ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.6K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
39 files
9.7K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Advokatlar bilan ochiq muloqot: “Advokatura sohasidagi islohotlarning mazmun-mohiyati, muammo va yechimlar”

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

❓Gidrogeologik xulosada qanday ma’lumotlar aks ettiriladi?

— Gidrogeologik xulosada quyidagi asosiy ma’lumotlar aks ettiriladi:
▫️ko‘rsatilgan hududning geologik-gidrogeologik tuzilishi haqida ma’lumot;
▫️yer osti suv qatlamining tavsifi, gidrokimyoviy va gidrodinamik xossalari haqida ma’lumot;
▫️tegishlicha loyihalashtirilayotgan quduqlarning konstruksiyasiga tavsiyalar.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-yanvardagi 9-son qarori bilan tasdiqlangan “Gidrogeologik xulosa berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning” ma’muriy reglamenti.
 
@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Mobil-ID tizimi orqali 804 356 nafar fuqarolar ro‘yxatdan o‘tgan

Mobil-ID tizimi
– interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatishda foydalanuvchini ro‘yxatga olish, identifikatsiyalash, autentifikatsiyalash, verifikatsiya qilish hamda idoralararo elektron hamkorlik qilishda foydalanuvchilar bilan aloqani ta minlashga mo‘ljallangan ʼ mobil telefon raqamiga bog‘langan identifikatsiya tizimi hisoblanadi.

Mobil-ID tizimi “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalash bo‘yicha yagona axborot tizimining tarkibiy qismi hisoblanib, shaxsni uning mobil telefon raqami orqali identifikatsiyalashni nazarda tutadi.

Bugungi kunga qadar Mobil-ID tizimi orqali 804 356 nafar fuqarolar ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, uning xizmatlaridan 90 ming martadan ortiq foydalanilgan.

@adliyangiliklari
#Yangi_Konstitutsiya

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatning butun hududida oliy yuridik kuchga ega to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladi va yagona huquqiy makonning asosini tashkil etadi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Hududiy adliya organlari tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi mazmun-mohiyati yuzasidan davra suhbatlari, uchrashuvlar, seminarlar oʻtkazilmoqda.
__________

▪️Toyloqda
yangilanayotgan Konstitutsiya boʻyicha davra suhbati oʻtkazildi

👉Batafsil
__________

▪️Kosonsoy tuman FHDY bo‘limi tomonidan bo‘limiga tashrif buyurgan fuqarolar bilan "Yangilanayotgan Konstitutsiya — yurtimiz va xalqimizning farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos bo‘ladi" mavzusida uchrashuv va davra suhbati tashkil etildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Mamlakatimizdagi Konstitutsiyaviy islohotlardan fuqarolarimiz qay darajada xabardor?! Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazildi.

@adliyangiliklari
#Eslatma

⚡️2010-yilgacha olingan “prava”ni yangisiga almashtirish oxirgi muddati – 31-mart

🔰 Eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari
va avtomototransport roʻyxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarni majburiy almashtirish muddati quyidagicha:

▫️ 2010-yilgacha bo‘lgan davrda berilganlari – 2023-yil
31-martgacha;
▫️ 2010 – 2012-yillarda berilganlari – 2023-yil 30-iyungacha;
▫️ 2013 – 2015-yillarda berilganlari – 2023-yil 30-sentyabrgacha;
▫️ 2015-yildan keyin berilganlari – 2023-yil 31-dekabrgacha.

Yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.

‼️Eski
“prava”ni yangisiga almashtirish uchun nafaqat Davlat xizmatlari markazlariga, balki Ichki ishlar bosh boshqarmasi
Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari (IIBB YHXB)ga murojaat qilishingiz yoki uydan turib YIDXP (my.gov.uz) orqali buyurtma berishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
🏆👩‍💻👨‍💻 • Toshkent davlat yuridik universiteti — QS xalqaro reytingi e’tirofida

28-mart Buyuk Britaniyaning eng nufuzli xalqaro reyting tashkilotlaridan biri QS xalqaro reytingi tomonidan dunyo universitetlari, ularning yutuqlari va muvaffaqiyatlari haqida nashrlar chop etildi. Mazkur nashrlarda mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari orasidan faqatgina Toshkent davlat yuridik universiteti e’tirof etilib, O‘zbekistonning eng yetakchi universiteti sifatida qayd etildi.

✅ QS tomonidan TDYU va uning xalqaro reytinglardagi muvaffaqiyatlari, QS Stars xalqaro reytingidagi yutuqlari va uning universitet brendiga ta’siri bo‘yicha maqola tayyorlanib, turli veb saytlarda e’lon qilindi. Ushbu nashrlarda QS Stars tomonidan Toshkent davlat yuridik universitetining ta’lim sifati (Teaching) va bitiruvchilarni ish bilan ta’minlanganlik darajasi (Employability) yo‘nalishi bo‘yicha jahonda 5 yulduzli universitet sifatida qayd etilishi juda katta natija ekani alohida ta’kidlanib, TDYU tajribasi dunyo universitetlariga namuna bo‘lgani qayd etildi.

🏆 Maqola bilan quyidagi link orqali tanishish mumkin...

Ma’lumot uchun: QS xalqaro reyting tashkiloti tomonidan yiliga 1 marta dunyo universitetlari muvaffaqiyatlari va yutuqlari bo‘yicha nashrlar chop etiladi.

👍👍 @tsulofficial
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
​#Adliyadan_javob

❓Yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus iste’mol qilish uchun ruxsatnoma olgan yer osti suvlaridan foydalanuvchilar yoki ularni iste’mol qiluvchilar ruxsat berishning qanday talab va shartlariga rioya qilishi shart?

— Ruxsatnoma olgan yer osti suvlaridan foydalanuvchilar yoki ularni iste’mol qiluvchilar ruxsat berishning quyidagi talab va shartlariga rioya qilishi shart:
▪️suv obyektlaridan ruxsatnomada keltirilgan maqsadlarda foydalanishi;
▪️belgilangan yer osti suv olish limitlariga rioya etishi;
▪️ifloslantiruvchi moddalar mavjud bo‘lgan oqova suvlarni suv obyektlariga chiqarib yuborilishini butunlay tugatish chora-tadbirlarini ko‘rishi;
▪️suv obyektlari texnik qurilmalarini texnik jihatdan soz holatda saqlashi, ularni ishlatish sifatini yaxshilashi hamda ulardan foydalanishning belgilangan qoidalariga rioya etishi;
▪️suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalari, sohil bo‘yi mintaqalari va sanitariya muhofazasi zonalarini saqlashning belgilangan rejimiga rioya qilishi;
▪️yer osti suvlarining va suv obyektlarining holatiga ta’sir etadigan favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganligi to‘g‘risida gidrogeologiya korxonalari va mahalliy davlat hokimiyati organlarini o‘z vaqtida xabardor qilishi, ularning oqibatlarini bartaraf etish ishlarini amalga oshirishda, shuningdek, suv obyektlarida ta’mirlash va tiklash ishlarida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishtirok etishi;
▪️yer osti suvlaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlarning vakillarini o‘z suv xo‘jaligi obyektlariga belgilangan tartibda kiritishi hamda ularga zarur axborotni taqdim etishi;
▪️yer osti suvlarini olish va berishda suv miqdori hisobini yuritishi, shuningdek, gidrogeologiya korxonalariga yillik hisobotni yil yakunlari bo‘yicha keyingi yilning 15-fevraliga qadar taqdim etishi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-yanvardagi 9-son qarori bilan tasdiqlangan “Yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus iste’mol qilish uchun ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning” ma’muriy reglamenti.

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

❓Yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilash uchun ruxsatnoma berish xizmati bo‘yicha yuboriladigan arizaga qanday hujjatlar ilova qilinadi?

— Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
▪️yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilash uchun buyurtma beruvchi va ariza beruvchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma nusxasi;
▪️yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilash uchun loyiha hujjatlarining elektron nusxalari;
▪️ariza beruvchiga tegishli bo‘lgan burg‘ilash uskunasining mavjudligi to‘g‘risida ma’lumot (uskuna texnik pasporti yoki uni ijaraga olganligi to‘g‘risida shartnoma nusxasi).

Ariza beruvchidan yuqorida ko‘rsatilmagan ma’lumotlarni, shuningdek, boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-yanvardagi 9-son qarori bilan tasdiqlangan “Yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilash uchun ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning” ma’muriy reglamenti.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_javob

❓ Zarurat tufayli korxonamni yopmoqchi edim. Buning uchun davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurmasdan onlayn tarzda amalga oshirishim mumkinmi?

— Albatta, Siz korxona taʼsischisining yoki taʼsischilarini umumiy yigʻilish korxonani ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingandan so‘ng, bir ish kuni ichida new.birdarcha.uz portali orqali yuridik shaxsning shaxsiy kabinetiga kirgan holda amalga oshirishingiz mumkin.

Muhim: Ariza berish jarayonida tayinlangan tugatuvchi roziligi talab qilinadi.

Bunda, arizada tugatuvchi ma’lumotlari kiritilgandan so‘ng, tugatuvchining shaxsiy kabinetiga undan rozilik olish uchun xabarnoma yuboriladi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 704-son qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM