotga tatbiq etildi;

✅ Yuridik texnikumlarga mamalakatimizdagi umumiy o‘rta ta'lim maktablari, akademik litsey, kasb-hunar maktablari va kollejlarni tamomlagan o‘quvchilar hujjat topshirishlari mumkin.

✅ Yuridik texnikumda 3 ta: “Davlat huquqiy faoliyat”, “Sud huquqiy faoliyat” va “Yuridik xizmat” soha mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv jarayonlari olib boriladi;

Batafsil...

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
• Telegram | • Instagram | • Facebook
#Adliya_xabari

Tuman (shahar) adliya bo‘limlari tashkil etilganiga 5 yil to‘ldi!

Sana munosabati bilan adliya vaziri tabrik yo‘lladi:

"Bugun adliya tizimida tarixiy sana — tuman (shahar) adliya bo‘limlari tashkil etilganligiga 5 yil to‘ldi.

Bo‘limlar tashkil etilishi bizga fuqarolar huquqini himoya qilish, davlat boshqaruv faoliyatini huquqiy ta'minlash, jamiyatda huquq ustuvorligini targ‘ib qilish uchun xalqimizga yanada yaqinroq bo‘lib ishlash imkonini berdi. Albatta hali qilishimiz kerak bo‘lgan ishlar ko‘lami keng.

Bugungi sana murosabati bilan barcha hamkasblarni tabriklayman!

Vatanimiz va xalqimiz oldidagi vazifamizni to‘la bajarishda omad yor bo‘lsin. Bu yo‘lda bizga ishonch bildirib, qo‘llab-quvvatlayotgan va hamkorlik qilayotgan barchaga yurtdoshlarimizga minnatdorchilik bildiramiz"
.

@adliyangiliklari